13:13 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Voyennыy obozrevatel Viktor Litovkin

Ekspert Oʻzbekistonga “Kattaqoʻrgʻon” poligoni nima uchun kerakligini tushuntirdi

© Sputnik /
Analitika
Havola olish
535 0 0

Oʻzbekistonda eng katta - “Kattaqoʻrgʻon” dala-oʻquv maydoni ochildi. Isteʼfodagi polkovnik Viktor Litovkin ushbu poligon ochilishining ahamiyatli jihatlari haqidagi fikrlarini bildirdi.

Oʻzbekiston Respublikasidagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqoʻrgʻon” dala-oʻquv maydoni foydalanishga topshirildi. Unda zamonaviy dunyo talablariga mos keladigan oʻquv sinflari, tibbiyot punkti, yotoqxonalar, oshxona, sport zali, madaniyat markazi hamda jangovar texnikalar va avtomobillar turarjoylari mujassam.

Isteʼfodagi polkovnik Viktor Litovkin poligon harbiylar uchun juda muhim joy ekanini qayd etdi.

“Bu tankchilar, artilleriyachilar, motooʻqchilar uchun mashgʻulot joyidir. Ularsiz harbiylar qurol-aslahadan foydalanish koʻnikmalarini va vatanni himoya qilish qobiliyatini yoʻqotishadi”, - dedi u Sputnik Oʻzbekiston bilan boʻlgan suhbatda.

Ekspertning toʻliq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular