02:07 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Zenitnыe raketnыe sistemы S-400

“Juda qiyin vazifa”: Harbiy ekspert Erdoʻgʻanning S-400 boʻyicha bayonoti haqida

© Sputnik / Sergey Pivovarov
Analitika
Havola olish
142110

Turkiya prezidenti uning mamlakati S-400 dan voz kechmaydi deya ishontirdi, Erdoʻgʻan bu bayonotni AQShga safari yakunida bu bayonotni aytdi. Harbiy sharhlovchi Yuriy Kotenok Sputnik radio efirida tashrif yakunlari boʻyicha izoh berdi.

Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olish qarorini oʻz suveren huquqi deb biladi, deb taʼkidladi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan. U ushbu bayonotni amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan muzokaralardan soʻng Vashingtondan uyga qaytayotganda aytdi.

“Biz S-400 dan butkul voz kechish talabini toʻgʻri deb hisoblamaymiz. S-400 dan butunlay voz kechish va Patriot (AQSH HHM tizimi)ga oʻtishning imkoni yoʻq. Biz Patriot sotib olishimiz mumkinligini aytdik, biroq uni sotib olib S-400 dan voz kecha olmaymiz. Bu bizning severen huquqimiz”, - dedi Erdoʻgʻan Vashingtondan qaytayotgan vaqtda samolyotda turk jurnalistlariga. Turkiyaning NTV telekanali uning soʻzlarini keltirdi.

Turkiya prezidenti, umuman olganda, uning AQShga tashrifi ijobiy boʻlgani va mavjud boʻlgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun muloqot zarurligini taʼkidladi.

“Biz F-35 (AQSH qiruvchilari) boʻyicha ijobiy natijaga erishishni istaymiz. Ammo bu safar men Trampning ushbu mavzuga nisbatan ancha ijobiy va konstruktiv yondashuvini koʻrdim”, - dedi Turkiya yetakchisi.

“Segodnya.ru” portali bosh muharriri, harbiy sharhlovchi Yuriy Kotenok Sputnik radiosida bu bayonotlar yuzasidan izoh berdi.

“Erdoʻgʻan yana bir bor oʻz egilmaydigan pozitsiyasini koʻrsatmoqda, va dunyoda bir davlatning boshqalarga oʻz irodasini shart qilishga urinayotgan bir sharoitda bu jiddiy harakatdir. Shuning uchun, AQSH zenit-raketa tizimlari masalasida toʻgʻridan-toʻgʻri rad etishi boʻyicha Erdoʻgʻanning pozitsiyasi - bu, albatta, Turkiya yetakchisi foydasiga xizmat qiladi”, - dedi Yuriy Kotenok.

Uning soʻzlariga koʻra, Turkiya rahbariyati oldida qiyin vazifa turibdi.

“Turkiya nafaqat mintaqada derjava roliga daʼvo qilmoqda, u allaqachon strategik darajaga chiqishga harakat qilmoqda. Bu yerda Erdoʻgʻan oldida juda qiyin vazifa – NATO aʼzosi boʻla turib, Moskva bilan aloqani oʻrnatish. Biz bu Qoʻshma Shtatlar katta noroziligini keltirib chiqarayotganini koʻrmoqdamiz. Shu munosabat bilan Erdoʻgʻanning Vashingtonga qilgan tashrifi ijobiy natija boʻlgani, uni buzishga urinish boʻlganiga qaramasdan, diqqatga sazovordir. Erdoʻgʻanning bayonotlari (S-400 haqida - tahr.) hozircha uni yengish mumkin emasligini koʻrsatmoqda. Garchi amerikaliklarning Turkiya rahbariyatiga nisbatan qoʻllashi mumkin boʻlgan keng qamrovli choralar mavjudligini unutmaymiz. Turkiya mintaqadagi u yoki bu siyosiy va harbiy-siyosiy provokatsiyalarga jalb qilinishi mumkinligiga tayyor boʻlishi kerak”, - dedi Yuriy Kotenok.

Iyul oʻrtalarida Anqara va Vashington munosabatlarida inqirozni keltirgan, Rossiyaning S-400 tizimi yetkazib berilishi boshlangandi.

Turkiyada 2020 yil aprelda S-400 toʻliq ishga tushirilishini aytishgan.

Vashington kelishuvni rad etishni, uni oʻrniga AQSH Patriot majmularini sotib olinishini talab qildi, aks holda Turkiyaga F-35 qiruvchilarini sotilishini kechiktirish yoki bekor qilish, shuningdek sanktsiyalar qoʻllash bilan tahdid qildi.

Anqara bu talabga boʻysunmadi.

Asosiy mavzular