13:20 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Nikita Mendkovich

Mendkovich AQSH va toliblar kelishuvi haqida: tinchlik tez oʻrnatiladi, deb oʻylamayman

Sputnik
Analitika
Havola olish
268 0 0

AQSH va toliblar oʻrtasida imzolangan tinchlik shartnomasi Afgʻonistondagi vaziyatga qanday taʼsir koʻrsatishi xususida Yevroosiyo analitika klubi rahbari Nikita Mendkovich soʻzladi

Rossiya tomoni "Tolibon" va AQSH oʻrtasidagi bitimni barcha tomonlar tasdiqlagach, ushbu hujjatning imzolanishi marosimida ishtirok etmoqchi.

Mendkovichning fikriga koʻra, hatto bitim imzolangandan keyin ham, optimistik prognozlarga berilish kerak emas.

"Avval boshdan ushbu bitimning imzolanishida Rossiya Federatsiyasining kuzatuvchi va kafil sifatidagi ishtiroki muhokama qilingan edi, chunki "Tolibon" radikal harakati aʼzolari AQShga ishonishmaydi. Rossiya chetdan turib kuzatuvchi maqomini oladi, uning roli tinchlik kelishuviga ikkala tomon ham amal qilishini taʼminlashdan iborat boʻladi. Shu bilan birga, shaxsan men tinchlik tezda oʻrnatilishiga amin emasman", - dedi ekspert Sputnik radiosi efirida.

U shuningdek, "Tolibon" harakati asosiy rahbariyati va uning aksariyat kuchlari ushbu muzokaralarni tan olishlarini, ammo bu bitim imzolanishini istamayotganlar ham borligini taʼkidlab oʻtdi.

Tomonlarning oʻzaro ishonchsizligi va Afgʻonistondagi ziddiylashgan vaziyatni inobatga olgan holda, rasmiy Qobul va toliblar oʻrtasidagi munosabatlar qandaydir boshqacha usulda tartibga solinadi, deb hisoblaydi Mendkovich.

Asosiy mavzular