11:43 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Flagi Rossii i Uzbekistana

Rossiya – Oʻzbekiston: iqtisodiy oʻsishning umumiy vektorlari

Press-slujba Minoboronы Rossii
Analitika
Havola olish
Yelena Kuzmina
103240

Postsovet tadqiqotlari markazi sektor mudiri (IMEMO RAN) Yelena Kuzmina - Sputnik Oʻzbekiston uchun.

Rossiya-Oʻzbekiston iqtisodiy munosabatlari doimo samarali va oʻzaro manfaatli boʻlib kelgan. Toshkent oʻzoq yillardan buyon MDH mamlakatlari orasida Rossiyaning toʻrtinchi savdo sherigi hisoblanadi, bu Oʻzbekiston iqtisodiyoti hajmiga mos keladi.

Oʻzbekistonda 2016 yil oxirida yangi taraqqiyot strategiyasi qabul qilingandan soʻng, tomonlarning iqtisodiyotning turli sohalarida yanada faol oʻzaro hamkorligi boshlandi.

Agar oldin yoqilgʻi-energetika sohasi hamkorlik ustuvor boʻlgan boʻlsa, endi bugun Moskva va Toshkent oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalari turli yoʻnalishlarda olib borilmoqda.

Rossiyaning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2018 yilda 9 mlrd dollarni tashkil qildi.

2018 yilda oktyabrda birinchi mintaqalararo forum doirasida 800 ta umumiy qiymati 27 mlrd dollarlik savdo-investitsiya bitimlar va memorandumlar imzolandi.

Ulardan katta qismi – investitsiya bitimlari (20,8 mlrd dollar), yana 6,2 mlrd dollarlik savdo shartnomalaridir. Oʻzbekistonda 79 ta yangi qoʻshma korxonalar, 23 ta savdo uylar va 20 ta logistika markazlari tashkil qilinadi.

Energetika

Eng yirik investitsiyalar hali ham Oʻzbekiston neft va gaz sanoatida amalga oshiriladi.

Xususan, “Lukoyl” 15 yillik ish faoliyati davomida Oʻzbekistonga 8 mlrd dollar investitsiya kiritdi va yaqin yillar ichida amaldagi loyihalarni rivojlantirish uchun 2 mlrd dollarni kiritadi. Mablagʻlar Gissar va Qandim konlarida qazish ishlari darajasini ushlab turishga yoʻnaltiriladi.

Taʼkidlab oʻtish kerakki, Rossiya kompaniyasi nafaqat geologiya-qidiruv va qazish ishlari bilan shugʻullanadi, balki gazni qayta ishlash yoʻnalishida ish olib boradi. 2018 yil aprelda kompaniya Qandim gazni qayta ishlar majmuasini ishga tushirdi.

Rossiyaning boshqa kompaniyasi – “Gazprom” Oʻzbekistonda 2006 yildan beri faoliyat olib boradi va Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika sohasiga 400 million dollardan ortiq mablagʻni investitsiya qildi.

2018 yil oktyabrida Gazprom International va Oʻzbekiston Sharqiy Ustyurtdagi kon boʻyicha 25 yillik muddatga bitim imzoladi. Bu loyiha “Gazprom” va “Oʻzbekneftegaz” oʻrtasidagi 10 yillik munosabatlarining mantiqiy rivojlanishi boʻldi. Umumiy investitsiya hajmi 700 million dollar darajasida rejalashtirildi.

Uglevodorod va shinalar

Bugungi kunda Oʻzbekiston uglevodorodlarni qayta ishlashga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Bu nafaqat eksport daromadlarini oshiradi, balki resurs harajatlarini qisqartiradi.

Ushbu sohada ham Rossiya kompaniyalar bilan kelishuvlar imzolandi.

Xususan, “Gazprombank” Shoʻrtan gaz kimyo korxonasida tozalangan metan bazasida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarishni yaratish loyihasini moliyalashtirdi, shu jumladan, Rossiyaning "Kriogenmash" kompaniyasi tomonidan havo tozalash qurilmalari eksport qilinishi uchun mablagʻ ajratdi.

Toshkent xalqaro aeroportida havo kemalarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan zamonaviy yoqilgʻi quyish majmuasi qurilmoqda. Qurilish buyurtmachisi va kelgusida ekspluatatsiya qiluvchi Rossiya-Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi - Jizzakh Petroleum boʻldi.

Oʻzbekiston hukumati Angrendagi rezinatexnika zavodini shina ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan Rossiya “Tatneft” kompaniyasiga ishonarli boshqaruviga berdi.

Zavodni rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturga muvofiq kompaniya mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvatlar va nomenklaturani kengaytirish bilan shugʻullanadi. Zavod ishchilari malaka oshirish uchun  “Tatneft” kompaniyalariga yuboriladi. Ishlab chiqarish kengayishi Oʻzbekiston avto yirik korxonalari - GM Uzbekistan va Samarqand avtozavodlarini toʻliq shina bilan taʼminlashi zarur.

“Atom” kadrlari va metallurgiya

Hamkorlikning eng muhim yangi sohasi atom energetikasi boʻldi. 2018 yil sentyabrda Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida respublikada atom elektrostantsiyani qurish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim imzolandi.

Rossiya loyihasi ikkita energobloklarni yaratishni koʻzda tutadi. Birinchisi 2028 yil oxirigacha ekspluatatsiyaga kiritish rejalashtirilgan.

AES qurish haqida bitim nafaqat loyihaning texnik va moliyaviy parametrlarini oʻz ichiga oladi, balki boʻlajak stantsiya uchun kadrlarni tayyorlash masalasini ham nazarda tutadi. Jumladan, respublikada Moskvaning muhandislik-fizika institutining filiali ochilishi haqida gap boradi.

Hozirgi vaqtda Moskva va Toshkent oʻrtasida togʻ-qon sanoati va metallurgiya tarmoqlarida hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi Tebinbuloq qon konida loyihani amalga oshirmoqda. Investitsiya hajmi 1,5 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Rossiyaning bir necha yetakchi kompaniyalari qurilayotgan Toshkent metallurgiya zavodiga uskunalarni yetkazib berishmoqda. "Uralkran", "Energoavangard", "Veza", "Promtreydimpeks", "Yujno-Uralskiy vesovoy zavod" va "Permglavsnab" korxonalari bilan shartnomalar imzolangan.

Rossiya "Tyajmash" kompaniyasi Toshkent viloyatida Yoshlik-I konida mis qayta ishlash majmuasini qurish loyihasini amalga oshirmoqda. Bu birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarning kichik bir qismidir.

Yogʻochdan tortib mashinalargacha

Mamlakatlar agrosanoat, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi mashinasozlik va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirmoqda.

Iqtisodiy hamkorlikning oʻsishi sharoitida oʻzaro savdo koʻrsatkichlar oʻsib bormoqda.

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida tashqi savdo hajmi 2018 yilda 20 foizga oʻsdi va 4,383 mlrd dollarni tashkil qildi.

Rossiya respublika olib kirgan asosiy tovarlar temir, poʻlat va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, neft, yogʻoch va undan tayyorlangan mahsulotlar, shuningdek mashinalar, mexanik qurilmalar.

Oʻzbekiston Rossiyaga asosan paxta, toʻqimachilik mahsulotlar, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, meva-sabzavotlar import qilingan.

Migratsiyaning “yorugʻ tomoni”da

Tomonlar katta eʼtibor qaratadigan yana bir muhim yoʻnalish - mehnat migratsiyasidir.

Rossiya IIVning maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda 4,5 million Oʻzbekiston fuqarolari migratsiya hisobiga olingan.  Mehnat migrantlarining vataniga pul oʻtkazmalarining (faqatgina bank toʻlov tizimlari orqali) miqdori esa 4,08 mlrd dollarni tashkil qildi.

Rossiya va Oʻzbekiston migratsiya oqimini tartibga solish, uni soyadan chiqarishga harakat qilmoqda.  

Bugungi kunda Rossiyaning qator viloyatlarida Oʻzbekistondan mehnat migrantlarini sanoat obʼyektlari va qurilish loyihalariga rasmiy taklif qilish dasturlari amal qiladi.

Ushbu dasturlarning koʻrsatkichlari Oʻzbekiston viloyat hokimlari darajasida kelishilgan. Masalan, bunday bitim Sankt-Peterburg, Leningrad viloyati va Samarqand viloyati bilan amal qiladi.  

Umuman olganda, Rossiya - Oʻzbekiston iqtisodiy munosabatlari respublika iqtisodiyotiga Rossiya investitsiyalarining sezilarli oʻsish, qoʻshma ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi sanoat sohalarini yaratish bilan tavsiflanadi.

Bundan tashqari,  yoqilgʻi-energetika sohasidagi hamkorlikning yuqori surʼatlari saqlanib qolmoqda, oʻzaro tashqi savdo oʻsib bormoqda va mehnat migratsiyasini tartibga solish boʻyicha tizimli vositalari yaratilmoqda.

Asosiy mavzular