07:09 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Mejdunarodnaya konferentsiya Tsentralnaya Aziya -  nash obщiy dom

Doʻstlik va bagʻrikenglik: Toshkentda "Markaziy Osiyo - umumiy uyimiz" anjumani oʻtkazildi

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Analitika
Havola olish
211 0 0

Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida Bagʻrikenglik haftaligi doirasida "Markaziy Osiyo - bizning umumiy uyimiz" xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida ekspertlar kelgusida mintaqada axil qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash yoʻllarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari Toshkentda millatlararo aloqalar hamda madaniy-gumanitar loyihalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Forumda chet el diplomatlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, shuningdek, millatlararo munosabatlar sohasidagi ekspertlar va chet eldagi oʻzbek milliy madaniy markazlari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv kun tartibidan - Markaziy Osiyo davlatlarining madaniy-gumanitar sohada aloqalarini kengaytirish masalalari, oʻzaro hamkorlikda xalq diplomatiyasi instituti rolini kuchaytirish, shuningdek, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari oʻrin olgan.

"Rossotrudnichestvo" rahbari oʻrinbosari Mixail Bryuxanov tadbir davomida Sputnik muxbiri bilan suhbatda ushbu masalaga barcha katta qiziqish bildirilayotgani, demak-ki ushbu yoʻnalishda samarali ishlarni amalga oshirib, oʻzaro manfaatli natijalarga erishish mumkin, deya umid bildirdi.

"Men bu anjumanda Markaziy Osiyodan koʻplab doʻstlarimni uchratdim, ular boy tarix va madaniyatga ega bu mintaqada ishlashga, muloqot qilishga va uzoq muddatli doʻstona, gumanitar munosabatlarni oʻrnatish uchun qandaydir yechimlar topishga tayyor", - deb taʼkidladi Bryuxanov.

Bryuxanov fikriga koʻra, bunday formatdagi muloqot oʻta foydali va shu bois, bu kabi forumlar kelajakda mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham oʻtkazilishiga umid bor.

Tadbirni ochilish marosimida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhomjon Neʼmatov bunday uchrashuvning dolzarb ekanligini taʼkidladi.

"Keskinlik davom etayotgan dunyoda millatlararo muloqot, bagʻrikenglik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish juda muhimdir. Axir, bizning mintaqamiz asosan umumiy madaniyat va dinga tayanadi. Ha, taraqqiyotga toʻsqinlik qiladigan davrlar va omillar mavjud edi – kelishilmagan chegaralar, suvdan foydalanish muammolari va transportdagi ziddiyatlar. Ammo juda qisqa vaqt ichida prezidentimizning Markaziy Osiyoga qaratilgan siyosati tufayli deyarli barcha dolzarb masalalarni hal qilishga muvaffaq boʻldik”, - dedi TIV vazir oʻrinbosari.

Uning taʼkidlashicha, asosiy masalalar boʻyicha rostgoʻy muloqot ushbu mintaqani yanada rivojlantirishga yordam beradi, nafaqat madaniy va gumanitar muammolarni, balki xalqaro va millatlararo munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy va siyosiy muammolarni ham hal qiladi.

Soʻzga chiqqan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov aynan Oʻzbekiston 23 yil muqaddam BMTda bagʻrikenglik kuni tasdiqlanishi boʻyicha deklaratsiya qabul qilinishi lozim, degan tashabbusni ilgari surgan mamlakatlardan biri boʻlganini va endi Bagʻrikenglik kuni 16 noyabrda nishonlanishi haqida gapirdi.

"Oʻzbekiston milliy bagʻrikenglik bilan ajralib turadi, chunki asrlar davomida oʻnlab xalq va millat ushbu hududda yashab kelgan. Diniy jihatdan ham, respublika bagʻrikenglik namunasi boʻlib qolmoqda – jami 16 ta diniy konfessiyalar bitta davlatda yashab kelmoqda. Islom, xristian, iudaizm, buddaviylik va boshqa diniy taʼlimotlar bu yerda oʻzlarini qulay his qilmoqdalar,” – deb taʼkidladi akademik.

Asrlar davomida bunday konfessiyalar palitrasi Yevropaning turli davrlarida boʻlgani kabi, missionerlik va majburiyatsiz, tabiiy tinch yoʻl bilan shakllangan.

Oʻz navbatida, Qozogʻiston xalqlari assambleyasi raisining oʻrinbosari Janseyt Tumebayev tarixiy jihatdan Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy jihatlari koʻp edi – tili, dini va turmush tarzi.

“Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev har doim mintaqaviy integratsiyani qoʻllab-quvvatlagani bejiz emas, tabiiy, insoniy va sanoat resurslaridan foydalangan holda mintaqani va unga kiruvchi davlatlarni rivojlantiramiz”, - dedi Tumebayev.

Shuningdek, u Qozogʻistondagi millatlararo siyosat tajribasi bilan oʻrtoqlashdi, taʼkidlashicha, hozirgi kunda respublikada 600 mingga yaqin oʻzbeklar va mintaqaning boshqa mamlakatlaridan bir necha oʻn minglab vakillar istiqomat qilayotganini qayd etdi.

“Biz ularni oʻzimizni va begonalarga ajratmaymiz – ular barchasi bir mamlakat fuqarolari. Biz muntazam ravishda umumiy tadbirlar oʻtkaziladi: Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili boʻlgan, endi bu yerda Qozogʻiston yili boʻlmoqda. Nur-Sultonda uchinchi marta shoir Alisher Navoiy sharafiga adabiy oʻqishlar oʻtkazilmoqda. Bunday tadbirlar xalqlarimizni yanada koʻproq jipslashtiradi” – deydi qozogʻistonlik vakil.

 

Tantanali marosimdan soʻng tematik sessiyalar boʻlib oʻtdi. Birinchisi mintaqada millatlararo totuvlikni mustahkamlash va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlandi. Ikkinchisi ishtirokchilar Markaziy Osiyoda diniy bagʻrikenglikni taʼminlash muammolarini muhokama qildilar.

Tadbir doirasida millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan doʻstlik munosabatlari qoʻmitasi va Qirgʻiziston Respublikasi hukumati huzuridagi mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish va millatlararo munosabatlar boʻyicha davlat agentligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Bundan tashqari, forum mehmonlari Samarqandga tashrif buyurib, tarixiy obidalar bilan tanishdilar, shuningdek, milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdilar.

Asosiy mavzular