14:44 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
93610

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochi shahrida oʻtkazilgan anʼanaviy “Valday” anjumanida Osiyo davlatlari bilan hamkorlik tamoyillari haqida fikr bildirar ekan, dunyodagi yangi tartiblarga toʻxtalgan edi.

TOSHKENT, 10 noya – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochi shahrida oʻtkazilgan anʼanaviy “Valday” anjumanida global muammolarni endi Osiyo mamlakatlari ishtirokisiz hal etish mumkin emas, deb taʼkidlagan edi.

Bu bilan Rossiya yetakchisi dunyodagi yangi tartiblarga taʼrif bergandi.

“Bugun shu narsa aniq boʻlmoqda-ki, global muammolarni Osiyosiz hal etish mumkin emas. Albatta, inertsiya bilan nimadir qilishga urinish mumkin. Ammo globallik va universallikka daʼvo qilayotgan bu kabi qarorlarning qonuniyligi, eng asosiysi, qadri juda shubhalidir”, - deb taʼkidlagan edi Putin.

Rossiya yetakchisi gʻayritabiiy va sirli Osiyoga nisbatan hamisha qiziqish boʻlganligi, Rossiyaning osiyo davlatlari bilan munosabatlari xarakteri bugungi kun talabi emasligi, balki tarixiyligiga urgʻu bergandi.

“Ziyolilar, ijodkor insonlar orasida Osiyo hamisha oʻzgacha his-tuygʻularni uygʻotgan, biroz sirli va mistik tuyular, maʼnaviy kuch va donishmandlik manbai sifatida dovruq qozongan edi, ehtimol uni oxirigacha tushunish mumkin boʻlmagandir, lekin unga nisbatan qiziqish hamisha kuchli boʻlgan”, - deya taʼkidlagan edi Vladimir Putin.

Eslatib oʻtamiz, “Valday” muzokaralar klubining X Osiyo anjumani “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizliklar qarshisida koʻpqirrali hamkorlik” mavzusida Samarqandda oʻtkazilmoqda.

Osiyo va Yevroosiyo mamlakatlari bugungi kunda butun dunyo va mintaqa taraqqiyotiga daxldor boʻlgan qator chaqiriqlar oldida turibdi. Ushbu chaqiriqlarga xavfsizlik masalalariga yechim topish va mintaqa mamlakatlari taraqqiyotiga olib keluvchi uzoq muddatli maqsadlarga erishishga qaratilgan koʻpqirrali hamkorlikni faollashtirish bilangina javob qaytarish kerak. Ushbu ustuvor vazifalarning birlashuvi esa uzoq muddatli barqarorlikka erishishda yordam beradi va mintaqani negativ tashqi omillardan himoyalaydi. Samarqanddagi “Valday” anjumanida boʻladigan diskussiyalar shu maqsadlarga erishish yoʻllari muhokama qilinadi.

Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular