16:28 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
kitayskaya armiya

Pentagon: "Bir kamar - bir yoʻl" Xitoyga xorijdagi harbiy bazalarni koʻpaytirish uchun kerak

© Sputnik / Igor Ageyenko
Analitika
Havola olish
654 0 0

Pentagon Xitoy harbiy taraqqiyotiga bagʻishlangan anʼanaviy dokladini eʼlon qildi. 136-sahifali hujjatda Xitoy jahon sahnasida qay tariqa "mamlakat taʼsirini kengaytirayotgani" bayon etilgan.

TOSHKENT, 3 may - Sputnik. Xitoy "Bir kamar - bir yoʻl" singari loyihalar orqali chet davlatlarda oʻz harbiy bazalari sonini koʻpaytirishni koʻzlamoqda, deyiladi Pentagon dokladida.

Doklad mualliflari "Xitoy yetakchilari oʻsib borayotgan iqtisodiy, diplomatik va harbiy vazndan regional ustunlik oʻrnatish hamda mamlakatning xalqaro taʼsirini kengaytirish uchun foydalanmoqda", - degan fikrni ilgari surishgan.

Ular shuningdek, Xitoy "Bir kamar - bir yoʻl" singari loyihalarni ilgari surishi - bu loyihalar xavfsizligini taʼminlash bahonasida chet elda harbiy bazalarni koʻpaytirish zaruratiga olib kelishi mumkin", - deb taʼkidlaganlar.

AQSH harbiy idorasi shuningdek, Xitoy doʻstona munosabatlar oʻrnatgan va strategik manfaatlari oʻxshash boʻlgan Pokiston singari mamlakatlarda ham qoʻshimcha harbiy bazalarni tashkil etishga intilishini iddao qilgan.

AQSH Pekinni "xavfsizlik va harbiy sohada oʻz strategik maqsadlarini amalga oshirishga qulay boʻlgan natijalarga erishish uchun AQSH va boshqa davlatlardagi OAV, biznes vakillari, akademik va siyosiy doiralar, shuningdek xalqaro institutlarga taʼsir koʻrsatish boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazayotganlikda ayblamoqda.

"Bir kamar - bir yoʻl" kontseptsiyasi - Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikadagi 60dan ortiq davlatlarni birlashtiruvchi yangi savdo-transport yoʻlaklarini tashkil etish va eskilarini mukammallashtirish boʻyicha Xitoy tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbusdir. Loyiha ushbu davlatlarning Xitoy bilan savdo munosabatlarini rivojlanishiga yordam berishi kerak.

"Ipak yoʻli iqtisodiy kamari"ni shakllantirish gʻoyasi XXR yetakchisi Si Tszinpin tomonidan ilgari surilgan va u bu haqda ilk marotaba 2013 yilning sentyabrida Qozogʻistonga uyushtirgan rasmiy safari davomida Ostonada soʻzlagan nutqida gapirgan.

Loyihaning ilk forumi 2017 yil may oyida oʻtgan, unda 29 nafar yetakchilar ishtirok etishgan.

Asosiy mavzular