23:47 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Rovenskaya atomnaya elektrostantsiya v Kuznetsovske.

Oʻzbekistonga yana nechta AES kerak?

Press-slujba prezidenta Ukrainы
Analitika
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)
678 0 0

Elektr energiyasi – bu ish oʻrinlari degani. Oʻzbekistonda barchani ish bilan taʼminlash uchun yana nechta AES kerak? – ekspert fikri.

TOSHKENT, 22 may – Sputnik. Oʻzbekiston rivojlanishi uchun yana qancha elektr quvvati-yu nechta AES qurish kerak? Ushbu savolga rossiyalik sharqshunos, siyosatchi Dmiriy Verxoturov javob berdi.

Yaqinda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga boʻlgan tashrifi chogʻida GM Uzbekistan zavodidan 10 mingta ish oʻrni tashkil qilishni talab qildi. Sabab - bugungi kunda Andijon aholisi orasida ishsizlik darajasi 30%ni tashkil qilmoqda. Bu 400 ming kishi degani. Ulardan 283 mingi ish qidirib xorijiy davlatlarga ketgan boʻlsa 134 mingi oʻz yurida qolmoqda. Ularga ish oʻrinlari kerak.

Dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkin-ki, zamonaviy sanoat korxonasida bir ish oʻrnini taʼminlash uchun yiliga 40 ming kVt/soat energiya kerak boʻladi. Masalan Rossiyaning janubiy viloyatlarida har bir ishchiga yiliga aynan shuncha miqdorda elektr energiyasi toʻgʻri keladi. Markaziy hududlarida esa – 45,4  ming kVt/soat energiya kerak.

AQShda esa har bir ishchiga yillar energiya xarajati - 55,2 ming kVt/soatni, Avstriyada – 46 ming kVt/soatni tashkil qiladi. Muayyan mamlakat va hudud uchun ushbu koʻrsatgich, iqlim sharoiti, sanoat murakkabligi va boshqa koʻrsatgichlardan kelib chiqqan holda turlicha boʻlishi mumkin.

“Shuni aniq aytish mumkin-ki, odamlarni sanoat sohasida band qilish uchun - sohani yetarli miqdorda elektr energiyasi bilan taʼminlash kerak. Energiya taʼminotiga kafolat boʻlmasa – investorlar ham oʻz loyihalarini boshlamaydi”, - deydi ekspert.

Oddiy hisob-kitob bilan aniqlanganda, kelajakda Andijon viloyatida 400 ming ish oʻrinlari yaratish uchun esa yiliga 16 milliard kVt/soat elektr energiyasi kerak. Bu Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan jami elektr energiyasining 26% yoki 4/1 qismi degani. Bunga erishish uchun Andijonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmini keskin oshirish kerak. Masalaga butun Oʻzbekiston miqyosida qaraladigan boʻlsa, yanada koʻproq elektr energiyasi kerak boʻladi.

Oʻzbekistonda “Rosatom” Oʻzbekistonda qurayotgan birinchi AES 2028 yilda  qurib bitkaziladi. Uning ikkita blokining umumiy quvvati - 2,4 gigavatt-soatni tashkil qiladi. Bir yilda ushbu elektr stantsiya 17,4 milliarda kVt/soat energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi. Shartli ravishda, qurilayotgan AES 435 ming kishini ish bilan taʼminlaydi, deyish mumkin.

Mehnat vazirligi eʼlon qilgan statistikaga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda ishsizlarning umumiy soni 1 mln 368,6 ming kishini tashkil qildi.

Albatta, ushbu fuqarolarning barchasi ham sanoat sohasida ishlamaydi va buning iloji ham yoʻq. Respublikaga qishloq xoʻjaligi ham, xizmatlar sohasi ham kerak.

Agar ushbu ishsizlardan deylik 30 %  - 410 ming kishi, kelajakda sanoat sohasida ishlasa ularga yiliga 40 ming kVt/soatdan energiya kerak boʻladi. Qolgan 70 %  - 960 ming kishi boshqa sohalarda ishlasa – ularga 13 ming  kVt/soatdan energiya kerak boʻladi.  Hisoblab chiqqanda yaqin yillar ichida Oʻzbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarishni 28,8 milliard kVt/soatga (+47 %) oshirish ehtiyoji paydo boʻladi.

Yaʼni Oʻzbekistonning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun kamida yana bitta atom elektr stantsiyasi kerak boʻladi. Xorijda ishlaydigan oʻzbekistonliklar qaytib kelganidan soʻng (ular albatta qaytib keladi)  ularga ham ish oʻrinlari kerak boʻladi. Buning ustiga Oʻzbekiston aholisi soni ildam oʻsib borayotganini ham unutmaslik kerak.

“Mening fikrimcha, Oʻzbekistonga umumiy yilllik quvvati 87,3 mlrd kVt/soat boʻlgan yana 8-10 ta VVER-1200 turdagi energoblok kerak boʻladi. Bu 5ta AES degani.Oʻshanda barcha ishsizlarni yetarli darajada ish bilan taʼminlash imkoni paydo boʻladi”, - deb xulosa qiladi Verxoturov.

Oʻzbekiston kelajakda, baribir, elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish yoʻlidan boradi. Tabiiy sharoit, daryolar suvi, tabiiy gaz va koʻmir resurslari kamayishini hisobga olgan holda, atom elektr stantsiyalari – uzoq muddatli istiqbolda, eng ishonchli elektr manbai boʻlib qoladi.

Albatta AES qurish, undan foydalanish -  bu oddiy ish emas. Ushbu soha har bir texnik shart oʻta jiddiy yondashuvni va unga amal qilishni talab qiladi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)

Asosiy mavzular