17:10 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Direktor Yevraziyskogo analiticheskogo kluba Nikita Mendkovich v multimediynom press-tsentre Sputnik Kыrgыzstan

Tojik-qirgʻiz chegarasidagi mojaroni hal etishda Oʻzbekiston tajribasi yordam beradi

Sputnik / Daniyar Sandыbayev
Analitika
Havola olish
352 0 0

Yevroosiyo tahlil klubi rahbari, xalqaro masalalar boʻyicha Rossiya kengashi eksperti Nikita Mendkovich, Emomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekovning chegaraoldi hududidagi uchrashuviga izoh berdi.

Ilgariroq Tojikiston va Qirgʻiziston prezidentlari Emomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekov ikki mamlakat chegarasidagi qishloqlar aholisi bilan uchrashishgan edi. Shundan soʻng ular Isfara (Tojikistonda) ikkiyoqlama hamkorlik masalalarini muhokama etishdi va shundan soʻng Rahmon Qirgʻizistonga ishchi tashrifni amalga oshirdi. Cholpon-Otada ikki mamlakat yetakchilari muzokaralarning ikkinchi raundini amalga oshirdilar, xususan chegara delimitatsiyasi va demarkatsiyasi masalalari ham koʻrib chiqildi.

Jeenbekov Issiq-Koʻlga uchib kelgan Rahmonga nima dedi?

Sputnik radiosi efirida Mendkovich davlat rahbarlarining uchrashuvi Qirgʻiziston va Tojikiston aholilarining oʻzaro ishonchini oshirishga xizmat qilishini aytdi.

"Anklavlar darajasida chegara mojarolari avj olsa, bu boshqa masala, chunki deeslakatsiya boʻyicha ishlar avvalo oʻsha yerda bajarilishi lozim. Poytaxtlar va davlat yetakchilari oʻrtasida rasmiy aloqalarning yoʻlga qoʻyilishi - chegaralar demarkatsiyasi va yerni taqsimlashning texnik muammolari yechimi boʻyicha siyosiy bitim tuzishga olib keluvchi muhim qadamdir", - dedi siyosatshunos.

U shuningdek, munozarali hududlarda muntazam ravishda - yilda bir necha marotaba mojarolar boʻlib turishini taʼkidlab oʻtdi.

"Bu mojarolarga hatto chegara chastlari ham jalb etiladi baʼzan, va bu eng xavfli nuqtadir. Muammo yechimi uchun birinchi navbatda "ikkiyoqlama" siyosiy iroda zarur. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston sarhadlarida aniq boʻlmagan chegara tufayli yuz bergan jiddiy mojarolarni eslang. Bir necha yillar oldin chegara postlarida bronetexnikani koʻrishingiz mumkin edi. Ammo yangi prezident davrida Oʻzbekiston qisqa muddatda barcha mojarolar yechimini topishga va zarur bitimlarni imzolashga muvaffaq boʻldi. Qirgʻiziston va Tojikiston ham yaqin kelajakda shunday yechimga keladi, deb umid qilib qolamiz", — deb taʼkidladi Mendkovich.

Uning soʻzlariga koʻra, bu masala ustida ODKB ishlamoqda. Tashkilot ishtirokchi-davlatlar oʻrtasidagi oldingi mojarolarda ham moderator sifatida ishtirok etgan va muzokaralar jarayonini taʼminlagan.

Asosiy mavzular