02:05 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Xraniliщe zolota

Yevropa oʻz oltinini Angliya bankidan olib chiqa boshladi

© Flickr / Bank Of England
Analitika
Havola olish
811 0 0

Yer yuzida biror kor hol sodir boʻlsa - biz bir gramm ham oltin koʻrmaymiz – davlatlar oʻz oltinini Angliya bankidan olib chiqa boshladi.

TOSHKENT, 4 dek  - Sputnik. Amerikalik jurnalistlar yangi trendni payqashdi – aksariyat sharqiy Yevropa davlatlari Britaniya bankida bir asr davomida saqlanib kelayotgan oltinlarini olib chiqib keta boshladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti kolumnisti Ivan Danilov.  

Bloomberg yozishiga qaraganda – bunga Rossiya “aybdor”, chunki birinchi boʻlib ana shunday trendni Rossiya boshlab bergan edi. Koʻpchillik buni dunyo valyuta tizimida barqarorlik yoʻqolishi va dollar hamda yevroning kuchsizlanishi deb baholadi.

Ayrim tahlilchilar fikriga koʻra, ushb tendentsiya dunyoni ulkan masshtabli geosiyosiy tebranishlar kutayotganidan darak beradi, biror kor hol yuz bersa London yoki Nyu York birjalari ulardan dollar yoki yevro emas oltin talab qiladi deb hisoblashadi. Shuning uchun oʻz oltiningizni oʻz markaziy banklari podvalida saqlagan maʼqul deb bilishadi.

Rossiya birinchilardan boʻlib Angliya bankidan oʻz oltinlarini olib chiqib ketishni boshlagan edi. Bugungi kunda Rossiyaning oltin-valyuta rezervlarida valyutalar miqdori keskin kamaytirilib qimmatbaho metallar miqdori oshirilmoqda. Va ushbu boyliklar xorijda emas Rossiya Markaziy bankida saqlanmoqda.

Bloomberg yozishiga koʻra, Rossiyaning “Oltin strategiyasi” - yirik iqtisodga ega boʻlgan davlat dollardan voz kechsada oʻzini “juda yaxshi his qilayotganini” butun dunyoga koʻrsatdi.

Endi boʻlsa ushbu “Oltin vasvasasi” Yevroittifoqning boshqa davlatlarini ham qamrab olgan. Ularga nisbatan sanktsiyalar qoʻllash kutilmayotgan boʻlsada, ushbu davlatlar oʻz oltinlarini global xavflardan himoya qilish maqsadida uyiga qaytarmoqda.  

“Shu haftaning oʻzida Polsha hukumati 100 tonna oltinni vataniga qaytarishni yakunladi. Vengriya ham oltin zahiralarini miqdorini oshirmoqda”, - deb yozadi Bloomberg.

Shu bilan bir vaqtda Slovakiyaning sobiq bosh vaziri Robert Fitso yaqinda bir muhim mulohaza bildirgan edi.

“Baʼzan Gʻarbiy hamkorlaringiz  sizga pand berishi mumkin. <…> Ishonchim komilki, Yer yuzida biror kor hol sodir boʻlsa - biz bir gramm ham oltin koʻrmaymiz.”, - degan edi Fitso Angliya banki siyosiy qarashlar tufayli Venesuela hukumatiga tegishli oltinni qaytarishdan bosh tortganini eslab.

Vengriya prezidenti “millat boyligi xavfsizligini oshirish” maqsadida oltinlarni olib chiqib ketayotganini aytgan edi.

Serbiya prezidenti Vuchich ham oltin zahiralarini oshirishga qaror qilganini xabar qilgan va “Biz dunyoda krizis qaysi tomonga harakatlanayotganini koʻrib turibmiz”, degan edi.

Novosibirskiy affinajnыy zavod
© Sputnik / Valeriy Titiyevskiy

Yaqinda Niderland ham oʻzining 122 tonna oltinini Londondan olib chiqib ketdi. Oʻshanda Niderland Markaziy banki “agar dunyoda monetar tizimni qayta tashkillashtirish boshlansa, oltin zahiralari dunyo valyuta tizimni tiklashga asos boʻlishi mumkin”, - degan edi.

Shu oʻrinda amerikalik taniqli milliarder Rey Dalio yaqinda dollar va dollar majburiyatlari AQSH byudjet siyosati va Fedrezerv xatolari tufayli barbod boʻlishi mumkin, - degan edi va moliyachilarning mashhur iborasini esga olgandi: “Oltin – bu egalik qilish mumkin boʻlgan va hech kimning qarzi boʻlmagan - yagona aktivdir”.

Asosiy mavzular