COVID-19 surunkali kasallikka aylanishi mumkinmi? Shifokor fikri

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishTest-sistemi dlya diagnostiki novogo koronavirusa
Test-sistemi dlya diagnostiki novogo koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar taxminiga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus faol shakldan surunkali shaklga o‘tishi mumkin, deb xabar beradi OAV. Sputnik radiosi efirida oliy malakali terapevt-shifokor Lyudmila Lapa ushbu xulosalar haqida o‘z fikrini bildirdi.

Koronavirus COVID-19 faol shakldan surunkali shaklga o‘tishi mumkin, deb yozadi "Izvestiya". Olimlarning bunday taxminlari Xitoyda qayd etilgan qayta yuqtirish holatlari haqidagi ma’lumotlarga asoslangan ekan.

Shtab-kvartira VOZ v Jeneve. - Sputnik O‘zbekiston
JSST dunyoda koronavirus pandemiyasini e’lon qildi

Gipotezaga ko‘ra, immunitet tizimi uni to‘liq nazoratga olmaganligi sababli COVID-19 yashirin latent shaklda bo‘lishi mumkin. Shuningdek, yangi shtamm juda tez mutatsiyaga uchraydi deb taxmin qilinadi va odamlarda unga qarshi antitelalarni ishlab chiqishga shunchaki vaqt bo‘lmaydi, shuning uchun ular yana kasal bo‘lishadi. Bundan tashqari, qayta yuqtirish holatlari, xatolik darajasi katta bo‘lgan test tizimidagi xatolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Sputnik radiosida, Xodanova nomidagi Immunokorreksiya tibbiy markazi bosh direktori, oliy malakali terapevt-shifokor Lyudmila Lapa ushbu muammoga o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Men bu borada mutlaqo boshqacha fikrdaman. Agar inson yetarlicha davolanmagan bo‘lsa, unda harorat saqlanib qolsa, u holda 14 kundan keyin unda autoimmun jarayoni rivojlanadi. Va bu koronavirus emas. Bu birinchi bosqichda, hatto oddiy grippdan keyin yetarli darajada davolanmagandan keyin kuchayish kabi bo‘ladi. Virus va bakterial infeksiyaning tanaga takroriy hujumlari boshlanadi. Natijada immunitet tizimi ishdan chiqa boshlaydi, u yetarli darajada ishlamaydi, notekis sekin ishlaydi. Ammo faqat viruslar hujum qiladi deb bo‘lmaydi, ularni ajratish mumkin emas, odatda birgalikda ta’sir qilishadi. Barchasi bronxit bilan boshlanadi. Aynan o‘pkasida fibrozi bor odamlar tezroq vafot etadi, asosan keksa odamlar. Bu mening yangi koronavirus haqida to‘plagan ma’lumotlar  tahlilim", - dedi Lyudmila Lapa.

Yangiliklar lentasi
0