11:48 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Ekspert Rossiyskogo instituta strategicheskix issledovaniy Igor Nikolaychuk

Ekspert: Oʻzbekiston Tojikistonga terrorizmga qarshi samaraliroq kurashishda yordam beradi

© Facebook
Analitika
Havola olish
307 0 0

Xalqaro xavfsizlik sohasidagi maxsus mediametrik tadqiqotlar markazi eksperti Igor Nikolaychuk Oʻzbekiston va Tojikiston Xavfsizlik kengashilari oʻrtasida imzolagan hamkorlik toʻgʻrisida memorandumni muhim qadam deb atadi.

Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Mahmadali Vatanzoda ekstremistlik va terrorchilik faoliyatiga qarshi birgalikda harakat qilish sohasidagi hamkorlikning amaliy mexanizmlarini takomillashtirish, chegaraviy xavfsizlikni taʼminlash va umumiy davlat chegaralarida iqtisodiy manfaatlarni muhofaza qilish masalalari koʻrib chiqishdi.

Oʻzbekiston va Tojikiston IIV hamkorlikni kuchaytiradi

Ikki tomonlama maslahatlashuv yakunlariga koʻra, ikki davlat Xavfsizlik kengashi apparati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi protokol imzolandi.

“Mazkur bitim, shubhasiz, Tojikiston hukumatiga qoʻl keladi, chunki Oʻzbekiston har tomonlama: ham armiya, ham maxsus xizmati ishlari, va albatta, terrorizmga qarshi kurashishda ham juda kuchli mamlakat sanaladi”, - dedi Igor Nikolaychuk Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida.

Uning soʻzlariga koʻra, memorandum imzolananishi mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga yordam beradi.

“Rossiya ham oʻzini xotirjam va xavfsizroq his qiladi”, - deya taʼkidladi Nikolaychuk.

Ekspertning toʻliq fikrlarini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular