12:34 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Flagi stran uchastnits YEAES, arxivnoye foto

Ekspert: Oʻzbekistonning YEOIIga kirishi eksport tartibini soddalashtiradi

© Sputnik / Asatur Yesayants
Analitika
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
59602

Iqtisodchi Odil Olimjonovning fikriga koʻra, Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilishi barcha tomonlarga foyda keltiradi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Iqtisodchi Odil Olimjonov Oʻzbekistonning YEOIIga kirishi nima sababdan foydali boʻlishini tushuntirdi

“Biz Rossiya, Qozogʻiston va boshqa davlatlar bilan birga Yevroosiyo qitʼasida yashaymiz va bizning iqtisodiy munosabatlarimiz bir yilda paydo boʻlmagan: hamkorlik bir necha asrlar davom etib kelmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi – bu yagona xalq xoʻjaligi kompleksi. Hozir bir qancha tanaffusdan soʻng mamlakatlar oʻrtasida yana yaqinlashish jarayoni kuzatilmoqda. Oʻzbekistonning YEOOIga qoʻshilishi barcha uchun foydali boʻladi deb hisoblayman”, - dedi Olimjonov Sputnik muxbiri Aleksey Stefanov bilan boʻlgan suhbatda.

Ekspertning fikriga koʻra, Oʻzbekiston uchun tovarlarni eksport va import qilish yanada osonlashadi, zeroki YEOII yagona bojxona maydoniga ega.

Yana bir muhim masala mamlakatning xorijda yashab va mehnat qilib kelayotgan fuqarolari bilan bogʻliq.

“Hozirda ikki milliondan ziyod oʻzbekistonlik migrantlar xorijda, asosan Rossiyada ishlaydi. Ular hozir oʻzlarining katta pulini patentga topshirishadi. YEOIIga kirsak, ular uchun boʻlgan sharoit yaxshi tomonga oʻzgaradi”, - deya hisoblaydi ekspert.

“Ittifoqning amaldagi aʼzolari ham foyda koʻrishadi, zeroki Oʻzbekiston yirik sanoat va qishloq xoʻjaligi salohiyatiga ega”, - dedi Olimjonov.

“Valday” klubining X Osiyo anjumani Samarqandda boʻlib oʻtdi. Forum doirasida Taraqqiyot va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Shuningdek, rossiyalik va oʻzbekistonlik ekspertlar ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalarini muhokama qilishdi.

Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular