15:20 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Omar Nessar

Nessar: Afgʻonistonga munosabat tahdidlar darajasiga bogʻliq boʻladi

© iz lichnogo arxiva Omara Nessara
Analitika
Havola olish
192 0 0

Zamonaviy Afgʻonistonni oʻrganish markazi direktori Afgʻoniston shimolidagi vaziyat nima sababdan yomonlashish mumkinligi va Kobul va Moskva oʻrtasidagi hamkorlik darajasining oshishi MO mamlakatlari qoʻrquv va xavotirlarini olib tashlashga qanday yordam berishi borasida fikr bildirdi.

Uchrashuv Tojikiston uchun ham, Oʻzbekiston uchun ham, umuman olganda, Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim natijalarga ega boʻladi.

Zamonaviy Afgʻonistonni oʻrganish markazi direktori Omar Nessar vaziyatni Kobuldagi siyosiy inqiroz chuqurlashtirishi mumkinligini aytdi. Hozirda vaziyat Afgʻonistondagi prezident saylovlari sababli yetarli darajada keskinlashgan va bundan koʻplab guruhlar foydalanishi mumkin.

“Afgʻoniston, afsuski, mana koʻp yillardirki qoʻshni davlatlar tomonidan tahdid oʻchogʻi sifatida qabul qilinmoqda, va bunday xavotirlar asoslidir”, - dedi Omar Nessar Sputnik Oʻzbekiston bilan suhbatda.

Shu bilan birga mamlakatlar hamkorlikni davom ettirmoqda va ushbu fakt mavjud boʻlgan vaziyatni oʻzgartirishi mumkin.

Oʻzbekiston, shubhasiz, yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishda, biroq boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlaridan farqli oʻlaroq oʻz kuchlariga tayanadi. Shunga qaramasdan, respublika Afgʻoniston bilan hamkorlik qilishga tayyor. Lekin buning hammasi terrorchilik xavfining keyingi darajasiga bogʻliq boʻladi, deya xulosa qildi ekspert.

Quyidagi podkastda ekspertning toʻliq fikrini rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular