11:38 18 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Analitika
Havola olish
107610

"Shimoliy oqim — 2" Ukraina uchun hamisha tarsaki boʻlgan", - deya qayd etiladi amerika nashri eʼlon qilgan maqolada.

TOSHKENT, 31 dek – Sputnik. Amerikaning Forbes nashri "Shimoliy oqim — 2" loyihasiga qarshi kiritilgan sanktsiyalar quvur oʻtkazgich qurilishiga toʻsqinlik qilmaydi, deb hisoblaydi.

Nashr taʼkidiga koʻra, AQSH cheklov choralarini kiritishga bir yilga kechikkan.

"Shimoliy oqim — 2" Ukraina uchun hamisha tarsaki boʻlgan", - deya qayd etiladi maqolada.

Shu bilan birga nashr, Ukraina energetika bozoriga gaz tranziteri sifatida qaytganida, AQSH rossiya gazi importiga qarshi dalillarning biridan mahrum boʻlishiga, oʻshanda Qoʻshma Shtatlar Yevropada oʻzining suyultirilgan tabiiy gazini oʻtkazishda katta qiyinchiliklarga duch kelishiga eʼtibor qaratgan.

"Bu juda kuchsiz va oʻta kechikkan sanktsiyalardir. Ular hatto Rossiya dushmanlariga ham maʼqul boʻlmaydi", - deb hisoblaydi nashr.

"Shimoliy oqim - 2"

"Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiya qirgʻogʻidan Boltiq dengizi boʻylab Germaniyagacha tortilgan, umumiy quvvati 55 milliard kubometr gazni yetkazib beradigan ikkita quvurni qurishni nazarda tutadi. Uni 2019 yilda qurib bitkazish rejalashtirilgan. Quvur Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Germaniya hududiy suvlari yoki maxsus iqtisodiy hududlari orqali oʻtadi.

Rossiya gaz tranzitidan keladigan daromadlarni yoʻqotishdan qoʻrqqan Ukraina va bir qator Yevropa davlatlari, shu jumladan Polsha, Latviya va Litva, shuningdek oʻz suyultirilgan tabiiy gazini Yevropa Ittifoqida oʻtkazishga urinayotgan AQSH "Shimoliy oqim-2" loyihasiga qarshi chiqib, bu loyihani faol tanqid qilib kelmoqda. Bundan tashqari, AQSH Moliya vazirligi oʻtgan yil dekabr oxirida "Shimoliy oqim - 2" va "Turk oqimi" quvur oʻtkazgichlariga qarshi sanktsiyalar kuchga kirgani haqida xabar bergan edi.

Vashington gaz oʻtkazgichlarni qurish bilan shugʻullanayotgan kompaniyalardan qurilishni zudlik bilan toʻxtatishni talab qildi.

Loyiha Germaniya, Avstriya va Norvegiya tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bu davlatlar hukumatlari koʻplab marotaba "Shimoliy oqim - 2" Yevropa energetika xavfsizligini mustahkamlashi kerakligini taʼkidlashgan. Undan tashqari, Yevropa ittifoqi rahbariyati amerika cheklov choralari kiritilishini qoralab chiqqan edi.

Ilgariroq, bosh vazir Dmitriy Medvedev "Shimoliy oqim - 2" sanktsiyalarga qaramasdan qurib bitkazilishiga ishonch bildirdi. Energetika vazirligi rahbari Aleksandr Novak soʻzlariga koʻra, loyiha 2020 yilning oxiriga qadar ishga tushiriladi.

Asosiy mavzular