13:21 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Andrey Serenko

Serenko: AQShning toliblar bilan muzokaralarni toʻxtatishi butun Markaziy Osiyoga taʼsir qiladi

© Facebook / Andrey Serenko
Analitika
Havola olish
201 0 0

Siyosatshunos, zamonaviy Afgʻonistonni oʻrganish markazi yetakchi eksperti Andrey Serenko Afgʻonistondagi nostabil vaziyat Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarga qanday taʼsir koʻrsatishi xususida fikr bildirdi.

AQSH hukumati “Tolibon” radikal harakati bilan Afgʻonistondagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha olib borilayotgan muzokaralarni vaqtincha toʻxtatdi

Ekspert fikricha, ushbu tartibsizlik va AQSH hamda “Tolibon” oʻrtasidagi “muzokaralar oʻyinlari” Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar uchun muammolar va xavfni yuzaga keltirmoqda.

Bugungi kunda ushbu holatni nostabil, deya baholash mumkin, va bu nafaqat Afgʻoniston, balki butun boshli Markaziy Osiyoga taʼsir koʻrsatadi.

“Tolibon” yetakchilari oʻzlariga tegishli media kanallar orqali oʻz tarafdorlarini Amerika ustidan jihodda qozonilgan gʻalabani nishonlashga chorlamoqda”, - dedi Serenko Sputnik Oʻzbekiston agentligiga bergan intervyusida.

Bu yerda hech qanaqa kompromiss yoki manfaatlar kelishuvi haqida gap borayotgani yoʻq, toliblarning oʻzlari esa AQSH bilan ushbu bitimni Amerika ustidan qozonilgan gʻalabadek qabul qilmoqda. Bu esa musulmon hamjamiyati ichida islomda radikal diskurs ommalashganini anglatadi.

Ekspert fikriga koʻra, ISHID jangarilar terroristik guruhlari ushbu bitim imzolanishini kutmoqda, ular shundan soʻng toliblarning bu bitim shartlariga rozi boʻlmagan qismi xalifat tomonga oʻtib ketishiga umid bildirishmoqda.

Asosiy mavzular