08:56 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
28 sentyabrya 2018 goda. Prezident RF Vladimir Putin, prezident Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev,  prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sleva napravo na pervom plane), premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan, prezident Moldavii Igor Dodon,  prezident Kirgizii Sooronbay Jeenbekov, prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev, prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko (sleva naprvo na vtorom plane), ispolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev i vitse-premyer Turkmenistana Purli Agamыradov (sleva napravo na dalnem plane) vo vremya sovmestnogo fotografirovaniya glav gosudarstv-uchastnikov Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv.

Sobiq ittifoq davlat rahbarlari farzandlari qanday biznesga ega

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Analitika
Havola olish
Bakit Tolkanov
357350

Sobiq sovet ittifoqi davlatlari prezidentlarining farzandlari biznesda katta muvaffaqqiyatlarga erishmoqda.

Sputnik Qirgʻiziston prezidentlarning farzandlari qanday biznes bilan shugʻullanishini oʻrganib chiqdi. Aytishlariga koʻra, ularning koʻpchiligi juda boy.

Ozarbayjon

Ozarbayjon yetakchisi Ilxom Aliyevning oilasida uch nafar farzand bor: prezidentning yolgʻiz oʻgʻli Geydar oʻtgan yil kuzida harbiy xizmatga ketdi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, prezidentning qizlari Leyla va Orzu ijtimoiy faoliyati bilan shugʻullanadi. Xususan, Leyla Geydar Aliyevning jamgʻarmasining rahbari oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib boradi. Biroq, ayrim OAVlariga koʻra, ularda Ozarbayjon turli korxonalarida million dollarlik ulushi bor.

Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev (vtoroy sprava) s suprugoy Mexriban (tretya sprava), sыnom Geydarom (pervыy sprava) i dochermi Arzu i Leyloy
© Sputnik / Aleksey Filippov
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev (vtoroy sprava) s suprugoy Mexriban (tretya sprava), sыnom Geydarom (pervыy sprava) i dochermi Arzu i Leyloy

Armeniya — oʻgʻil otasining ishini davom ettirmoqda

Prezident Armen Sarkisyanda ikki nafar oʻgʻli bor: Ayk va Vartan. Ular haqida maʼlumot juda kam. OAVlar yozishicha, Vartan - IT-ishbilarmon va axborot texnologiyalar boʻyicha mutaxassis. U Knightsbridge Group xoldingga rahbarlik qiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi – axborot xavfsizligini taʼminlash. Armeniya konstitutsiyasiga koʻra, prezident vakolatlari koʻp emas, asosiy hokimiyat vakolatlari hukumat va parlament oʻrtasida taqsimlangan.

Prezident Armenii Armen Sarkisyan vo vremya intervyu.
© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Prezident Armenii Armen Sarkisyan vo vremya intervyu.

Qozogʻiston: Nazarboyevning qizi – milliarder

Qozogʻiston prezidenti, millat yetakchisi Nursulton Nazarboyevning uch nafar qizi bor.

Doch prezidenta Kazaxstana Dariga Nazarbayeva
AP Photo/Sergei Grits
Doch prezidenta Kazaxstana Dariga Nazarbayeva

Toʻngʻich qiz – Dariga Nazarboyeva. Uning yoshi 55 da, u biznesmen, siyosatchi va diplomat Raxat Aliyevga turmushga chiqqan. Aliyev 2015 yilda vafot etgan. Oilada uch nafar farzand bor. Dariga Nazarboyeva OAVlarga rahbarlik qilgan, ishbilarmonlik bilan shugʻullangan, Nurbank aktsioneri ham boʻlgan. Shuningdek,  “Asar” partiyasiga rahbarlik qilgan. Shu bilan birga, Qozogʻiston parlamentining quyi palatasi deputati, bosh vazir oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Hozirgi vaqtda parlamentning yuqori palatasida deputat boʻlib ishlamoqda.

Doch prezidenta Kazaxstana Dinara Kulibayeva s mujem i sыnom
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy
Doch prezidenta Kazaxstana Dinara Kulibayeva s mujem i sыnom

Ikkinchi qizi – 51 yoshli Dinara Kulibayeva. U qozogʻistonlik ishbilarmon va siyosatchi Timur Kulibayevga turmushga chiqqan. Ular oilasida bir nafar oʻgʻil, ikki nafar qiz bor. 

Forbes jurnal maʼlumotlariga koʻra, uning boyligi 3,2 milliard dollar, shuncha mablagʻ uning turmush oʻrtogʻida ham baholanmoqda.

Kulibayeva bank va moliya faoliyatidagi ishbilarmonlikdan tashqari hayriya ishlari, taʼlim loyihalari bilan shugʻullanadi. U Qozogʻistonning fanlar akademiyasi akademigi hisoblanadi.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev s docheryu Aliyey
© AFP 2018 / JAVIER SORIANO
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev s docheryu Aliyey

Uchinchi qizi – 38 yoshli Aliya uch marta turmushga chiqqan. Uning birinchi turmush oʻrtogʻi – Qirgʻiziston birinchi prezidenti Askar Akayevning oʻgʻli – Aydar. Aliya ikkinchi marta futbolchi va ishbilarmon Doniyor Xasenovga turmushga chiqadi, ularning oilasida ikki nafar qiz tugʻiladi. Uchinchi marta biznesmen va siyosatchi Dimash Dosanovga turmushga chiqadi. Oilada oʻgʻil va qiz paydo boʻladi.

Aliya biznes va ekologik loyihalar bilan shugʻullanadi. Unda qurilish, suv va telekommunikatsiya sohasida biznesi bor.

Ukraina: oʻgʻil – sobiq biznesmen

Prezident Ukrainы Petr Poroshenko s semyey vo vremya prazdnovaniya Dnya Nezavisimosti v Kiyeve. Sleva - doch Yevgeniya. Sprava nalevo - doch Aleksandra, sыn Mixail i supruga Marina.
© Sputnik / Aleksandr Maksimenko
Prezident Ukrainы Petr Poroshenko s semyey vo vremya prazdnovaniya Dnya Nezavisimosti v Kiyeve. Sleva - doch Yevgeniya. Sprava nalevo - doch Aleksandra, sыn Mixail i supruga Marina.

Petr Poroshenko oilasida 4 nafar farzand bor. Ulardan 3 nafar farzand 2000 yillarda tugʻilgan. Poroshenkoning toʻngʻich oʻgʻli – 33 yoshli Aleksey, 2009 yilda otasining “Roshen” kompaniyasida ishlagan. Keyinchalik davlat xizmatiga oʻtadi. Oxirgi bir necha yil davomida Ukraina parlamenti deputati lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda.

Estoniya

Prezident Estonskoy Respubliki Kersti Kalyulayd
Press-slujba prezidenta Ukrainы
Prezident Estonskoy Respubliki Kersti Kalyulayd

Kersti Kalyulayd ikki marta tushmushga chiqqan, uning toʻrt nafar farzandi bor. Ikki nafar bolalarining yoshi juda kichik, katta farzandlari toʻgʻrisida maʼlumotlar juda oz. Bir necha yil avval toʻngʻich qizi Silya Myardlya (Talvik) oʻqituvchi boʻlib ishlashi haqida maʼlumotlar paydo boʻlgandi. Prezident oʻgʻli Siym Talvik Sorry As A Service startap rivojlantirish bilan shugʻullanadi.

Belarus, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Latviya, Moldova, Oʻzbekiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston prezidentlarining farzandlari biznes bilan shugʻullanishmaydi yoki ular haqida ochiq maʼlumotlar mavjud emas. Ayrim rahbarlarning farzandlari juda kichkina. Litva prezidentida esa umuman farzand yoʻq.

Asosiy mavzular