07:52 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
334 0 0

Ayova shtatida respublikachilar va demokratlar saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar. Ciyosiy tahlilchisi Vladimir Mojegov ularning natijalarini sharhladi.

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Senator Berni Sanders idorasi Ayova shtatidagi demokratlar kokusida (saylovchilar yigʻilishida) nomzodi gʻolib boʻlganini eʼlon qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Idora xodimlari ovoz berish jarayonida mustaqil hisob-kitoblarni amalga oshirgan.

Sanders idorasi maʼlumotlariga koʻra, u 29,7 foiz ovoz toʻplagan - bu raqiblaridan koʻproq.

Seshanba oqshomida Ayova shtatidagi kokuslar ovoz berish natijalarini eʼlon qila olmagan Demokratik partiyaning mahalliy boʻlimining misli koʻrilmagan muvaffaqiyatsizligi bilan yakunlandi.

Respublikachilarda kutilgandek 97 foizdan oshiqroq ovoz toʻplagan kutilgandek Donald Tramp gʻalaba qozongan.

Sputnik radiosi efirida siyosiy tahlilchi Vladimir Mojegov respublikachilarning birdamligi Donald Tramp uchun katta ustunlik yaratadi, degan fikrni bildirdi.

“U oʻz saylovoldi kampaniyasini gʻalaba bilan boshladi, ehtimol, boshqa shtatlarda ham xuddi shunday ishonch bilan yurishni davom ettiradi. Uning praymerizda gʻalaba qozonishida hech qanday shubha yoʻq va prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonish uchun ajoyib imkoniyatlari mavjud. Demokratik raqiblari orasida shu paytgacha, menimcha, ishonchli tarzda boshlagan Sandersning imkoniyatlari koʻproq. Ammo biz bundan keyin endi nima boʻlishini koʻramiz, chunki demokratlar lagerida, umuman olganda, tarqoqlik kuzatilmoqda va biz hozircha ular orasida Trampga jiddiy raqibni koʻrmayapmiz”, - dedi Vladimir Mojegov.

AQShda 3 fevral kunidan dastlabki saylovlar boshlandi. Unda har ikki yetakchi partiyadan prezidentlikka nomzodlar aniqlanadi. Praymeriz mavsumi iyulda, AQShning ikki partiyasi oʻzlarining prezidentlikka nomzodlarini koʻrsatadigan paytda yakunlanadi. Prezident saylovlari noyabr oyida boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular