00:32 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Politolog, amerikanist, kandidat politicheskix nauk, professor Akademii Voyennыx Nauk RF Sergey Sudakov

Sudakov: AQShga qarashli uchuvchisiz uchish qurilmalarini joylab, Polsha urushga yoʻl ochmoqda

Sputnik
Analitika
Havola olish
476 0 0

Harbiy siyosatshunos Sergey Sudakov Vashington va Varshava oʻrtasida tuzilgan bitim Rossiya uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xavf ekanligini aytmoqda. Ekspert soʻzlariga koʻra, AQSH Polshadan allaqanday platsdarm, yaʼni "Yevropaning ikkinchi kuch markazi"ni hosil qilmoqchi

AQSH va Polsha mudofaa sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladi. Hujjatga muvofiq, amerikaliklar Polsha hududida MQ-9 - razvedkani amalga oshiruvchi uchuvchisiz uchish qurilmalari eskadrilyasini joylashi mumkin.

Ekspert fikriga koʻra, bu kabi harakatlar Vashingtonning Rossiya chegarasi yaqinida oʻz harbiy ishtirokini kuchaytirish strategiyasiga toʻliq mos tushadi. Shu bilan birga, AQSH ushbu platsdarm orqali kichik Yevropa davlatlari deb ataluvchi bu mamlakatlar uchun oʻziga xos "harbiy tom" hosil qilmoqchi. Polsha esa Amerika talabiga bajonidil "labbay", deb javob qaytarmoqda, chunki u bu harakatlar oʻlaroq oʻzini xavfsizlantirib olmoqchi.

"Bu yerda shuning anglash joizki, oʻz bortida kattagina miqdordagi jangovar oʻq-qurollarni tashishga qodir ushbu uchuvchisiz uchish qurilmalari - bu mudofaa emas, balki hujum qilish uchun moʻljallangan aslahalar sifatida qabul qilinadi. AQShning talablariga koʻngan Polsha esa urushga yoʻl ochmoqda. Vashingtoning maqsadi aniq, u Polshadan Yevropadagi Germaniya singari yirik siyosiy oʻyinchilarga qarshi platsdar hozirlamoqda", - deb taʼkidladi Sudakov.

Ekspertning toʻliq izohini Sputnik Radiosida tinglang.

Asosiy mavzular