08:18 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Analitika
Havola olish
452 0 0

Rossiya Yoshlar va bolalar birlashmasi milliy kengashi raisi Georgiy Petushkov AQShda SSSR qahramonlari dunyo tarixidan oʻchirib tashlashga urinishayotgani borasida soʻz yuritdi.

Kuni kecha Bradford Exchange nomli xususiy AQSH kompaniyasi Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 75 yilligiga bagʻishlangan kollektsion tangani muomalaga chiqardi. Tanganing yuz tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida AQShning ittifoqchilari boʻlgan davlatlar bayroqlari, orqa tomonida esa - urush sahnalari aks etgan. Tanganing yuz tomonida AQSH, Buyuk Britaniya va Frantsiya rangli bayroqlari orasida SSSR bayrogʻi yoʻqligi qizgʻin muhokama sabab boʻldi. Tarixdan maʼlumki, AQSH va SSSR oʻsha vaqtda ittifoqchi boʻlishgan.

Yoshlar siyosati instituti direktorining soʻzlariga koʻra, Sobiq ittifoq davlatlarining har bir kishisi uchun Ulugʻ vatan urushida qozonilgan gʻalaba bilan bogʻliq boʻlgan faktlar va sanalar mavjud.

Hozirda Rossiya va MDH mamlakatlari tez-tez tarix haqidagi maʼlumotlarni sunʼiy ravishda soxtalashtirish holatiga duch kelmoqda.

“Bu kabi holatlar bizning koʻnglimizga qattiq taʼsir koʻrsatadi. MDH mamlakatlaridagi hamkasblarimiz bilan birgalikda qator katta tadbirlarni va hatto BMT maydonida ham oʻtkazishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Petushkov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

Aytish joizki, insoniyat tarixida eng koʻp qon toʻkilishiga olib kelgan Ikkinchi jahon urushi tarixi dunyoning turli mamlakatlarida turlichi oʻrgatiladi va talqin qilinadi. Frantsiya, Italiya va boshqa mamlakatlar ushbu urush haqida imkon qadar qisqaroq aytib berishni maʼqul koʻrishadi. 

AQShda esa Ikkinchi jahon urushi tarixi - 1944 yilning 6 iyunida Normandiyada ittifoqchilar desant tushirishidan boshlanib Ittifoqchilar gʻalabasi bilan yakunlanadi. 1941 - 1944 yillar urushi va  Gʻalabada SSSRning roli haqida lom-mim deyishmaydi.

Faqat Germaniyada ushbu urush haqiqatdan ham nemis millatchilari aybi bilan boʻlganligi va unda juda koʻp shafqatsizliklar yuz berganini, koʻp qon toʻkilganligi tan olinadi. Nemislar oʻz farzandlariga bunday xato boshqa takrorlanmasligi kerakligini oʻrgatishadi.

Asosiy mavzular