15:42 26 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Analitika
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (36)
90242

"Yevroosiyo dunyosi" jamoatchilik fondi rahbari, siyosatshunos Eduard Poletayev Oʻzbekistonning xalqaro siyosati haqida gapirdi va respublikaning YEOIIga kirish istiqbollarini baholadi.

Ekspert taʼkidiga koʻra, Shavkat Mirziyoyev davrida Oʻzbekistonda keng koʻlamli oʻzgarishlar sodir boʻldi. Ammo xalqaro siyosat kontseptsiyasi va ikkiyoqlama munosabatlarni rivojlantirishga beriladigan urgʻu oʻzgarmagan. Tabiiyki, Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining barcha ishtirokchilari bilan hamkorlikni mustahkamlab boradi, dedi Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida Eduard Poletayev.

YEOIIda tovar aylanmasi oʻsishi Osiyo mamlakatlari chambarchas hamkorligiga bogʻliq. Oʻzbekiston bunga juda mos keladi, deb hisoblaydi ekspert, negaki hozir respublikada iqtisodiyot maksimal darajada eksportga yoʻnaltirilmoqda. Bunday sharoitda esa, yangi xalqaro savdo yoʻllariga chiqish muhim zarurat hisoblanadi. Koʻpdan-koʻp hollarda ayrim savdo cheklovlari Oʻzbekistonga YEOII mamlakatlari bozorlariga chiqishga halal bermoqda.

Shu asnoda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzolik foydali boʻlishi mumkin. Bu migrantlarga ham yordam beradi, Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekistonliklarga nisbatan "talabchanlik boʻshashtirilib", ular "imtiyozlarga" ega boʻlishlari ehtimoldan xoli emas.

Eskpert izohini toʻliq quyidagi rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (36)

Asosiy mavzular