06:02 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan

Putin va Mirziyoyev: qiziqishlar mutanosibligimi yoki manfaatlar toʻqnashuvi?

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Analitika
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (30)
168920

Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston mana shu holatdan chiqib ketish borasida maʼlum ishlarni amalga oshirdi. Bir qadar yutuqlarga erishdi. Lekin bir asrdan ortiq vaqt davomida yoʻlga qoʻyilgan ish tartibi va hamkorlik bor edi-ku? Shuncha tajribadan voz kechib, hammasini yoʻqdan boshlash ikki tomon uchun ham yengillikka olib kelmasligini yillar isbotladi.

"Rossiya, Rossiya, azamat oʻlka! Men sening oʻgʻlingman, emasman mehmon", deb yozgan edi, bir paytlar oʻzbek shoiri Hamid Olimjon.

Aleksandr Pushkin portreti
© Sputnik / Maksim Blinov

Albatta, bugun bu shior dolzarb emas. Rossiya oʻzining ulkan imkoniyatlari, sarhadlari bilan ishchi kuchiga ehtiyoj sezayotgan, Oʻzbekiston navqiron, "ishlayman", deb yonayotgan yoshlari bilan jahonga chiqishga urinayotgan bir paytda buning gʻalati eshitilishi tabiiy. Hammasi oʻzaro manfaatlar doirasida qurilishi lozim. Hech kim hech kimga "oʻgʻil" ham, "aka" ham emas. Davr bunaqa "qarindoshchilik" rishtalarini hazm qilolmadi.

Faqat doʻstlik... Biroq... Bir paytlar, maktabda "Huquqshunoslik" fani oʻqitilardi. Oʻshanda "davlatda doʻst boʻlmaydi, manfaat boʻladi, xolos", deb oʻrgatishgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning tashqi siyosatiga manfaatdan tashqari samimiylik, ochiqlik, biroz tuygʻu va his-hayajon olib kirdi.

Bilamizki, sobiq SSSRda dunyoga chiqish markazlashtirilgan holda amalga oshirilgan, nafaqat huquqiy meʼyorlar, balki transport, energetika infrastrukturasi ham shunga ixtisoslashtirilgan edi.

Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston mana shu holatdan chiqib ketish borasida maʼlum ishlarni amalga oshirdi. Bir qadar yutuqlarga erishdi. Lekin bir asrdan ortiq vaqt davomida yoʻlga qoʻyilgan ish tartibi va hamkorlik bor edi-ku? Shuncha tajribadan voz kechib, hammasini yoʻqdan boshlash ikki tomon uchun ham yengillikka olib kelmasligini yillar isbotladi.

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tashqi siyosatning ochiqlik tomon keskin burilishi, doʻstona aloqalarga intilishi, samimiylikning asosiy oʻringa chiqishi ushbu – necha-necha avlodlar tomonidan shakllantirilgan, yoʻlga qoʻyilgan munosabatlarni qayta tiklanishi, yanada mustahkamlanishiga olib kelmoqda.

Rus matbuotida oʻzbeklarning davlatda hujjatsiz yurishi toʻgʻrisidagi reportajlar kamayib, ularning jasorati haqidagi yangiliklar soni koʻpayayotgani, Oʻzbekistonda rus tiliga boʻlgan qiziqish, hatto sobiq sovet daridagidan-da kuchaygani ikki davlat orasidagi millatlararo doʻstlik faqat siyosatgagina qarab qolmaganini koʻrsatadi. 

Davr keldiki, zoʻraki siyosat bilan ancha yillar davomida yoʻlga qoʻyilgan tartiblar, aloqalar, munosabatlarga putur yetkazildi. Suverenitet va mustaqillik borasidagi gʻoyalar avj olganda, iqtisodiy muammolar xalqlarni qiynab qoʻyganda haqiqiy, umrboqiy ruscha savol paydo boʻldi: "kim aybdor?" Tomonlar aybni bir-biridan qidirdi. Taʼna-malomatlar ham boʻldi.

Oʻzbeklar bekorga "gina qilgan qarindoshdan umid" deyishmaydi: vaqt ikki davlatning oʻzaro munosabatlarini yoʻqlik qaʼriga singib ketishiga yoʻl qoʻymadi. Chunki bir-necha avlodlar koʻpdan-koʻp rishtalar, munosabatlar, aloqalar davrida, ular asosida tarbiya topdi, oʻsib-ulgʻaydi.  Munosabatlar faqat siyosat, davlat, iqtisod darajasida emas, balki, oilaviy, shaxsiy darajagacha tushgan endi.

Endi, oʻshanda iqtisodiy muammolarda oʻzaro munosabatlarning aloqasi boʻlmagani, suverenitet va mustaqillik degani barcha qarindosh-urugʻ, tanish-bilishdan, qadriyatlardan voz kechib yuborish degani emasligini anglab yetilganda, vaziyat tubdan oʻzgardi.

Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi va arzon elektr energiyasiga ehtiyoj yuqori, shuningdek, yetishtirilayotgan dehqonchilik, bogʻdorchilik mahsulotlari uchun bozor, energoresurslarning jahon bozoriga chiqish imkoniyat zarur. Bunda Rossiyaning koʻmagi asqotishi tabiiy.

Rus millatida bir naql bor - "inson faqat non bilan tirik emas", deyishadi. Oʻzaro hamkorlik faqat iqtisodiy masalalarda, investitsiya, savdo yoʻnalishlarida qolib ketmaydi. Aslida ikki davlatni mustahkam bogʻlagan, iqtisodiy munosabatlar uzilay deb qolgan chogʻlarda ham mustahkam turgan – gumanitar soha boʻladi.

Rus adabiyoti, ayniqsa uning oltin davri – 19 asr adabiyoti, rus sanʼati, xususan, tasviriy sanʼati oʻzbekistonliklar uchun har doim mayoq boʻlganini tan olish lozim. Rus tilini oling. Hali aytildi, unga Oʻzbekistonda ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda.

Xohlaymizmi, yoʻqmi, Oʻzbekiston dunyoga rus tili orqali chiqdi va shu til orqali koʻproq dunyodan xabardor boʻlmoqda. Shundan Oʻzbekiston har doim qaysidir maʼnoda Rossiya manfaatlariga xayrixoh boʻlgan, dunyoga uning qarashlari bilan boqqan.

Qolaversa, ilm-fan borasidagi hamkorlik, oʻzaro mutaxassislar almashinuvi, yoshlarni oʻqitish, tarbiyalashdagi sherikchilik, ularni bir-birlari bilan yaqindan tanishtirish (bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi bir maʼruzasida taʼkidlab oʻtgan edi) bugunning muhim masalasi.

Rossiya Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi davomida mana shu kabi oʻzaro manfaatli masalalar muhokama etilishi nazarda tutilmoqda.

Rus tarixchisi Lev Gumilyov Buyuk Xitoy devorining qurilishiga aslida bosqinchilik urushlari emas, balki savdo sanktsiyalari sabab boʻlgan, deganga oʻxshash fikrni ilgari surgan edi (darvoqe, ushbu tarixchi turkiylarning tarixdagi oʻrniga yuqori baho beradi).

Bugun, jahon iqtisodida savdo urushlari avj olib, ramziy Xitoy devorlari barpo etilayotganda azaliy sherik davlatlarning oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlashga harakat qilishlari tahsinga sazovor va bu munosabatlar ikki davlatning har bir fuqarosida ijobiy kayfiyat uygʻotib, ularning hayotiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi tabiiy.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (30)

Asosiy mavzular