12:52 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Yevgeniy Minchenko

Minchenko: Oʻzbekistonning KXSHTga qaytishiga deyarli toʻsiq qolmadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Analitika
Havola olish
78810

RF Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Toshkentga tashrifi chogʻida oʻzbek parlamentariylarini Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti parlament assambleyasi yigʻilishlariga kuzatuvchi sifatida taklif qildi.

Oʻzbekiston 2012 yil 28 iyunda tashkilotdagi aʼzoligini rasman toʻxtatib qoʻygan, lekin aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirmoqda. Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Toshkentga tashrifi chogʻida oʻzbek deputatlariga KXSHT PAga kuzatuvchi sifatida ishtirok etishni taklif qildi.

Siyosatshunos Yevgeniy Minchenkoning fikriga koʻra, respublikani KXSHTga qaytishiga taʼsir qiluvchi omillar mavjud, masalan, koʻpvektorli siyosat yoʻli. Biroq hozir ularning taʼsiri minimallashtirilgan.

Oʻzbekiston ODKBga qaytadimi – harbiy ekspert fikri

“KXSHT doirasidagi asosiy muammolardan biri Qozogʻiston bilan keskin munosabatlar edi. Ammo Islom Karimov vafoti hamda Nursulton Nazarboyev vakolatlarini topshirgandan soʻng ikki tomonlama munosabatlardagi emotsional omil  oʻrtadan koʻtarildi. Mirziyoyev va Tokayevning muloqot qilishda salbiy bekraundi yoʻq – yetakchilar hammasini oq qogʻozdan boshlashlari mumkin”, - deya tushuntirdi Minchenko.

Shuningdek, u siyosiy oʻzgarishlar toʻlqinida Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga kirishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.

Siyosatchining toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular