22:21 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Jangarilar Oʻzbekiston hududiga kirib olmoqchi boʻlgan - ekspert

© MVD Tadjikistana
Analitika
Havola olish
1623 0 0

Ekspert fikriga koʻra, aslida jangarilar Tojikiston orqali Oʻzbekiston hududiga kirib olmoqchi boʻlishgan.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Oʻtgan tunda uyushtirilgan oʻzbek-tojik chegarasidagi “Ishqobod” postiga uyushtirilgan hujumi koʻplab savollar uygʻotmoqda, deydi Rossiyadagi Afgʻonistonni oʻrganish markazi eksperti Andrey Serenko.

Tojikiston chegara postiga 20 nafar niqobli kishilar hujum qildi

Mutaxassis fikriga koʻra, jangarilar Tojikiston orqali Oʻzbekiston hududiga kirib olmoqchi boʻlishgan.

“Afgʻon-tojik chegarasi “ilma-teshik” desa ham boʻladi. Oʻzbeklar esa chegarani qattiqqoʻllik va professional darajada himoya qiladi. Ular Tojikiston hududida 3 kun boʻlib qulay payt poylab, Oʻzbekiston hududiga oʻtish maqsadida chegara postiga hujum qilishgan”, - deydi ekspert.

Nega ular aynan Oʻzbekiston hududiga oʻtmoqchi boʻlishganiga ikkita sabab boʻlishi mumkin.

Birinchidan, ular oʻz imkoniyatlarini namoyish qilmoqchi boʻlishgan boʻlsa, ikkinchidan - ushbu jangarilar orasida sobiq Oʻzbekiston islom harakatining jangarilari boʻlgan boʻlishi ham mumkin.

Agar rostdan ham ushbu terrorchilar guruhi ISHID jangarilari ekani tasdiqlansa va ular Markaziy Osiyo hududida qoʻporuvchilik qilish maqsadida Afgʻonistondan kirib kelgan boʻlsa - bunday hujumni sensatsiya deyish mumkin, deb soʻzini yakunladi ekspert.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan tunda 20 ga yaqin qurollangan niqobli kishilar Dushanbedan 60km masofada, oʻzbek-tojik chegarasida joylashgan "Ishqobod" postiga hujum qilib, u yerdan 5ta avtomat oʻqotar qurolni egallab olishgan edi. Oʻtkazilgan maxsus operatsiya natijasida jangarilarning 15 nafari yoʻq qilinib, 5 tasi qoʻlga olingan. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.

Toshkent Tojikistondagi chegaraga uyushtirilgan hujum bilan bogʻliq vaziyatni oʻrganmoqda

Asosiy mavzular