02:11 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Zaslujennыy energetik RF, doktor texnicheskix nauk, direktor NOTS Vozobnovlyayemыe vidы energii i ustanovki na ix osnove  Viktor Yelistratov

Yelistratov: Markaziy Osiyodagi barcha LEPlar taʼmirtalab

© Foto : Iz lichnogo arxiva Viktora Yelistratova
Analitika
Havola olish
91 0 0

Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan energetik, texnika fanlari doktori, "qayta tiklanadigan energiya va unga asoslangan qurilmalar" ITM direktori Viktor Yelistratov Markaziy Osiyoni elektr energiyasi bilan taʼminlashning asosiy muammolari haqida gapirdi

Sputnik radiosi efirida Yelistratov Markaziy Osiyodagi barcha uzatish liniyalari eskirganini qayd etdi.

"Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi tranzit elektr uzatish liniyalari sobiq Sovet ittifoqi davrida yagona Markaziy Osiyo energiya tizimi yaratilgandan keyin oʻrnatilgan edi. SSSR mustaqil davlatlarga boʻlinganidan keyin, elektr energiyasining tranziti ayrim joylarda saqlab qolindi va bu jarayon davlatlar oʻrtasidagi kelishuvlar bilan tartibga solinadi, ammo baʼzi joylarda tranzit aloqalar hanuzgacha tiklanmagan va ulanmagan davlat avtonom tarzda ishlab kelmokda, shuning uchun vaqti-vaqti bilan respublikalarning elektr taʼminoti tizimida jiddiy muammolar paydo boʻlib turadi",- deya tushuntirdi Yelistratov.

Uning taʼkidlashicha, elektr uzatish liniyalarining normativ foydalanish muddati taxminan 25-30 yil.

"Mintaqada elektr uzatish liniyalari uzoq vaqtdan beri ishlatilmoqda va Markaziy Osiyo mamlakatlari barcha elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya va rekonstruktsiya uchun pul sarflashlari kerak. Soʻnggi yillarda tarmoq infratuzilmasini tiklash yetarlicha moliyalashtirilmagan. Bundan tashqari, liniyalarga kuchlanish va isteʼmol jadvallari oʻzgarib turgani hisobiga energiya oqimi oʻzgarishi va kuchlanishlar "qotib qolishi" roʻy bermoqda.

Asosiy mavzular