21:13 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Vertoletы nanosyat udar s vozduxa po pozitsiyam boyevikov v ramkax ucheniy Tsentr-2019.

"Markaz-2019" mashgʻulotlarining pinhona maʼnosi va real yakunlari: Gʻarb nega bezovtalandi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Analitika
Havola olish
192262

"Markaz-2019" qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari - Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekiston mintaqaviy barqarorlik asosini tashkil etishini va Xitoy, Pokiston va Hindiston kabi qudratli ittifoqdoshlarni oʻzida birlashtirgan markazga aylanganligini namoyish etdi

Rossiya, uning ittifoqdoshlari va sheriklarining mudofaa imkoniyatlari jangovar xalqaro terroristik tashkilotlar va har qanday potentsial dushman ekspansiyasi uchun yengib boʻlmas toʻsiq boʻlgan va shunday boʻlib qolmoqda.

Dunyoning yarmi yagona qalqon ostida

"Markaz-2019" mashgʻulotlari AQSH va Shimoliy Atlantika alyansi tenglashishi amri mahol boʻlgan, nihoyatda keng strategik koʻlamda boʻlib oʻtdi. Ulkan hududda, shu jumladan, dengiz akvatoriyasida sakkiz davlatdan - 128 ming harbiy, 20 ming dona qurol-aslaha va texnika uskunalari, 600 ta uchish apparatlari, 15 ta kema va yordamchi kemalar jalb qilingan.

"Markaz" manyovrlari sezilarli geosiyosiy salmoqqa ega boʻldi: toʻrt yil muqaddam huddi shunday formatda Rossiya va Qozogʻistonning 95 ming harbiysi, 7 ming dona qurol-aslaha, 170 ta samolyot va 20 ta HDF kemalari jalb qilingan edi. 2019 yilda sifat jihatdan oʻzgarish yaqqol namoyon boʻldi: poligonlarda Markaziy Osiyoning deyarli barcha davlatlari, shuningdek Xitoy, Hindiston va Pokiston hamkorlikda qatnashdilar. Qayd etish kerakki, bu insoniyatning deyarli yarmini tashkil etadi (sakkizta ishtirokchi-mamlakat aholisi 3 milliard kishidan ortiq).

Mashqlar davomida eng "ogʻir yuk"ni Rossiya oʻziga oldi - manevrlarda Markaziy va Sharqiy harbiy okruglari, Kaspiy flotiliyasi, havo desanti qoʻshinlari va harbiy transport aviatsiyasi ishtirok etdi. Ammo absolyut raqamlar va yorqin faktlar xalqaro jangovar mehnat taqsimotining qanchalik murakkabligi hamda ehtimoliy harbiy harakatlar teatri oʻlaroq serqirra hamkorlik qay darajada mustahkamlanganligini har doim ham aks ettiravermaydi.

Xitoycha ogohlantirish

"Markaz-2019" manyovrlari afsonasiga koʻra, qurollangan islomchilar otryadi Markaziy Osiyo mamlakatlarining birida ekstremistik rejim oʻrnatishga urinadi. Aksilterror koalitsiyasi harakatlari jangovar tayyorgarlik tadbirlarining oʻzgacha koʻlamda va nihoyatda yorqin oʻtishini taʼminladi. Shunday boʻlsa-da, qoʻmondonlik-shtab mashqlari "olov toʻlqini" singari tomoshalar uchun emas, qoʻshinlar boshqaruvini charhlash maqsadida oʻtkaziladi. "Markaz-2019" manyovrlarida yagona vazifani bajarish davomida sakkizta mamlakat harbiylari oʻzaro kelishgan holda faoliyat yuritdilar, bu esa, oʻz navbatida, milliy armiyalar shtablari harakatlari muvofiqlashtirilishini nihoyatda murakkablashtirar edi.

"Markaz-2019" mashqlarida Xitoyning 2,5 millionlik armiyasini 1 500 harbiy taqdim etdi. Bu Xitoy va Rossiya oʻrtasidagi "yelkama-yelka" hamkorlik natijasidir. Orenburgda oʻtkazilgan "janglar" oʻrtasidagi tanaffuslarda (bunda Rossiya va Xitoy bombardimonchilari shartli raqibni yoʻq qildilar), RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu oʻzining xitoylik hamkasbi Vey Fenxe bilan 2020-2021 yillarga harbiy muassasalarning hamkorlik rejasini muhokama qildi. Ikki davlat harbiy idoralari rahbarlarining samimiy uchrashuvi va bir-birlarini quchoq ochib qarshilaganlari koʻpchilikning yodida qoldi.

Bu qimmatli fakt, nega deganda, xitoyliklar quchoqlashishni xush koʻrmaydi, ularda qoʻl siqishish ham odat tusiga kirmagan. Modomiki, poligonda Pekin va Moskva generallari bir-birini "ruschasiga" quchoqqa olyaptimi, biling-ki ularning potentsial raqiblariga dengizlarda harbiy faollikni susaytirish va quruqlikda qurol-aslahalar sonini qisqartirish haqida oʻylab koʻrish vaqti keldi.

Aniqlik - gʻaroyiblik demak

"Markaz" mashqlari toʻrt yilda bir marotaba oʻtkazilib, hatto anʼanaviy raqiblarni ham yagona operatsiya kesimida birlashtiradi. Masalan, Hindiston va Pokiston Djammu va Kashmir shtatlarining statusi yuzasidan koʻp yillardir-ki, keskin mojaroda. Shunday boʻlsa-da, "Markaz-2019" mashqlarida hind va Pokiston boʻlinmalari (hind tomondan 140 ming, Pokistondan 90 ming harbiy ishtirokida) yagona reja asosida harakat qildilar va yagona jangovar vazifalarni bajardilar. Tabiiyki, tomonlarning toʻlaqonli yarashuvigacha hali ancha vaqt bor, lekin biz ikki tomonlama munosabatlarni sogʻlomlashtirishning amaliy usulini kuzatmoqdamiz.

Hindiston, Pokiston, Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonning yagona harbiy-siyosiy koordinatalar tizimida doimiy oʻzaro aloqada boʻlishi - sayyoramiz yanada xavfsiz boʻlishini taʼminlaydi. Bugun bunga alohida mashqlar doirasida erishilgan boʻlsa, ertaga bu obʼyektiv voqelikka aylanishi mumkin. Keng koʻlamli manyovrlar ishtirokchilarining noyob tarkibi Gʻarb nazaridan qolishi mumkin emas edi. AQShning The Diplomat nashri Rossiyaga mashqlarga yuborilgan xitoy harbiy kontingenti tarkibini batafsil yoritdi. Shveytsariyaning Neue Zürcher Zeitung kundalik gazetasi esa "Rossiya uchta yadroviy derjava bilan hamkorlikda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazmoqda", "bu NATO tomonga navbatdagi signal", deb taʼkidlagan. Shu oʻrinda, ularning Orenburg dashtlari bilan nima ishi bor, degan savol tugʻiladi.

Ayoni shu-ki, "Markaz-2019" manyovrlari oʻz strategik maqsadlariga erishdi, harbiy-siyosiy vazifalar bajarildi. 2023 yilda oʻtkaziladigan kelgusi mashqlar esa yanada qiziqarli va koʻlamdor boʻlishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular