04:39 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Prezident Respubliki Afganistan, generalnыy sekretar Narodno-demokraticheskoy partii Afganistana Moxammad Nadjibulla (v tsentre) s jitelyami Kabula.

Yeltsin xoinlik qilmaganida, Afgʻonistonda vaziyat boshqacha boʻlardi - ekspert

© Sputnik / Aleksandr Graщenkov
Analitika
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)
388820

Agar Yeltsin xiyonat qilmaganida, Afgʻonistonda vaziyat bugun boshqacha boʻlishi mumkin edi, deydi ishonch bilan ekspert

TOSHKENT, 12 fev - Sputnik. Rossiyadagi Afgʻoniston veteranlari uyushmasi rahbari, mudofaa va xavfsizlik boʻyicha qoʻmita aʼzosi, zaxiradagi polkovnik Frants Klintsevich 1986-1988 yillarda Afgʻoniston hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

Sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqarilganining 30 yilligi arafasida Klintsevich Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenkoga Afgʻonistonning 30 yillik tarixi boshqacha boʻlishi mumkinligi xususida gapirib berdi.

"Afgʻonistonning ozirgi 30 yillik tarixi boshqacha boʻlishi mumkin edi va boʻlardi ham, agar 1992-yilda Yeltsin xoinlik qilmaganida. Bizning Afgʻoniston bilan munosabatlarimiz ham mutlaqo boshqacha boʻlar edi, biz bugungi kunda eng avvalo AQSH va Gʻarb davlatlari maxsus xizmatlari sayi-harakatlari tufayli yuzaga kelgan Markaziy Osiyodagi notinchlik singari tahdidlarga duch kelmas edik.

Prezident Najibulla v 1992 yil toliblar toʻntarishi arafasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida tank va bronetransporterlar zapravkasi uchun Rossiyadan bor-yoʻgʻi 500 tonna dizel yoqilgʻi soʻragan. Ammo bu vaqtda Moskvada TSRUga ishlaydigan maslahatchilar bisyor boʻlib, ular yoqilgʻini yetkazib berish maqsadga muvofiqligini bildirishgan. Shunday qilib Yeltsin Najjibulla iltimosiga rad javobini bergan, vaholanki, unga qadar Afgʻonistondagi harbiy operatsiyalar vaqtida biz kuniga ming tonnalar yoqilgʻi sarflaganmiz. Ushbu siyosiy qaror bahosi esa oddiy - bugungi kunda butun dunyoda terroristik tahdidlar kuchaydi, "Al-Qoida", "islom davlati" va boshqa ekstremistik tashkilotlar rivoj topdi, narkotrafikning esa cheki yoʻq", - dedi Xrolenkoga bergan intervyusi davomida Klintsevich.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)

Asosiy mavzular