05:23 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Sotrudniki politsii v kanun Dnya nezavisimosti v Nyu-Deli, Indiya

Hindiston hamma uchun bir vaqtning oʻzida hamkor boʻlmoqchi. Uddalarmikin

© AP Photo / Kevin Frayer
Analitika
Havola olish
Dmitriy Kosыrev
595 0 0

Gap shundaki, hozirgi Bosh vazir Narendra Modi rahbarligida Hindistonning tashqi siyosiy strategiyasi hech bir kuch markazlariga qoʻshilmaslik, ulardan bir xil masofa uzoqlikda boʻlishga asoslangan

Dmitriy Kosыrev, "Rossiya segodnya" XAA siyosiy sharhlovchisi

AQSH va Hindiston aloqa va xavfsizlik vositalari boʻyicha bitim imzoladilar.

Dehlida boʻlib oʻtgan AQSH va Hindiston oʻrtasidagi "strategik muloqot" eng avvalo barcha "manfaatdor tomonlar" reaktsiyasi tufayli qiziq kechdi. Xususan, Moskva va Pekin rasmiy darajada sukut saqlamoqda. Shtatlarda ham "hurkitib yubormaslik" tamoyili asosida, hotirjamlik hukmron. Lekin aksariyat hindistonliklar "muloqot" yakunidan norozi, shu jumladan Xitoyning norasmiy nashrlarida bu haqda taʼkidlanmoqda.

Gap shundaki, hozirgi Bosh vazir Narendra Modi rahbarligida Hindistonning tashqi siyosiy strategiyasi hech bir kuch markazlariga qoʻshilmaslik, ulardan bir xil masofa uzoqlikda boʻlishga asoslanmoqda.

Albatta gʻoya ajoyib, gap uni hayotga tatbiq etishga kelmagunga qadar.

"2+2" formati jahonda juda ommalashgan - ikki juftlik uchrashadi, yaʼni ikkala tomonning Mudofaa va Tashvi ishlar vazirlari.

Shunday qilib, amerika siyosatining ikki veteranlari - Jim Matis va Maykl Pompeo Dehlida oʻz hamkasblari bilan muloqot qilishgan, yaʼni ikki xonim - Nirmala Sitxaraman va Sushma Svarajlar bilan. Bitta muhim hujjat - kommunikatsiyalar xavfsizligi va mosligi toʻgʻrisidagi bitim imzolangan.

Bu haqda 10 yildan buyon muhokama etib kelinadi, yaʼni Hindistonning avvalgi hukumati vaqtida boshlangan. Bu hujjatsiz Donald Trampning "amerikanikini ol", orzusini (bu yerda esa qurol-aslaha nazarda tutilmoqda) amalga oshirishning imkoni yoʻq edi.

Shuningdek, Dehlining rejalarini ham. Hindiston AQShdan dengizda joylashtiriladigan vertoletlari, desantchilar uchun moʻljallangan "Gerkules"lar, uchuvchisiz uchish moslamalari va boshqa koʻplab aslahalarni xarid qilishni rejalashirgan.

Ushbu xaridlar narxi turlicha, ammo har qanday taqdirda ham bu - bir necha milliard dollarga yetishi aniq.

Gap shundaki, bu texnikaning barchasi "xavfsiz va mos" kommunikatsiyalarsiz hech narsaga yaramaydigan temirga aylanadi. Ammo bu kommunikatsiyalar shunday tuzilganki, amerikaliklar bu orqali Hindiston harbiy kanallari bilan aloqani qoʻlga kiritadilar.

Bularsiz quyidagi holat boʻlmaydi: Hind okeanida xitoy suvosti kemalarini ovlayotgan Hindistonning Boeing P-8I quruqlikdagi baza bilan xavfsiz bogʻlanmoqda.

Hindiston AQShga S-400 xarididan voz kechmasligini yetkazmoqchi

Xitoy suvosti kemalari? AЫShda esa hech kim oʻz sharqiy siyosati maqsadini, (albatta, qurol-aslahalar sotishdan tashqari) hatto yashirmaydi.: bu maqsadlar Hindistonning qoʻllari bilan Xitoyni ushlab turish va shu bilan birga Rossiyaning Hindiston bilan hamkorligini barbod qilishga qaratilgan.

Ammo gap shundaki, Hindiston Xitoy bilan ham, Rossiya bilan ham harbiy aloqalarini rivojlantirmoqda. Yaʼni bir hamkorlikni ikkinchisi tufayli uzishni istamaydi.

U shunchaki hammadan, yevropaliklarni ham unutmagan holda, (qurol-aslahalar tomondan) eng zoʻrini olishni xohlaydi. Zenit-raketa majmuasiga kelsak, Dehliga yaxshisi kerak, va Hindiston Rossiyadan S-400ni xarid qilish niyatida ekanligini aytgandi.

