13:53 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Bechora Donald. Tramp milliardlarini yoʻqotdi va yana xohlayapti

© Sputnik .
Analitika
Havola olish
771 0 0

Trampning milliardlari qayoqqa ketdi? Balki u pullarini qayoqqadir yashirib, joyini unutib qoʻygandir. U albatta, eslaydi, unga muddat bering. Faqat bu shartli ravishda ikkinchi prezidentlik muddati boʻlishi kerak

Mixail Sheynkman, Sputnik radiosi sharhlovchisi

U - gusar, u Donald Tramp. Shohona yashaydi. Faqat bemazalikka hojat yoʻq. U mamlakat uchun u haqda yozishayotganlarini emas. balki bor-budini qurbon qildi. Yaʼni, oʻziga-oʻzi nimaniki bergan boʻlsa. Tasavvur qiling, Oq uyda oʻtkazilgan bir necha yil unga Jorjiya byudjetiga tushganini aytadi. Gap shtat emas, butun boshli mamlakat haqda bormoqda. "Ehtimol, prezidentlik davrimda, men 3dan 5 milliardgacha mablagʻlardan ayrilganman... lekin menga farqi yoʻq. Agar siz boy boʻlsangiz, bu hech qanday ahamiyatga egamas. Men shunchaki ishimni aʼlo darajada uddalamoqchiman". U hali hammasi boy berilmaganiga shaʼma qildi.

Shu bois yana xohlamoqda. Pensilvaniyadagi chiqishi siyosiy jihatdan motivatsiya qilingan va qayta saylanishga moʻljallangan edi. U goʻyoki oʻzi koʻrgan barcha zararlarni asoslab berdi. Qayerdadir biznesdan voz kechdi, nimanidir qizining nomiga oʻtkazdi. Advokatlarga ham otning kallasidek pul ketdi, nega desangiz, u aytmoqchi, "har kuni meni nima uchundir sudga berishadi". Va bu moliyaviy iqrorlar uchun ham uni sudga berishlari mumkin - xazina daromadlari xizmati unga nisbatan allaqachon ovni boshlab yuborgan. U esa oʻzi vedomostni ochib oʻtiribdi. Lekin uning gaplari nimagadir qovushmayapti. Axir, deylik, sizda 335 milliard boʻlsa-yu, "u holda 3-5 milliard mablagʻ", bu deylik, filga bitta pitrachalikmas. Lekin agar mablagʻingiz faqat 10 milliard boʻlsa, u holda toʻgʻri, har bir tsent hisobda turadi.

Agar mablagʻlaringiz haqiqatda 10 milliard boʻlgan boʻlsa, siz 2016-yilda aytganingiz kabi. Forbes, misol uchun, Tramp hech qachon toʻrt milliarddan koʻp mablagʻga ega boʻlmagan, deb ishontirmoqda. Pullar miqdori qancha boʻlishidan qatʼi nazar, maʼlum boʻlmoqdaki, u bir umr barcha harakatdagi va koʻchmas mulkdan pul qilgan - nima uchun? Bir necha yil ichida ularning kattagina qismini yoʻqotib, bu uchun zarracha ham siыilmaslik uchunmi? Kechirasiz, shu joyida Stanislavskiy ham jim turmagan boʻlardi – albatta, bir soʻz aytardi. Umuman olganda, Tramp soliq deklaratsiyasini topshirmaydi, shu bois, tribunadan turib istalganini deklaratsiya qilishi mumkin. Tekshirolmaysiz.

"Zato" olijanoblik hidi ufurib turibdi. Uning nazdida, albatta. Emishki, bor-budining yarmidan ayirdilar, u esa ikkinchi yarmini tutishga tayyor. Chunki baxt puldamas, aytganlaridek. Faqat, bu "vaʼz" uchun u boshqa auditoriyani tanlashi kerak edi. Neft va kimyo kompaniyasi boʻlmish - Shell xodimlari, tabiiyki, qashshoq kimsalar emas, lekin baribir ishchilar, axir. U esa bularga oʻzi achinmaydigan kapital haqida falsafa soʻqmoqda, chunki sarflayman desa, hali pullari bor. Demak-ki, yana toʻrt yilni Oq uyda qanday qilib boʻlsa ham oʻtkaza oladi.

U uchun havotir olishning zarurati yoʻq. Uning ahvolida "milliardlarni yoʻqotish" - bu ularni yaxshilab qayergadir berkitish va oʻsha joyni unutib qoʻyish bilan teng. Lekin u albatta, eslaydi, unga muddat bering. Faqat bu shartli ravishda ikkinchi prezidentlik muddati boʻlmogʻi lozim. Axir bu ikki karra ikki kabi oddiy-ku. Ha, "kak raz" 3 yoki 5 yil muddat kerak boʻladi. Har qanday holatda, unda qancha qolishidan qatʼiy nazar, u haqda, xuddi Yorik kabi gapirishadi. Bechora Donald. Axir u Gamletni oʻynamoqchi edi, natijada esa…

Asosiy mavzular