21:21 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Irakskiye shiitskiye protestuyut protiv kazni sheyxa Nimra al-Nimrы v Saydovskiy Aravii. Arxiv surat

"Gʻingshidi va yigʻladi". Nega "ID" yetakchisi oʻlimidan hamma, hatto terrorchilar ham manfaatdor

© AP Photo / Karim Kadim
Analitika
Havola olish
2545 0 0

Al-Bagʻdodiy hayotmi-yoʻqmi - biroq u shafqatsiz, mutaasib va sergʻayrat davomchiga ega. Voris tor-mor qilingan terroristik tashkilotni qayta tiklay oladimi-yoʻqmi, RIA Novosti materialida oʻqing.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik, Galiya Ibragimova. AQSH maxsus xizmatlari "Islom davlati" yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiyning yoʻq qilingani haqida eʼlon qilishdi. "Halifat" yetakchisini bir necha marotaba dafn etishgan. Ammo u har safar qayta tirilar va oʻz safdoshlarini oʻz oʻlimi haqidagi yolgʻonga shiddatli hujumlar bilan javob qaytarishga chorlardi. Al-Bagʻdodiy hayotmi-yoʻqmi - biroq u shafqatsiz, mutaasib va sergʻayrat davomchiga ega. Voris tor-mor qilingan terroristik tashkilotni qayta tiklay oladimi-yoʻqmi, RIA Novosti materialida oʻqing.

"Birinchi raqamli terrorchi" yengildi

Vashington al-Bagʻdodiyning yoʻq qilinishi nafaqat mamlakatda, balki butun dunyoda jamoatchilik orasida olamshumul shov-shuvlarga sabab boʻlishini kutgan edi. Sababi, sakkiz yil oldin - "birinchi raqamli terrorchi" - Usama ben Ladenning halok boʻlgani haqidagi xabar - ommaviy shod-xurramlikka sabab boʻlgandi.

Oq uy oldida kutilmaganda tartibsiz miting roʻy bergan edi. Uning ishtirokchilari qoʻllarida "Terrorchilarga oʻlim", "AQSH - buyuk derjava", "Birinchi raqamli terrorchi - yoʻq qilindi" kabi shiorlar yozilgan plakatlar va transparantlarni koʻtarib olishgan edi. Linkoln memoriali yonida namoyishchilar oʻzgacha bir zavq ila: "Birinchi raqamli dushman yengildi", "A-Q-SH", deya shiorlarni dona-dona oʻqishardi.

Prezident Barak Obama bu paytda ikkinchi muddatga qolish uchun, saylovoldi kampaniyasiga tayyorgarlik koʻrardi. Terrorchining yoʻq qilinishi borasidagi maxsus operatsiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilishi oʻshanda unga saylovoldi poygasida yordam bergandi. Tramp qanchalik harakat vilmasin, shu kechayu-kunduzda Obamaning muvaffaqiyatini takrorlay olmadi.

Amerikancha dejavyu

AQSH prezidenti al-Bagʻdodiy hayotining soʻnggi daqiqalarini yorqin ranglarda tasvirlab berdi - goʻyoki maxsus-operatsiyaga shaxsan guvoh boʻlgandek. "Boshqalarni qoʻrqitib kelgan jinoyatchi, soʻnggi daqiqalarni vahima va qoʻrquvda oʻtkazdi, — deb xabar qildi davlat rahbari. — Amerika harbiylari hujumidan dahshatga tushib, u tonneldagi tupikkacha yugurib bordi. Yoʻl-yoʻlakay u gʻingshir, yigʻlar va baqirardi. Tonnel oxirigacha yetib borib, u oʻzini portlatdi. Oʻzini va uch nafar bolani oʻldirdi. U xuddi itdek va qoʻrqoqdek oʻldi".

© Sputnik / Ilya Pitalev

Bugun Trampga taʼsirchan maxsus operatsiyalar juda zarur. Saylovoldi kampaniyasi avjida va amaldagi prezident yana bir muddat oʻzida ushbu lavozimni saqlab qolmoqchi. "ID" rahbari ustidan gʻalaba oppozitsiya tomonidan boʻladigan tanqidlarni yoʻqqa chiqarishi lozim. Ayniqsa, Rossiya va Turkiya Yaqin Sharqda oʻz muvaffaqiyatini belgilab olgach, Trampga uning Yaqin Sharqdagi siyosati tufayli ayblovlar nihoyatda kuchaygan edi.

Biroq skeptiklar ham jim turishmadi. "Islomchilar yetakchisining yoʻq qilinishi "ID" ustidan gʻalaba qozonilganini anglatmaydi", - deya taʼkidladi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi — u amaldagi prezident administratsiyasining asosiy gʻanimidir. Demokratik partiyada esa, Tramp eng birinchi boʻlib ularni operatsiya haqida xabardor etmaganligidan norozi boʻlishdi, biroq bir vaqtning oʻzida hamkorlik uchun Rossiya va Turkiyaga minnatdorlik bildirishdi.

Al-Bagʻdodiyning yoʻq qilinishi Tramp tarafdorlarida ham katta taassurot uygʻotmadi. Oddiy amerikaliklarning Oq uy oldidagi quvonchga toʻla namoyishlari roʻy bermadi, siyosatchilardan maqtov ham yangramadi. Davlat rahbarining reytinglari ham oʻzgarmadi: Trampga hali ham fuqarolarning 55 foizi ishonmaydi.

Shubhali operatsiya

"ID"ga qarshi kurash olib boruvchi xalqaro koalitsiya ishtirokchilari munosabati ham noaniq. Turkiya hukumati maxsus operatsiyaga Yaqin Sharqda terrorizmga qarshi kurashda burilish yasaydigan nuqta, deya taʼrif berishdi. Rossiya Mudofaa vazirligida xulosa chiqarishga shoshilishmayapti.

"Amerika aviatsiyasiga ushbu operatsiya davomida Idlib deeskalatsiya hududi havo boʻshligʻiga uchib oʻtishiga yordam berilgani haqida bizga maʼlum emas", — deb qayd etdi Rossiya mudofaa idorasi vakili Igor Konashenkov.

Al-Bagʻdodiyning yoʻq qilingani toʻgʻrisida ilgari ham xabar berilgan. "ID" yetakchisi haqiqatda yoʻq qilingani haqida qandaydir salmoqli dalillar esa hozircha yoʻq.

Tramp taʼkidiga koʻra, genetik ekspertiza aynan al-Bagʻdodiy oʻldirilganini isbotlagan. Ammo ben Laden yoʻq qilingach, maxsus xizmatlar uning jasadi aks etgan fotosuratlarni tarqatishgan edi. Hozir shu ham yoʻq.

"Halif"ni bir necha marotaba dafn etishgan. Gʻarb koalitsiyasi "ID" yetakchisi aviazarbalar natijasida oʻldirilganligi haqida hisobot berar, shundan soʻng "Islom davlati" media boʻlinmalari uning safdoshlar tomon yoʻllagan navbatdagi murojaatini ommaga eʼlon qilardi. Soʻngra, islomchilar "kofir"lar yana yolgʻonda fosh etilgani haqida tushuntirardilar. Oddiy jangarilar esa oʻz qoʻmondonining kuchli va qoʻl yetmaydigan yetakchi ekanligiga yana-da qattiqroq ishona boshlardilar.

Kuz boshlanishida arab OAVlari al-Bagʻdodiy oʻlim talvasasida yotgani haqida yozgan edilar. Hatto uning vorisi kimligini ham maʼlum qilishdi: u yetakchining shogirdi va raqibi Abdulloh Qardosh edi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, u faqatgina iroq yoʻnalishidagi ishlar uchun javob berardi.

Yangi "halif" shaxsi juda katta qiziqishlar uygʻotardi. Avvaliga, u sobiq saddam armiyasining xizmatdagi ofitseri ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot paydo boʻldi. Amerika Iroqqa bostirib kirgach, koʻplab ofitserlar va sunniy-amaldorlar taʼqiblarga uchrab, oxir-oqibat radikal oqimga qoʻshilishga majbur boʻlgandi. Islomchilarning muvaffaqiyati ham aynan ular tarkibida xizmatdagi harbiylar borligi bilan izohlanardi.

Soʻngra ushbu maʼlumotlar rad etildi: Qardosh - yazidlarni shafqatsizlarcha jazolash tarafdori, "IDning eng qahri qattiq qoʻmondonlari bilan birga oʻqigan" shariat boʻyicha mutaxassis edi. Nima boʻlgan taqdirda ham, shu aniq edi-ki, al-Bagʻdodiy oʻrnini mutaassib, shafqatsiz va kuch-quvvatga toʻla, oxirgi lahzaga qadar kurashishga tayyor yetakchi egallardi.

Aytishlaricha, al-Bagʻdodiyning shaxsan oʻzi Qardoshga "Islom davlati"ni boshqarishga fotiha bergan emish. Bu orada terrorchilarning yoʻq qilinmagan qismi Suriya va Iroqdan Afrika va Janubiy Osiyoga koʻchib oʻtdi. Ekspertlarning aksariyati aynan shu regionlarda "Halifat" qayta tugʻilishini kutishmoqda.

"Saxiy obraz"

Al-Bagʻdodiy — u tirikmi yoki oʻlik — "ID"ning yagona va shak-shubhasiz obroʻli kishisi sifatida qabul qilinmagan va qabul qilinmaydi. Uning "Al-Qoida"da barcha hal etuvchi qarorlarni qabul qilgan, deb hisoblanuvchi Usama ben Ladendan asosiy farqi ham shunda.

"Al-Bagʻdodiy va ben Ladenni birlashtiruvchi yagona jihat, - ikkalasi ham oʻta yashovchan boʻlganligida. "OAVlardagi dafn marosimlaridan soʻng" ular yana qayta jonlanar edi", — deb tushuntiradi RIA Novostiga islomiy tashkilotlar boʻyicha mutaxassis Andrey Serenko.

Ekspert ikkala terrorchining ham gʻoyaviy qarashlari turli muhitlarda shakllanganligiga eʼtibor qaratadi. Agar ben Ladenga Afgʻonistondagi sovet kampaniyasi taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, al-Bagʻdodiyning dunyoqarashini amerikaliklarning 2013 yilda Iroqqa bostirib kirishi belgilab bergan edi.

"Bagʻdodiy — bu shunchaki ramziy bir figura. Iroqlik oʻta kamgap dindor, Iroq urushida Saddam Husayn tomonida qatnashgan, u hech qachon tarovati bilan ajralib turmagan. Hatto "ID" gullab-yashnagan davrda ham uni hech qachon asosiy ustoz sifatida eʼzozlashmagan. Xudojoʻylik va butun dunyoda halifatni barpo etish gʻoyasi tufayli u oʻzi atrofida ergashuvchilarni toʻplay olgan edi", - deb hikoya qiladi Serenko.

Ekspert eʼtiborni qaratayotgan yana bir omil, bu "ID"ning iyerarxik emas, balki tarmoqli tuzilmasidir: "Ushbu terroristik tashkilotning qaror qabul qiluvchi yagona markazi mavjud emas. Terroristlar yacheykalari bir-biridan mustaqil harakat qiladi va har birining oʻz yetakchisi bor".

Siyosatshunos fikricha, bordiyu, al-Bagʻdodiy oʻlimi haqidagi xabar oʻz tasdigʻini topadigan boʻlsa, uning ergashuvchilari shundan ham tashviqot maqsadida foydalanishga harakat qilishlari mumkin. "Afsonalashtirilgan saxiy bir obrazni yaratishadi va u "ID"ning mafkuraviy jihatdan mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bagʻdodiy haqida butunjahon halifati boshida turgan bekamu-koʻst bir halif haqida kabi gapira boshlaydilar", - deya prognoz qiladi Serenko.

Xalqaro masalalar boʻyicha Rossiya kengashining Yaqin sharq boʻyicha loyihalari koordinatori Ruslan Mamedovning fikricha, "ID" Suriya va Iroqning kattagina qismi ustidan nazoratni yoʻqotgach, al-Bagʻdodiy shak-shubhasiz obroʻli kishi boʻlmay qolgan.

"Butunjahon halifati gʻoyasi shunga asoslanardiki, islomiy terrorchilar hududlari muntazam ravishda kengayib borishi lozim edi. Al-Bagʻdodiy oʻzini barcha egallab olingan yerlar halifi deya eʼlon qildi. Ammo Suriya va Iroqda "ID" soni yoʻqotilishi tufayli uning tituli ahamiyati ham pasayib bordi", - deya tushuntiradi siyosatshunos.

Bu yerda asosiy masala: terrorchilardan tozalangan territoriyalarda davlatchilikni qayta tiklashning iloji bor-yoʻqligida.

"ID" terroristik tashkilot sifatida iroq kampaniyasidan soʻng, barcha siyosiy kuchlar davlat qurilishi jarayoniga jalb etilmagani natijasida tashkil topgan edi. Sunniy siyosiy guruhlar bunda chetda qolib ketdi. Va aynan ular butunjahon halifati gʻoyasini qoʻllab-quvvatlagan edilar", - deya aniqlik kiritadi Mamedov.

Davlatchilik institutlarini qayta tiklash gʻoyatda muhim. "Regionlar markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga oʻtkazilishi shunga olib keladiki, turli guruhlar, deylik oʻzining shartli al-Bagʻdodiysi boshchiligida u yerda oʻz qoidalarini oʻrnata boshlaydilar. Bu terroristik tashkilotlar tashkil topishiga olib kelishi mumkin. Faqatgina mamlakatni birlashtirish va barcha kuchlarni siyosiy jarayonlarga integrallashtirish orqali yangi radikallar paydo boʻlishining oldini olish mumkin", - deb yakun yasaydi Mamedov.

Asosiy mavzular