06:30 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Voxid Kudratov, Nasiba Nurjanova  i  Sardor  Adizov -studentы MIFI iz Uzbekistana

Rossiya Oʻzbekiston AES uchun mutaxassislarni qanday tayyorlamoqda

Sputnik
Analitika
Havola olish
Anton Kurilkin
57940

Sputnik Oʻzbekiston muxbirlari Rossiyada oʻqish taassurotlari va kelgusidagi rejalarni bilib olish maqsadida Moskvadagi MIFI milliy tadqiqot yadro universitetida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talablari bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 4 dek – Sputnik. Bu yil oʻzbekistonlik talabalar Rossiyaning atom tarmogʻiga kadrlarni tayyorlash taʼlim dargohi - Moskva MIFI Milliy tadqiqot yadro universitetida tahsil olishni boshlashdi.

Tarixga yaqin

MIFI universiteti Rossiya poytaxti markaziga yaqin joyda “Kolomenskoye” parki oldida joylashgan.

Metrodan oʻquv korpuslariga oʻtish yoʻli aynan shu hiyobon orqali oʻtadi.

Har kuni ertalab tinglovchilar shu yoʻldan oʻtganda shoh Aleksey Mixaylovichning qayta tiklangan saroyini koʻrib oʻtishlari mumkin.

MIFI tashkil etilganligiga uncha koʻp vaqt boʻlgani yoʻq, atigi sal 70 yildan koʻp, biroq oʻtgan davrda oʻq-dorilar institutidan milliy tadqiqot universitetgacha kengaydi, hatto uning tarkibida oʻzining yadroviy reaktori ham bor.  

Voxid Kudratov, Nasiba Nurjanova  i  Sardor  Adizov -studentы MIFI iz Uzbekistana
Sputnik
Voxid Kudratov, Nasiba Nurjanova i Sardor Adizov -studentы MIFI iz Uzbekistana

Uch bosqich va qiyin tanlov: MIFIga qanday kirish mumkin

Rossiyalik maktab oʻquvchilariga MIFIga kirish oson emas – bir oʻringa 10 nafar oʻquvchi toʻgʻri keladi. Oʻzbekistonlik talabalar oʻrtasida tanlov bir necha bosqichda oʻtkazilib, u ham juda qiyin – bir joyga oʻntalab nomzodlar qatnashdi.

Talabalarni birdaniga bakalavr va magistratura oʻquv dasturlariga qabul qilishdi.

Birinchi kurs talabasi Nasiba Nurjanova soʻzlariga koʻra, bakalavriyatga imtihon MIFIdan kelgan komissiya qabul qildi. Test sinovlari oʻzi esa YEGE shaklida oʻtkazildi.

Magistrantlar tanlovi esa Oʻzbekiston fanlar akademiyasi boshchiligida bahor mavsumida boshlangan deydi oʻzbekistonlik talablar Sardor Adizov va Vohid Qudratov. Keyin MIFI tomonidan kirish imtixon qilindi. Oʻzbekistonlik talablar talabalik guvohnomaga ega boʻlish uchun uch bosqich sinovdan oʻtishdi.

Voxid Kudratov i Sardor Adizov - studentы MIFI iz Uzbekistana
Sputnik
Voxid Kudratov i Sardor Adizov - studentы MIFI iz Uzbekistana

“MIFIda qabul qilingandek, imtihonlar qatʼiy tartibda oʻtkazildi. Birinchi yozma, ikkinchi - ogʻzaki”, - deb javob berdi birinchi kurs magistranti Vohid Qudratov.

Rossiyada taʼlim va vatandagi istiqbollar

Birinchi semestr qiyin oʻtdi, biroq qiziqarli boʻldi deb taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi talabalar.

“Umrimda birinchi sessiya boʻladi, albatta hayajonlayapman, ammo tayyorgarlik koʻrmoqdamiz. Hali sezmadik nimaligini. Oʻzbekistonda olgan bilimlarimiz hozircha yetmoqda, shuning uchun oʻqishda uncha qiyinchiliklar koʻp emas”, - deydi Nasiba.

Xobbi va hordiq uchun vaqt qolmayapti, bakalavr uchun bir kunda oʻrtacha 6 ta para, birinchi dars 8:30da boshlanadi.

Nasiba Nurjanova - studentka MIFI iz Uzbekistana
Sputnik
Nasiba Nurjanova - studentka MIFI iz Uzbekistana

“Bu yerda juda yaxshi oʻqituvchilar va qoʻshimcha mashgʻulotlar koʻp, MIFI bunda birinchi kurs talablariga har tomonlama yordam bermoqda. Masalan, paralardan keyin bizda kimyodan qoʻshimcha mashgʻulot boʻldi”, - dedi Nasiba.

MIFIning eng muhim diqqatga sazovor joyi – atom reaktoriga talabalar yetib borishmadi.

“Bu korpusga kirish huquqini hali qoʻlga kiritish kerak”, - deb tushuntirishdi talabalar.

Voxid Kudratov
Sputnik
Voxid Kudratov - student MIFI iz Uzbekistana

Oʻqishning birinchi oylari tez oʻtib ketdi deydi Vohid. Bakalavrlardan farqli ularoq, magistrlarda sessiya oʻtib boʻldi, shu sababli ularning ishi ancha yengil.

“Vaqt qanday tez oʻtganini bilmay qolasan. MIFIdagi ilmiy muhit, albatta ilm bilan shugʻullanishni davom etishga undaydi, biroq ungacha biz atom sohasida tajriba toʻplashimiz, hammasini oʻz koʻzimiz bilan koʻrishimiz kerak”, - deydi u.

Magistraturaning birinchi kurs talabasi Sardor Adizov oʻzi uchun magistraturadan soʻng aspiranturaga oʻqishga kirishga qaror qildi, kelajakda esa Toshkentda yaqinda ochilishi rejalashtirilgan MIFI filialida ishlashni orzu qilmoqda.

Talabalar bilan “Oʻzatom” bilan mehnat shartnomalarni imzolash boʻyicha ish olib borilmoqda. Davlat kompaniyasi vakillari muntazam ravishda tinglovchilar bilan uchrashmoqda.

“Hozir shartnoma tayyorlanmoqda, yaqin vaqtlarda barcha hujjatlarni imzolaymiz”, - deb qoʻshimcha qildi Vohid.

Sardor Adizov - student MIFI iz Uzbekistana
Sputnik
Sardor Adizov - student MIFI iz Uzbekistana

Oʻzbekistonlik talablarda kelajakka ishonch bor - respublikaning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji oʻsib bormoqda, quriladigan AES - atom elektroenergiyasini ishlab chiqarishni toʻgʻri hajmda taʼminlashning eng samarali usuli hisoblanadi, yaʼni oldinda ish juda koʻp.

Oʻzbekistonda birinchi atom elektrostantsiyasi “Rosatom” davlat korporatsiyasi oʻzbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikda barpo etiladi. Loyihani 2028 yilgacha bajarish rejalashtirilgan. AES 2,4 GVt quvvatli ikkita blokdan iborat boʻlib, nafaqat davlatning katta qismini arzon elektrenergiya bilan taʼminlaydi, balki qoʻshni davlatlarga eksport qilish imkoniyatini beradi.

Stantsiyadan tashqari, respublikada ushbu soha uchun kadrlarni tayyorlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlandi. Xususan, yaqin yillarda respublikada ochilishi rejalashtirilgan MIFI universitetining Oʻzbekistondagi filialida mutaxassislar tahsil oladi.  

Asosiy mavzular