20:43 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
204020

Afgʻonistondagi oʻn yilliklarga choʻzilgan urushning nima bilan tugashini umuman oldindan aytib boʻlmaydi, deb yozadi harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko.

Harbiy amaliyotlar, AQSH va NATOning Afgʻonistondagi uzoq yillar davom etgan davlat qurilishi tajribalari koʻzga koʻrinarli yutuqlarga olib kelmadi: maʼmuriy markazlar va harbiy bazalarga qarshi terrorchilik hujumlari davom etmoqda. "Tolibon" va boshqa terroristik guruhlar mamlakat hududi va aholisining katta qismini nazorat qiladi. AQSH oʻz qoʻshinlarini olib chiqishga intilmoqda, ammo bu oson emas. Afgʻonistondagi mojaro butun Markaziy Osiyo mintaqasini beqarorlashtirishi mumkin.

AQSH prezidenti Donald Tramp 25 fevral kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Vashington toliblar bilan bitim tuzilgandan soʻng darhol AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan bosqichma-bosqich olib chiqishni rejalashtirayotganini (29 fevralga rejalashtirilgan) aytdi. Qisqartirishning birinchi bosqichida Afgʻoniston Islom Respublikasida 8,600 ga yaqin AQSH harbiylari qoladi. Keyingi yechimlar - vaziyatga qarab.

Afgʻonistonda oʻnlab yillar davom etgan urushning ohirini umuman oldindan bashorat qilib boʻlmaydi. Uning davom etishi AQSH byudjeti uchun ogʻir yukdir. Prezident Tramp oʻz askarlari hayotini, pullarini va mamlakatining yuzini saqlab qolishga harakat qilmoqda: "Bu mintaqa muammolarning inkubatori ... Agar men millionlab odamlarni oʻldirmoqchi istagida boʻlganimda, biz osonlikcha gʻalaba qozonishimiz mumkin boʻlar edi, ammo men millionlab begunoh odamlarni oʻldirishni xohlamayman."

Amerikaliklar va toliblar oʻrtasida yetti kunlik "zoʻravonlikni qisqartirish" toʻgʻrisidagi kelishuv 22 fevralda kuchga kirdi, ammo yaxshi niyatlar koʻpincha haqiqatdan uzoqlashadi. Aybsiz afgʻonlar hamon oʻlmoqda, bundan terroristik harakatlar va qurbonlar haqida muntazam xabarlar dalolat bermoqda: Gilmend viloyatida uch ayol yoʻl boʻyidagi minada portillab ketdi, toliblar Samangan shimoliy provintsiyasining Dara-i-Suf tumanining hokimini oʻgʻirlashgan, yetti kunlik "zoʻravonlikni qisqartirish"ning beshinchi kunida Kobulda bosh prokuratura idorasi yaqinida kuchli portlash yuz berdi.

Bir qator ommaviy axborot vositalarining xabarlariga koʻra, oʻtgan hafta davomida AQSH harbiy-havo kuchlari Afgʻonistonda "Tolibon"ning* 20 jangchisini yoʻq qilgan, ammo ular bilan (beixtiyor) - 36 xavfsizlik kuchlari hodimi va 32 tinch fuqaro haloq boʻlgan. Avvalroq, AQShning hujum aviatsiyasi Afgʻonistondagi faolligini ikki baravar oshirgan. 2019 yilda AQSH samolyotlari tomonidan 7423 oʻq-dori tushirilgan - bu soʻnggi oʻn yillikdagi eng katta son.

Harbiy siyosiy qozon

BMT missiyasining maʼlumotlariga koʻra, 2019 yilda Afgʻonistonda amalga oshirilgan harbiy harakatlar natijasida 10 mingdan ortiq odam, jumladan 3400 nafardan ortiq tinch aholi halok boʻlgan. Ayollar va bolalar orasida qurbonlar soni koʻpaydi. BMT missiyasi Afgʻonistonda tinch aholi oʻlimining 8 foizi uchun xorijiy qoʻshinlar javobgar deb hisoblaydi. Tinchlik va xavfsizlikka gʻalati yoʻl.

Qaysidir maʼnoda Qoʻshma Shtatlar Afgʻonistondagi "bogʻliq boʻlgan yoʻqotishlari" uchun javobgarlikni koalitsiya ittifoqchilariga oʻtkazishi mumkin. Bu yerda Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va Germaniya muhim kuchlarga ega. Afgʻonistonda hatto Gruziyaning ham 870 harbiy hizmatchisi joylashtirilgan. AQSH boshchiligidagi Xalqaro xavfsizlikka yordam kuchlari (ISAF) olti asosiy bazada - Kobul, Bagram, Mozori-Sharif, Hirot, Qandahor va Lagmanda joylashgan. ISAF mutaxassislari asosan afgʻon hamkasblarini oʻqitadilar va ularga maslahat beradilar, baʼzan esa aksilterror operatsiyalarida qatnashadilar. Shunga qaramay, rasmiy Kobul va Tolibon oʻrtasidagi "shartiy nizo" faqat amerikaliklar tomonidan "hal qilinishiga" toʻgʻri kelyapti.

Tolibon bilan muhim bitim imzolanishi arafasida Vashington amaldagi Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani va Bosh vazir Abdulla Abdulladan ilgari vaʼda qilingan inauguratsiyalarni (ikkalasi ham oʻzlarini yaqinda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarining gʻoliblari deb hisoblaydi) toliblar bilan muzokaralarni buzmaslik uchun oʻtkazmaslikni soʻradi. Ushbu harakatlar Amerika tinchlik oʻrnatish sxemasining oʻta zaifligidan dalolat beradi.

Garchi Vashington, Kobul va Tolibon* faqat bir tomonlama manfaat topishga va vaqtdan yutishga harakat qilar ekan, 29 fevraldagi muzokaralarning salbiy natijasini taxmin qilishi qiyin emas.

Tolibon mafkurasini (oʻrta asr zoʻravonligi) demokratik meʼyorlarga kiritish (hokimiyatni ajratish toʻgʻrisida kelishuv) deyarli imkonsizdir. Bundan tashqari, AQSH-Tolibon kelishuvi umumiy manzaraning bir qismidir. Afgʻonistonda yana 30 ga yaqin terroristik guruhlar, jumladan, ISHID * faollashayotgan qismlari. Agar Tolibon moʻʼjizaviy ravishda parlamentga kirsa, boshqa qurolli guruhlar "maydonda" oʻz oʻrnini egallaydi, bunda ISAF kuchsizdir.

Qoʻshni davlatlarga tahdid

Amerika koalitsiyasi Afgʻonistondagi urushni rasman 2014 yilda tugatdi, va u yerda 2015 yil 1 yanvardan beri NATOning noharbiy missiyasi faoliyat yuritmoqda. AQSH armiyasi va rasmiy Kobul 2018 yil ostonasida qonuniy hukumat nazorati ostida yashaydigan aholining nisbati 2020 yilga kelib 80% gacha koʻtarilishini vaʼda qilishgan edi.

Haqiqat boshqacha koʻrinishda. "Tolibon" baland ovozda bayonot bermasa-da, yildan-yilga mamlakatda nazorat hududlarini kengaytirmoqda, joylarda oʻziga xos maʼmuriyat analoglarini yaratmoqda, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solmoqda, soliq va sud funktsiyalarini amalga oshirmoqda. Eng muhimi, u mamlakatning 37 millionlik aholisining yarmidan koʻpini (taxminiy baho) nazorat qilmoqda.

Pentagon va uning ittifoqchilarining 19 yillik operatsion faolligi davomida eʼlon qilingan strategik maqsadlarning hech biriga erishilmadi. AQShning mintaqada davomiy qolishiligining natijasi xavfsizlikni yanada buzilishi boʻldi. Bugungi kunda Afgʻonistonda yangi urushlar avjiga chiqmoqda va bu Oʻrta Osiyodagi qoʻshni davlatlar - Oʻzbekiston va Tojikiston uchun tinchlikni vaʼda qilmaydi. Afgʻoniston Islom Respublikasining chegaradosh shimoliy hududlarida muntazam ravishda terroristlarning milliy armiya va politsiya kuchlari bilan toʻqnashuvlari boʻlib turipti.

Vashington Amerika qoʻshinlari olib chiqilishidan oldin allaqachon Kobulga harbiy yordamni qisqartirishni boshladi. AQSH Mudofaa vazirligi yanvar oyida Afgʻoniston havo kuchlariga koʻp maqsadli UH-60 Black Hawk vertolyotlari va yengil (aksil-isyonchi) AC-208 hujum samolyotlari sonini uch baravarga kamaytirishga qaror qildi. Natijada, Kobul 159ta vertolyot oʻrniga 53ta va 32ta samolyot oʻrniga 10ta oladi, farq juda katta.

Afgʻonistonning barcha xavfsizlik kuchlari - milliy armiya va milliy politsiyaning 352 ming hodimi AQSH byudjetidan taʼminlanadi, ASFF jamgʻarmasi 4,8 milliard dollarga teng. Vashington respublika qoʻshinlarini taʼminlash, infratuzilma, harbiy texnika va oʻqitish xarajatlarini moliyalashtiradi. Agar amerikaliklar oʻzlarining moliyaviy yordamlarini susaytirsalar, oʻzlari qurgan demokratik davlat, afgʻon armiyasi va politsiyasi oʻz faoliyatini toʻxtatishi mumkin. Xalqaro terrorchi guruhlarning ikkinchi nafasi ochiladi.

* Tolibon, ISHID - Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.

 

Asosiy mavzular