Dehlida oʻtgan "strategik muloqot"da aynan mana shu vaziyat atrofida drama oʻtkir tus olgani mana asta-sekin oydinlashmoqda. Maʼnosi shundaki, AQSH siyosatining uslubi (shuningdek, u yerda qabul qilingan yangi qonun ham) shuni nazarda tutadiki, agar kimda-kim Rossiyadan S-400ni xarid qilsa, amerika sanktsiyalari ostiga tushadi. Mana, S-400 aralashgan va shunday vaziyatda qolgan Turkiyaga ham shuni uqdirmoqchi boʻlishmoqda.

Ammo hindistonliklar, biz Turkiya emasmiz, demoqda. Biz uchun istisno qilinishi kerak, axir tilga olingan qonun boʻyicha prezident shunday vakolatlarga ega. Deli boʻyicha istisno masalasida hali hech qanday qaror qabul qilinmagan, ammo Matis Dehlida Rossiya qurol-aslahasiga tayanadigan Hindistonning tarixiy haqiqatlarini tushunish lozimligi, haqida gapirgan edi.

Darvoqe, Hindiston harbiy bozorlarida Rossiya ishtiroki (savdo va hamkorlikdagi qurol aslahalar ishlab chiqish) 60%ni tashkil etmoqda, ammo AQSH ikkinchi oʻringa chiqib tezda unga yetib olmoqda.

Natijada muallaq qolgan nozik vaziyat yuzaga keldi: Hindistonga bosim oʻtkazish - demakki, hech narsasiz qolish, amerikalik hamkor rossiyalik hamkor bilan birga qolishi holatini yuzaga keltirish esa - qandaydir noodatiy holat.

Buyogʻiga oldinda saylovlar. Qoʻshma Shtatlarda noyabrda boʻlib oʻtadigan saylovlar bilan bogʻliq vaziyat qaltis ahvolda, unda respublikachilar hech boʻlmaganda, hozirgi pozitsiyasini saqlab qolishga umid qilmoqda. Hindistonda bahorda Modi qayta saylanadi.

Natijada - hech narsa. Hech qanday maʼlumot, hatto S-400 haqida. Vaziyat qanday tus olsa ham ajablanishga hojat yoʻq edi (S-400 va boshqa masalalarda), ammo Dehlidagi uchrashuv ishtirokchilari oʻzlarini juda sokin tutishmoqda.

Lekin bu ham Hindistonga amerikaliklargagina xoslik bilan boshqa syujet boʻyicha bosim oʻtkazishdan voz kechdi, degani emas: undan Eron neftini sotib olishni toʻliq toʻxtatishni, AQSH bilan savdo balansini tenglashtirishni va boshqa narsalarni maslahat berishmoqda.

Umuman olganda, Dehlidan bularni talab qilishmoqda, faqat yumshoqlik bilan. Yoʻl qoʻyilgan har qanday qaltis harakat - Hindiston singari (barcha qarshi turgan kuchlarga hamkor boʻlish strategiyasisiz qoladi) AQSH ham (Hindistonni Xitoy bilan qarshi qoʻyish orzusidan mahrum boʻladi) yutqazadi.

Yuz berayotgan voqealar istiqboldagi ideal kelajakka nazar tashlashga imkon beradi: bunda hech kim bir-biriga qarshi turadigan bloklarni tuzmaydi, hamma hamma bilan muloqotda boʻladi (agar doʻst boʻlmasa), va bu bilan dunyoni basplansda ushlab turishadi.

Hind tushunchasidagi koʻpqutblik.

Keling endi, 90-yillar oxirida Moskvadagi koʻplab odamlar AQSH boshchiligidagi Gʻarb qudratiga qarshi Rossiya-Xitoy-Hindiston birligi haqida orzu qilishgan. Va Gʻarb haqiqatda hali qudratli koʻrinishga ega boʻlib turgan bir vaqtda, bu birlik bor edi.

Va oʻz orbitasiga boshqa koʻplab mamlakatlarni jamlashga muvaffaq boʻlgandi (SHHT, BRIKS va boshqalarni yodga olaylik).

Lekin hozir vaziyat sal boshqacha. Negaki, Hindiston, oʻzini juda katta deb his qilmoqda yoki his etishni boshlamoqda. U AQSH, Xitoy va Rossiya uchun kichik hamkor boʻlishni istamayapti.

Hindiston oʻz qudratini koʻz-koʻz qilish usulini izlamoqda, bu tushunarli maqsad. Lekin...

Yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha koʻplab hind mualliflarining izohlari noxush.

Misol uchun: hukumat tortning mazali mevalariga hamisha ham mazaxoʻrak boʻlolmaydi. Yaʼni tortni toʻliq yeydigan boʻlsang - toʻgʻrirogʻi, AQShdan qurol xarid qilar ekansan, ustiga amerika siyosatini ham qoʻshib olasan. Yana biri: "Tramp maʼmuriyati Modi hukumatini ajoyib tarzda chuv tushirdi: Hindistonning Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston bilan munosabatlarini Vashingtondagi odamlarga bogʻliq qilib qoʻydi".

Koʻramiz, kimning bahosi toʻgʻri chiqar ekan.

Asosiy mavzular