22:13 19 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Sergey Vinogradov

Vinogradov: Oʻzbekiston choʻlga aylanmaslik uchun suv omborlarini qurmoqda

© Foto : Iz lichnogo arxiva Sergeya Vinogradova
Analitika
Havola olish
118201

Oʻzbekiston nega yettita yangi suv omborlarini qurmoqchi va bunda qanday nozik jihatlarni eʼtiborga olish kerak? Shotlandiyadagi Dandi universiteti energetika, neft va togʻ huquqi va siyosat Markazi professori, xalqaro-yurist Sergey Vinogradov Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida gapirdi

TOSHKENT, 14 dek - Sputnik. Oʻzbekiston choʻlga aylanmaslik uchun suv omborlarini qurmoqda, dedi Sputnikka bergan intervyusida professor Vinogradov.

Mutaxassis soʻzlariga koʻra, katta ehtimol bilan suv obʼyektlarining aksariyat qismi Amudaryo daryosida qurilishi mumkin. Bunga ikki omil sababdir: birinchidan, suv arteriyasi quyi qismida joylashgan Oʻzbekiston suv omborlarini qurish masalasini hech kim bilan kelishmasdan hal etishi mumkin, ikkinchidan esa - bu kelgusida quriladigan gidromoslamalar uchun eng yirik suv manbai boʻlib xizmat qiladi.

"Mening tasavvurimga koʻra, bu suv saqlash, yerlarni sugʻorish, balki elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan koʻpfunktsional obʼyektlar boʻladi. Manbalarga keladigan boʻlsak, respublika hududida Amudaryo suvi koʻp miqdorda toʻplanganligini eslay olmayman. Demak, bu regionda yogʻingarchilik boʻlishiga koʻpam umid qilmasa boʻladi. Shu bois, suv manbai bitta - bu suv arteriyasi", - deb tushuntirdi mutaxassis.

Bunday qurilishning ekologik va hatto siyosiy asoratlari haqida gapirar ekan, Vinogradov ushbu loyihalar ekspertizasi yoki oʻtkazib boʻlingani, yoki albatta boʻlib oʻtishini taʼkidladi. Aniq prognoz uchun koʻproq detallarni bilish kerak, masalan suv havzalarining hajmi, ularning nima moʻljallangani va ish tartibi, deydi u.

"Suv omborlari - neytral obʼyektlar hisoblanadi. Agar mamlakatlar ulardan umumiy reja asosida, bir-birining manfaatlarini hisobga olgan holda foydalansa, u holda bu ziddiyatni toʻliq yechmasa-da, ammo suv masalasi borasida mavjud boʻlgan qarama-qarshiliklarni biroz yumshatishga xizmat qiladi", - dedi ekspert.

Eng muhimi, deb qoʻshimcha qildi u, bu regionni muntazam suv bilan taʼminlab, Orol dengizi fojeasidan zarar koʻrgan Oʻzbekistonning alohida viloyatlariga qayta hayot baxsh etadi.

Ekspert izohini toʻliq shaklda Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular