15:09 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)
158510

karantin vaqtida yevropaliklar nimani his qilishmoqda va umumiy karantindan keyin Yevropa Ittifoqi qanday oʻzgaradi - RIA Novosti oʻrgandi.

TOSHKENT, 22 mar - Sputnik, Anton Lisitsыn, Galiya Ibragimova. “YEI deb nomlangan yagona uy" mamlakatlari yopilmoqda - pandemiyaga qarshi kurashda hamma oʻzi bilan oʻzi. Globallashuv endi esga olinmaydi, boshqa bir davr keldi - oʻzaro kelishmovchilik davri. Va chegaralarda yaqin vaqtlarga qadar "umumiy qadriyatlar" bilan faxrlanib yurgan oʻz taqdirlariga tashlangan fuqarolarning navbatlari terilmoqda. Yevropaliklar nimani his qilishmoqda va umumiy karantindan keyin Yevropa Ittifoqi qanday oʻzgaradi - RIA Novosti oʻrgandi.

Migrantlardan keyin virus

Parij koʻchalarida - qoʻshinlar va zirhli mashinalar. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, bugun butun xalq jang maydonida. Oʻz sogʻligi uchun urushda. "Xoʻsh, vaziyat murakkab, va faqatgina yaxshi eski millatchilik bu bilan kurashishga yordam beradi. Aytgancha, u keskin tahdid paydo boʻlganida juda tez qaytib keldi", - deydi frantsuz poytaxtida istiqomat qiluvchi Anri Robye parijliklarning kayfiyati haqida. – Koʻpchilikni hukumatlar mahalliy va milliy darajada tezkor choralar koʻrish oʻrniga hanuzgacha Bryusselga murojaat qilishayotgani ranjitmoqda".

Robyening oʻzi "yaxshi eski millatchilik"ni namoyish etmoqda, qoʻshnilarini va oʻz siyosatchilarini haddan tashqari evropitizm uchun tanqid qilmoqda. "Italiyada rasmiylar aynan tashqi yordamga tayangani uchun shoshilmay ish tutishmadi. Agar ular oʻzlari harakat qilganda edi, ehtimol ular pandemiyaning bunday tez tarqalishining oldini olishgan boʻlar edi. Frantsiyada Prezident Makron yevropalik birdamlik uchun murojaatni toʻxtatmay davom etmoqda. Ammo buning oʻrniga u mamlakat ichida faqat qattiq qarshilik va tanqidga duch kelmoqda", - deydi RIA Novosti suhbatdoshi.

Rimda yashagan Aleksandr Dunayevning fikricha, koronavirus Yevropada paydo boʻlgan ziddiyatlarni ochib berdi holos: "Yevropa Ittifoqida birlik va qadriyatlar toʻgʻrisidagi munozaralar koronavirus bilan boshlanmadi. Yevropa migratsiya inqiroziga duch kelgan bir paytda, 2015 yilda faol ravishda oʻtkazilgan. Unda ham milliy chegaralar yopilgan".

Dunayev vaziyatni obʼyektiv qiyinchiliklar bilan izohlaydi: "Hozirgi asosiy muammo shunda-ki, koronavirus barcha Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari sogʻliqni saqlash tizimiga katta yukni yuklamoqda. Shuning uchun chegaralarni yopib, mumkin boʻlgan hamma narsani toʻsib qoʻyish kerak. Ha, bu harakatlanish erkinligi haqidagi Maastrixt bitimining qoidalariga qaramay sodir boʻlmoqda".

Karantin tadbirlarining maʼqulligini koʻpchilik tushunmoqda, ammo "choʻkindi qoladi". Masalan, sayyohlarni cheklash tufayli katta yoʻqotishlarga duchor boʻlgan Venetsiya hukumati ittifoqdosh davlatlarning xatti-harakatlaridan hayratda. Venetsiya mintaqaviy parlamenti deputati Stefano Valdegamberi Italiya jamiyatining alamini tushuntirmoqda. "Yevropa Ittifoqi bizga yordam bermadi. Bizni virusni tashuvchilari sifatida masxara qilishdi, garchi u allaqachon boshqa davlatlarga kirib kelgan boʻlsa ham", - dedi u RIA Novostiga. - Qoʻshnilarimiz darhol sababsiz boʻlsa ham, chegarada bizning tovarlarimizni toʻsib qoʻyish imkoniyatidan foydalanishdi. Ammo eng sharmandalisi, bizning shifoxonalarimiz xodimlari infektsiya xavfiga duchor boʻlgan bir paytda ular shaxsiy himoya vositalari - niqoblarni yetkazib berishni muzlatib qoʻyganliklari. Italiya bilan birdamlikni namoyish etgan yagona mamlakat - Xitoy".

"Bizning iqtisodiyotimizga zarar yetdi. Nima boʻlganda ham italiyaliklar tiklana olishadi. Ammo biz buni unutmaymiz", - deydi Valdegamberi.

Xitoy bizning doʻstimiz va birodarimiz

Italiyaning YEIdagi vakili Mauritsio Massari 11 mart kuni Bryussel "vaʼdalar va maslahatlarni chetlab oʻtib" "shoshilinch va tezkor, aniq va samarali choralarni" ishlab chiqishi kerakligini aytdi.

Massari oʻzining nuqtai nazarini Politico nashridagi maqolasida keng bayon qildi. U yerda u Rim nimani kutayotganini tushuntirib berdi: "Kerakli tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash, ularni zarur boʻlgan mamlakatlar va mintaqalar oʻrtasida taqsimlash. Bugun bu Italiyaga yordam berishni anglatadi, ertaga bunday ehtiyoj har qanday joyda paydo boʻlishi mumkin".

"Italiya tibbiy asbob-uskunalar va shaxsiy himoya vositalarini yetkazib berish uchun Yevropa Ittifoqining fuqaro mudofaasi mexanizmini faollashtirishni soʻradi. Ammo, afsuski, Yevroittifoqning hech bir mamlakati (Yevro) komissiyasining chaqirigʻiga javob bermadi. Faqatgina Xitoy ikkitomonlama asosda javob berdi. Bu Yevropa birdamligi uchun yaxshi narsa degani emas”.

Massarining xafa boʻlish uchun oʻz sabablari bor edi. Dastlab Germaniya tibbiy niqoblar va boshqa himoya vositalarini eksport qilishni taqiqladi. Keyin Avstriya virus tashuvchisiligini tasdiqlay olmaganlar uchun Italiya bilan chegaralarini yopdi.

Shu bilan birga, Xitoy Italiyaga tibbiy uskunalardan iborat ikkinchi samolyotni yubordi, birinchisi dori-darmonlarga qoʻshimcha ravishda shifokorlar guruhini yetkazib berdi. Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich ham Pekinga yordam soʻrab murojaat qildi. Yevropa Ittifoqi aʼzoligiga nomzod davlat rahbari, gʻazab toʻla nutq soʻzladi. "Yevropada birdamlik yoʻq. Bularning barchasi kitobiy ertakka aylandi", - dedi Vuchich.

U rais Si Tszinpinni doʻst va birodar deb atadi va Yevropa byurokratiyasini tanqid qildi. "Biz Yevropa xukumati farmoniga asosan YEI mamlakatlaridan tovarlar, tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlarni olib kira olmayapmiz. Bu farmoyish bizni Xitoy bilan savdo qilmaslikka ogohlantirgan odamlar tomonidan berilgan", - deya eslaydi Serbiya prezidenti.

Makron endi tushuntirayotganidek, birlashish bir oz vaqt davomida ajralishni anglatadi. "Ertalab biz, Yevropaliklar kabi, qoʻshma qaror qabul qildik. Ertaga tushdan Yevropa Ittifoqi va Shengen hududi chegaralari yopiladi. Yevropa ichi va tashqarisidagi barcha qatnovlar keyingi oʻttiz kunga toʻxtatiladi", - dedi Frantsiya prezidenti va qoʻshib qoʻydi: "Biz hammamiz sogʻliq uchun jangdamiz".

Asoslarga qaytish

Italiya boshidan kechirayotgan shok siyosiy oqibatlarsiz oʻtmaydi, dedi rossiyalik siyosatshunos Aleksandr Nosovich. "Italiyaliklar toʻliq karantindan chiqib ketishganida, bu muammoni sarhisobi boshlanadi. Birinchi aybdor chap qanot yevropoptimistlar tomonidan tashkil topgan hozirgi Italiya hukumati boʻladi. Ehtimol ular saylovda yutqazishadi. Matteo Salvini qaytadi, u yevroseptik. Italiyaliklar "umumevropaliklar"ga oʻzlarining mamlakatlari qiyin ahvolda boʻlganlarida ittifoqchilariga nisbatan boʻlgan munosabatlarini eslashadi. Masalan, Frantsiya va Germaniyadan niqoblarni yetkazib berishni taqiqlash. Bunday ish esdan chiqmaydi, - deydi u RIA Novosti bilan suhbatda. - Bunday "birdamlik"dan keyin Rim YEIning umumiy byudjetiga pul toʻlashi kerakmi degan savol tugʻiladi. Toʻlashdan bosh tortish Yevropa Ittifoqidan chiqishning boshlanishi boʻladi", - deb bashorat qiladi Nosovich.

Virusdan eng koʻp jabr koʻrgan mamlakatlarga oqibatlarni bartaraf etish uchun mablagʻlar kerak boʻladi. "Bunga qadar ham mablagʻlar yetmagan. Yaqinda Yevropa Ittifoqining yetti yillik byudjeti koʻrib chiqildi, xarajatlarni qanday taqsimlash toʻgʻrisida koʻplab munozaralar boʻldi, - deb eslaydi RIA Novosti. - Amaliy jihatdan bularning barchasi Sharqiy Yevropaga dotatsiyalarni toʻxtatilishiga olib keladi.  Birinchidan, chunki u unchalik koʻp jabr koʻrmadi, ikkinchidan, ushbu mintaqa Yevropa Ittifoqi uchun uncha katta axamiyat kasb etmaydi.  Italiya juda muhim bozorga ega Yevropa tsivilizatsiyasining beshigi. Polsha, Vengriya va Ruminiya esa bu kabi amaliy va ramziy ahamiyatga ega emas.

Natijada Yevropaliklar oʻzlarini avvalambor oʻzlarini milliy davlatlarining fuqarolari sifatida his qilmoqdalar, deb xulosa qiladi Nosovich. Yevrointegratsiya esa boshidan koʻzlangan - foydali iqtisodiy mexanizm boʻlib chiqdi.

Milliy strategiya instituti bosh direktorining oʻrinbosari Aleksandr Kostinning soʻzlariga koʻra, "Yevropa Ittifoqi, birlashgan Yevropaning boshqaruvchi tashkiloti sifatida, hatto dahshatli miqyosdaga koronavirus tahdidi amalga oshmagan paytda ham, zarur dastakka aylanish imkoniyatini qoʻldan boy berdi". "Yevropa Ittifoqi falaj boʻlib qoldi va epidemiyani zararsizlantirish boʻyicha barcha ishlar voqealarning bunday aylanishiga tayyor boʻlmagan milliy hukumatlar zimmasiga tushdi", - dedi RIA Novosti agen tligi suhbatdoshi. U umidsiz xulosa chiqaradi: pandemiyaning oqibatlari birlashgan Yevropani identifikatsiya inqirozini kuchaytiradi, xolos.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)

Asosiy mavzular