09:38 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Analitika
Havola olish
867 0 0

Koʻcha yoki xonaki itlarga nisbatan Kinologiya markazlarida oʻrgatilgan itlarning feʼl-atvoriga xos jihat shuki, ular begona insonlar qoʻlidan taom yemaydi. Shu va boshqa qiziq maʼlumotlar yuzasidan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Toshkent viloyatidagi Kinologiya markazida boʻldi.

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Joriy yilning 6 fevral kuni Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Toshkent viloyatida joylashgan IIB PPS va JTSB kinologiya xizmati xizmat itlari pitomnigida boʻldi.

Xizmat itlari pitomnigi 2001 yil aprel oyida tashkil topgan boʻlib, hozirgi kunda bu yer viloyat IIBB Kinologiya xizmati obʼyekti hisoblanadi. 

Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti

Unda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga koʻra, bugungi kunda markazda 63 ta xizmat itlari tarbiyalanmoqda. Ushbu itlar yordamida oʻtgan 2019-yil davomida 2500 dan ortiq turli xildagi jinoyatlar fosh etilib, 77 kgdan ortiq giyohvand moddalari aniqlangan.

Kinolog xodimlar soni esa pitomnigda 10 ta boʻlib, viloyat boʻyicha ular soni 30 nafarni tashkil etadi.

Oʻz kasbiga sadoqatli boʻlgan kinolog xodimlar kun davomida ertalabdan tushlik vaqtigacha 1,5 soat, tushdan kechgacha 1,5-2 soat davomida itlar bilan mashgʻulotlar olib borishadi.

Chtobы podgotovit sobaku po opredelennomu napravleniyu, trebuyetsya ne meneye 6 mesyatsev. No, kak otmechayut kinologi, slujebnыe navыki sovershenstvuyutsya vplot do pensionnogo vozrasta. 
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti

Kinologiya markazi itlari albatta koʻcha yoki xonaki itlardan parvarishi jihatidan ham farq qilishi tabiiy. Bu haqdagi savolga Oʻzbekiston IIV, Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi Kinologiya xizmati bosh mutaxassisi, mayor Shavkat Fayziyev shunday javob berdi:

— Xizmat itlari Italiyadan keltiriladigan maxsus ovqatlar, goʻsht hamda sosiska bilan oziqlantiriladi. Vazni katta boʻlgan itlarga 500 grammgacha ovqat beriladi. Xizmatni aʼlo darajada oʻtagan yoki mashgʻulotlarda faolllik koʻrsatgan itlar ragʻbat sifatida shirinlik, sosiska va goʻsht boʻlaklari bilan siylanadi. Yaqinda Respublika boʻyicha xizmatchi itlarga belgilangan miqdor boʻyicha pedigre-quruq ozuqasi berila boshlandi. Pedigree ovqatida barcha toʻqimli ozuqa va vitaminlar  jamlangan boʻlib, ovqat uchun ajratiladigan xarajatlar ham bir muncha kamaygan.

Golosom ili jestom (kogda net vozmojnosti govorit) sobakam dayut komandы. Kinolog i yego chetveronogiy pomoщnik rabotayut vmeste, yesli sobaka obnarujit chto-to podozritelnoye, kinolog poymet eto po povedeniyu pitomtsa.
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti

— Shu oʻrinda kinologiya xizmatining asosiy vazifalariga qisqacha toʻxtalsak, ogʻir va oʻta ogʻir hamda shaxsga qarshi jinoyatlarni fosh etishda maxsus yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlangan xizmat itlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

— Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, giyohvandlik vositalari, portlovchi moddalar, qurol va oʻq-dorilarni aniqlashda ishtirok etish;

— Koʻchalar, maydonlar, istirohat bogʻlari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida, shuningdek, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda qatnashishdan iborat.

Shu sababli itlar xizmat davomida faollik koʻrsatishi uchun nafaqat qorni toʻq boʻlishi, balki jismonan sogʻlom va chiniqqan boʻlishi lozim.

Buning uchun esa mashgʻulotlardan tashqari veterinar shifokor oʻziga biriktirilgan kinolog bilan birga itlarni har kuni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turadi. Kasallangan yoki xizmat davomida tana aʼzolari shikastlangan itlar maxsus xonaga oʻtkazilib, ularga davolash muolajalari olib boriladi.

Sobaki, poluchivshiye travmu vo vremya slujbы, proxodyat lecheniye v samom tsentre.
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti

Oʻrgatilgan itlarning yana bir oʻziga xos feʼl-atvori shundaki, ular koʻchada biron bir yordamga muhtoj boʻlgan insonni koʻrib qolsa, oʻzi zudlik bilan mustaqil ravishda yordamga shoshadi. Ular aynan shu boʻyicha oʻqitilgan.

Deylik, daryoda choʻkayotgan insonni koʻrib qolishi mumkin, u oʻsha odamni suvdan chiqarib olishga yoki kuchi yetmasa harakatlari orqali biron insonni yordamga jalb qilishi mumkin. Yoki bezori shaxs biror kishining sumkasini olib qochsa, u yugurib borib yordamga muhtoj odamga yordam beradi.

Kinologiya xizmati bosh mutaxassisi Shavkat Fayziyevning aytishicha, markazida saqlanayotgan itlarning har biri bilan qiziqishiga qarab, alohida mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Masalan,  portlovchi jismlarni izlovchi, oʻgʻrilikni fosh etuvchi, giyohvandlik moddalarini topuvchi hamda antiterror itlar bilan alohida mashgʻulotlar oʻtkaziladi.

Kajdыy chetveronogiy politseyskiy soderjitsya polnostyu na sredstva kinologicheskogo tsentra. Meditsinskoye obslujivaniye poluchayet zdes je.
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti

Masalan, giyohvandlik moddalarini izlashda oʻynoqiroq va harakatchan itlar tanlanadi. Ular shu boʻyicha oʻrgatiladi. Portlovchi jismlarni izlovchi itlarga esa aksincha, tabiatan bosiq itlar tanlanib, ularga ham oʻz yoʻnalishi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Sababi, portlovchi moddani izlab topgach, itlar oʻsha joyda oʻz egasiga oʻtirish, hurish, qoʻl harakatlar ibilan belgi berib turishi, lekin portlovchi moddaga tegib, qaltis harakatlar qilmasligi lozim. Aks holda jism portlab ketishi mumkin.  

Shuningdek, iz qidiruvga jahldor, kuchli va baquvvat itlar tanlanadi. Bunday itlar bilan albatta ogʻir jinoyatlarni sodir etgan jinoyatchini qiyinchiliksiz qoʻlga olish mumkin.

Maʼlum vaqt davomida agar itlar mashgʻulotlarga jalb etilmasa, ular oʻz vazifasini bir oz unutib qoʻyishi yoki chalgʻib qolishi mumkin. Shu bois jonivorlar kun davomida ikki mahal qatʼiy mashgʻulotlarda qatnashishi shart.

Sredi slujebnыx sobak - chetveronogiye takix porod, kak nemetskaya ovcharka, vostochno-yevropeyskaya ovcharka, russkiy spaniyel, labrador (na foto) i belgiyskaya ovcharka.
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti

8 yoshga toʻlgach esa xizmatchi itlar maxsus komissiya tomonidan xizmatga yaroqsiz deb topiladi va Ichki ishlar vazirligining maxsus buyrugʻi asosida oʻz uyida boqishi uchun kinologlarning oʻziga bepul topshiriladi.

Yana bir qiziqarli haqiqat shundaki, xizmatchi itlar nafaqat jangovorligi bilan ajralib turadi, balki har qanday vaziyatda oʻzi boʻysunuvchi kinolog xodimning xavfsizligini ham sadoqat bilan taʼminlaydi.

Asosiy xususiyati uning oʻz yoʻnalishi boʻyicha tayyorgarligidir. Deylik, biron bir buyumni oldiga qoʻyib, ushbu oʻrgatilgan itga qoʻriqla degan buyruq berilsa, egasi 10 soat davomida ketib, qaytib kelganida ham it oʻziga berilgan buyruqni oxirigacha bajarayotgan boʻladi.

Shu kabi aqlli va sadoqatli jonzotlarni parvarish qilayotgan kinologiya markazi xodimlari yaqinda Toshkent viloyatida boʻlib oʻtgan “Namunali pitomnik”, “Aʼlochi kinolog” nominatsiyalari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda ishtirok etishib faxrli 3-oʻrinni, hamda respublika boʻyicha oʻkazilgan “Namunali pitomnik” musobaqasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritishgan.  

Nagradы, poluchennыe slujebnыmi sobakami kinologicheskoy slujbы UVD po Tashkentskoy oblasti
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti

Asosiy mavzular