14:45 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Protestnыe aktsii v Kiyeve

Rangli inqiloblar uchun kadrlar qanday tayyorlanadi

© Sputnik / Aleksey Vovk
Analitika
Havola olish
1138 0 0

Moldovada xorijlik professional "inqilobchilar" MDH mamlakatlaridan kelgan blogerlarga namoyishchilar zerikib qolmasligi uchun nima qilish kerakligini oʻrgatishdi.

TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. Moldova poytaxti Kishinyovda Sharqiy Yevropa va MDHning 15 ta mamlakatdan kelgan 300 dan ortiq blogerlar, koʻngillilar va boshqa boshqa jamoat faollari uchun “KempKemp2019” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Turli davlatlardan shuncha mashhur kishilar jamlangan tadbir – katta media bayramga aylandi, OAVda keng yoritildi deb oʻylasangiz xato qilasiz. Tadbir oʻta maxfiy vaziyatda, manzili hech qayerda eʼlon qilinmagan, shahar chekkasidagi binoda oʻtkazildi.

Tadbirning rasmiy sahifasida hech qanday telefon raqami koʻrsatilmagan, ishtirokchilar faqat aloqa formasi orqali tadbir tashkilotchilari bilan bogʻlanishlari mumkin. Jurnalistlar akkreditatsiya uchun yuborgan anketalar javobsiz qolgan.

Qiziq, bu darajada yashirinish uchun qanday sabablar bor ekan-a? Bu mashhur blogerlarning xalqaro darajaagi uchrashuviga emas, koʻproq revolyutsionerlarning Leninning xufiya kvartirasida toʻplanishiga oʻxshaydi, - deb yozadi Sputnik Moldova.

Lekin shuncha konspiratsiya choralariga qaramasdan ularni baribir topgan Sputnik muxbirlari kelganda yashirin tadbir tashkilotchilari hayron qolishdi. “Ha bu media-tadbir lekin jurnalistlar ichkariga kiritilmaydi, chunki ayrim ishtirokchilarimiz oʻz mamlakatlarida javobgarlikka tortilishi mumkin”, - deb tushuntirgan tadbir tashkilotchilari. – Hukumatga qarshi namoyishlar uyushtirgani uchunmi?, -  degan savol esa javobsiz qolgan.

Tadbir

Xullas, 15 davlatdan 300 dan ortiq blogerlar, koʻngillilar, instagramchilar, narrativ marketologlar va boshqa jamoat faollari 4 kun davomida Kishinyov chekkasidagi koʻrimsiz bino ichida nima bilan shugʻullangan?

“Toʻrt kun davom etayotgan diskussiya, ijodiy eksperiment va master-klasslarda marketing, reklama va media sohasidagi faollar dunyoni yanada yaxshiroq qilish uslublarini oʻrganadi”, - deyilgan tadbir rasmiy sahifasida.

Aslida esa, Sharqiy Yevropa va MDHning bir necha davlatlaridan kelgan “professional inqilobchilar” oʻz mamlakatlarida hukumatni kuch bilan almashtirish hamda “Rossiya taʼsiriga qarshi kurashish” tajribasi bilan oʻrtoqlashgan. Ana shunday tadbirlar uchun AQSH davlat byudjetidan pul ajratilgan.

Tadbir tashkilotchisi - Praga fuqaro markazi (Prague Civil Society Centre, PCSC) nomli tashkilot boʻlib u AQSH davlat byudjeti tomonidan moliyalashtiriladi. Markaz CAATSA (Amerika dushmanlariga sanktsiyalar yordamida qarshilik koʻrsatish) qonuniga asosan faoliyat yuritadi. 

Lektsiya va seminarlar mavzulari

Quyida ushbu oʻquv-media tadbirining kun tartibiga kiritilgan ayrim mavzularni keltiramiz:

  • “Oʻsmirlar - fuqaro tashklotlarining asosiy auditoriyasi”
  • “Hazil va memlar faollik quroli sifatida”
  • “Nol byudjetli koʻcha namoyishlari”
  • “Tarafdorlar yollash va jamoalar tashkil qilish”
  • “Markaziy Osiyo va Kavkazda kraudfanding”
  • *Kraudfanding - bir necha kishi yoki tashkilotlar pul jamlab boshqa guruhlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashi. Odatda internet orqali amalga oshiriladi.
  • “Ijtimoiy soʻrovlar maʼlumotlaridan samarali foydalanish”
  • “Hukumat vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish – mahorat darsi”
  • “Ijodiy fikrlashni qoʻzgʻash uchun oddiy uslblar”  
  • “Huquq himoyachilari kreativ professionallar bilan uchrashuvi. Turkiya tajribasi”

Notiqlar kim ?

Nutq soʻzlagan ayrim notiqlar shaxsini yuzaki oʻrganib chiqish ham ular haqida muayyan tasavvur beradi.

Moskvalik esse yozuvchi oʻzining “Qrimdagi Rossiya agressiyasi”ni tanqid qilishi bilan tanilgan - Linor Goralik.

“Ozodlik” radiosining ukraina boʻlimi jurnalisti Vlad Krilevskiy esa - Donbassdagi voqealarga qarshi, Ukrainada 30 yillarda sodir boʻlgan ocharchilik, Feysbukdagi Rossiya trollariga qarshi maqolalari bilan mashhur.

Moldovalik Vlada Chobanu – faol bloger, tadbir tashkilotchilaridan biri, AQShning NDI — Natsional demokratik institutida 5 yil davomida ishlagan. (Dunyodagi barcha rangli inqiloblar tashkil qilishda aynan mana shu institut ishtirok etgan).

Gruziyalik bloger Shota Digmelashvili “Kanikulni barrikada ortida oʻtkazish – 100 kunlik namoyishlar” mavzusida lektsiya oʻqigan.

Uzoq davom etayotgan namoyishlarda ishtirokchilar zerikib qolmasliklari uchun nima qilish kerakligini Nyu Yorkda joylashgan Center for Artistic Activism notiqlari oʻrgatishgan.

Undan soʻng moldovalik hamma narsa “Moskva qoʻli bor” deb baqiradigan "Okkupay Gugutse" faollar guruhi soʻzga chiqib, kreativ namoyishlar oʻylab topishni vaʼda berishgan.

Ishtirokchilar orasida belorussiyalik muxolifatchi jurnalist Franak Vyachorka ham soʻzga chiqdi. Media sohasida u oʻzining Belorussiyani Rossiyadan mutlaq ajratish va NATOga aʼzo boʻlishni yoqlab chiqqan maqolalari bilan tanilgan. 2018 yilda Vyachorka Ruminiyada “Ozodlik” radiosi boʻlimini ochishda yordam bergan.

Tadbir qaysi mamlakatlarni qamrab olgan?

Rasmiy sahifasida joylashtirilgan xaritaga muvofiq tadbir  barcha Markaziy Osiyo respublikalarini ham qamrab olgan, jumladan, Oʻzbekistonni ham, lekin unda ishtirok etgan oʻzbekistonlik blogerlar yoki notiqlar haqida maʼlumot yoʻq.

Tadbirda qirgʻizistonlik bir necha blogerlar ham soʻzga chiqqan. Xususan, Eldana Satыbaldiyeva ismli insta-bloger unga qarindoshlar tomonidan oʻtkazilayotgan bosim haqida nutq demokratiya soʻzlagan.

Ulan Useyun ismli bloger Qirgʻizistonning uzoq qishloqlarda qanday qilib namoyishlar uyushtirish mumkinligi haqida hikoya qilib bergan.

Murat Daniyar ismli bloger Qozogʻistonda tanqidiy yutub-kanal yuritish xavflari haqida hikoya qilib bergan.

Xulosa oʻrnida

CampCamp2019 – bu rangli inqiloblar va turli namoyishlar uyushtiruvchi bloger va boshqa jamoat faollari uchun inqilobchi professionallar tomonidan oʻtkazilgan mahorat darsi boʻlgan.

Kelajakda ushbu tadbirda ishtirok etgan shaxslar “Yevromaydan” “atirgullar inqilobi”, “soyabonlar inqilobi” va boshqa kreativ nomlarini oʻylab topsa;

Yoki yuzlab politsiyaga bir oʻzi qarshilik koʻrsatayotgan qari ayol, nozik qiz, yosh bolaning taʼsirli suratlarini chop etib jamoatchilikka  taʼsir oʻtkazishga urinsa;

YO boʻlmasa, hukumat vakillarining chiqishlariga qarshi ijtimoiy tarmoqlarda hajviy fleshmob koʻtarishga urinsa (Gruziya fleshmob xa-xa);

- hayron boʻlmang, bularning hammasi oʻz-oʻzidan paydo boʻlayotgan kreativ gʻoya emas, mana shunday professionallar yordamida oʻtkazilgan seminarlar natijasidir.

Ularning maqsadi – jamiyatda norozilikni kuchaytirish va oxir oqibat hukumatni oʻzgartirishdir. Lekin bir necha yil davomida muvaffaqiyattli natija bergan “rangli inqilob” texnologiyalari – bugungi kunda oqsab qolgani aniq.

Masalan, Gonkongdagi mitinglar uzoq vaqt davom etayotgan boʻlsada - natija yoʻq. Moskvada – ular harchand urinmasin hozircha hech narsaga erisha olmayapti. Gruziya va Armanistonda ham soʻnggi vaqtda erishilayotgan natijalar koʻngildagidek emas.

Ana shunday sharoitda revolyutsiya tashkilotchilari tomonidan mahalliy jamoat faollariga “namoyishlarni yanada qiziqroq qilish” choralari oʻrgatilayotganini tushunsa boʻladi. Choʻkayotgan odam xasga ham yopishadi, deydilar-ku.

Asosiy mavzular