22:14 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Gʻarb oʻzining "yangi eʼtiqodini" Oʻzbekistonda targʻib qila oladimi - ekspert javobi

© Sputnik / Alexandro Martinez Velez
Analitika
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
598 0 0

Gʻarb oʻzining "yangi eʼtiqodini" Markaziy Osiyo davlatlariga, shu jumladan, Oʻzbekistonga singdira oladimi, degan savolga javob berar ekan, Aleksandr Rar bu savolni yosh avlodga yoʻnaltirish kerak, deya taʼkidladi.

TOSHKENT, 14 noya - Sputnik. Samarqandda oʻtkazilgan Valday klubining X Osiyo anjumanida xalqaro darajada faoliyat yurituvchi nemis jurnalisti Aleksandr Rar Gʻarb va Rossiya, shuningdek, Gʻarb va Sharq davlatlari oʻrtasida mavjud qadriyatlar toʻqnashuvi haqida oʻz fikrlarini bildirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Rossiya va Gʻarb oʻrtasida mavjud kelishmovchiliklardan biri - bu qadriyatlar toʻqnashuvidir. Gʻarbning nazdida u Yer yuzidagi eng insonparvar tizimni yaratgan. Bu tizimdan ozchilik (LGBT vakillari demoqchi, tahr.)ga nisbatan hurmat va ularning haq-huquqlarini mustahkamlash oʻrin olgan. Albatta, bu yaxshidir. Lekin aynan shu narsa koʻpincha ijtimoiy tartibning buzilishiga olib keladi", - dedi ekspert.

Rarning fikricha, bunday "insonparvar tizim"ni yaratayotganda, albatta dushman kerak boʻladi. Rossiya esa Gʻarbga bu borada juda qoʻl keladi.

"Rossiyada gomoseksualizm rasman taʼqiqlangan, u inkor etiladi, demakki, Gʻarb Rossiyaga qoʻlini bigiz qilib "bizning qadriyatlarimiz unga yot", deya jar solishi mumkin, deya izoh beradi jurnalist.

Gʻarb hatto bu holatni yashirmaydi.

"Germaniya kantsleri (Angela) Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kechgan uchrashuvlarning birida bugun gʻarb uchun inson himoyasi, insonparvarlik, insonparvarlik qadriyatlari kabi masalalar eng muhim masalalardan biri ekanligini aytgan edi. "Bugungi Yevropa bu. Biz geosiyosatdan voz kechdik, lekin oʻzimizning qadriyatlarimiz uchun kurashdan voz kechganimiz yoʻq va ularni targʻib etishda davom etamiz", degan edi oʻshanda Merkel", - deydi Aleksandr Rar.

Ekspert nigohida bugun dunyodagi mavjud kelishmovchilik ham mana shu "qadriyatlar kurashida". Va Gʻarb nazdida inson huquqlari buzilgani uchun nafaqat Rossiyani, balki Oʻzbekistonni, Ozarbayjonni, Qozogʻistonni, Belarus va boshqa koʻplab davlatlarni bot-bot koyib kelishadi. 

"Bu eng oson yondashuv. Maʼlum maʼnoda hatto reallikdan uzoq ham. Negaki, har bir jamiyatning oʻz anʼanalari, ayolga, oilaga nisbatan munosabati mavjud. Va bunday vaziyatda, meni nazarimda Yevropa oʻzg qadriyatlarini boshqalarga xuddi yangi eʼtiqod singari "yopishtira olmaydi". Muammo ham shu tufayli kelib chiqmoqda", - dedi Rar.

Gʻarb oʻz eʼtiqodini Markaziy Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonga singdira oladimi, degan savolga javob berar ekan, ekspert bu savolga yosh avloddan boshqa hech kim javob bera olmasligini taʼkidlaydi.

"Bu hozirgi avlodga yoʻnaltiriladigan savoldir. Agar yosh avlod erkinlik va ehtiyoj barchasidan ustun, degan fikrga kelsa, u holda haqiqiy "qarashlar inqilobi" vujudga kelib, shu paytgacha yashab kelgan qadriyatlar oʻzgarishi mumkin. Lekin bir narsani aytishim mumkin, misol uchun, bugun Yevropada yoshlarga erkinlik kerak emas. Bugun ular uchun xavfsizlik barchasidan ustun", - deya oʻz fikrini yakunladi siyosatshunos.

Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular