11:43 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
278040

Dunyoning yetakchi davlatlari COVID-19ga qarshi oʻzining ilmiy va insoniy salohiyatini namoyish etayotgan bir vaqtda AQSH uzoq yillardan beri daʼvo qilib kelayotgan “dunyo yetakchisi” nomini yoʻqotmoqda - ekspert.

Odatda, inqiroz davrlarida odamlar, jamoalar va hatto butun mamlakatlarning asosiy, chuqur va oʻzgarmas fazilatlari namoyon boʻladi. Bir qarashda, global epidemiya va uni ustiga yopirilgan moliyaviy inqiroz vaqtida okean orti hamkorlarimizni nima bezovta qilishi mumkin, deb oʻylaysiz? Soʻnggi 30 yil davomida Vashington siyosatini kuzatgan har bir inson bunga osonlikcha toʻgʻri javob topa oladi: albatta, bu dunyoda yetakchilik masalasidir.

Koronavirus nimalarni namoyish qildi

Agar aniqroq aytadigan boʻlsak - hozirda Qoʻshma Shtatlar koronavirus epidemiyasi tufayli Vashington xuddi shu dunyo yetakchiligini yoʻqotayotgani va geosiyosiy raqiblar fonida unchalik jozibali koʻrinmayotganidan havotirda. Va baʼzan xalqaro maydonda obroʻsizlanishdan boʻlayotgan soxta ogʻriqlar kasallikka chalingan yoki vafot etgan vatandoshlarga hamdardlikdan koʻra (ehtimol adashayotgandirmiz, ammo tobora aniqroq namoyon boʻlmoqda) kuchliroqday taassurot uygʻotadi. "Virusning yana bir qurboni: inqiroz davrida AQShning dunyo yetakchisi sifatidagi roli" - Amerikaning yetakchi The New York Times nashri xuddi shunday sarlavha bilan batafsil tahliliy maqola eʼlon qildi.

Jurnalistlar tomonidan soʻralgan ekspertlar fikrlari ehtiyotkor, ammo unchalik optimistik emas: "Pandemiya hali oʻz choʻqqisiga chiqqani yoʻq, shu bois beriladigan baho shoshilinch boʻlmasligi kerak", - deydi Germaniya xalqaro munosabatlar va xavfsizlik instituti(German Institute for International and Security Affairs)ning xalqaro xavfsizlik boʻyicha tahlilchisi Klaudiya Meyjor. "Bu inqiroz AQSH siyosiy yetakchiligidagi tarkibiy oʻzgarishlar tasdigʻidir," - deydi u. "AQSH global yetakchiligi yoʻq ekan AQSH modeli ham boʻlmaydi", - deya qoʻshimcha qiladi Meyjor xonim. "Muvaffaqiyat - siz oʻz mamlakatingizda pandemiyani yoʻq qilib, atrofingizda ittifoqchilarni jipslashtirib, alyansni boshqarib, global jamoatchilikka foyda keltiradigan mahsulotlarni yetkazib, chaqiriqlarga global kurash tashkil qilishdir, xuddi, Ebola kasalligidagi kabi". Buning oʻrniga Amerika (davlat - taxr.) institutlari hatto oʻz uyida bu ishga qodir emasligini namoyon qilmoqda, deydi ayol. Tramp reaktsiyasi - yakka tartibda harakat qilishdan iborat.

Eng "demokratik" OAVlar nima deydi 

Butun hayoti va karyera davomida dunyoni Amerikaga itoat qilish, Amerikaga qoyil qolish, Amerika bilan tortishmaslik va Amerikaning "dunyoga begʻaraz yetakchiligi" uchun minnatdor boʻlishga oʻrgatish va shunday talablarni ilgari surish bilan shugʻullangan yevropalik ekspertlar, faollar va jurnalistlar bugun muayyan noqulaylikka duch kelgan va bu tez orada haqiqiy vahimaga aylanishi turgan gap. "AQShda bizdan koʻra yaxshiroq va hamma jim boʻlishi kerak" degan fikrdan foydalanib boʻlmaydigan dunyoda yashash ularning ayrimlari uchun koronavirusdan ham dahshatliroq boʻlishi mumkin.

Bunday fikrlar Gʻarbning (karantin tufayli boʻshab qolgan) yetakchi ommaviy axborot vositalari tahririyatlari va ilmiy markazlariga yetib bormaydi, deya umid qilsa boʻlardi. Ammo, okean orti va yevropalik hamkorlarimizni u qadar past baholab boʻlmaydi: epidemiya koʻzga koʻrinadigan va uzoq davom etadigan hodisa boʻlib, hatto, eng jiddiy aqliy toʻsiqlar va qarashlarni yoʻq qilishi mumkin.

Rossiya tajribasini oʻrganishdi 

Masalan, mamlakatimiz rahbariyati va umuman mamlakatimiz aholisiga xayrixohligiga ishonish juda qiyin boʻlgan amerikaparast CNN telekanali toʻsatdan oʻz oldiga Rossiya tajribasini oʻrganish vazifasini qoʻydi. Yaʼni, Rossiyada kasallanish holatlari soni (CNNda maqola chop etgan paytda) Lyuksemburgga qaraganda kam ekan, (garchi amerikalik jurnalistlarning geografiyadan bilimi ancha achinarli boʻlishiga qaramay, ular Rossiya aholisi Lyuksemburgga nisbatan ancha koʻproqligini aniq biladilar), Rossiya bu borada nimani toʻgʻri amalga oshirgan, degan savolga javob izladilar.

Amerika propagandasi oʻquv qoʻllanmasiga qatʼiy amal qilgan holda ishlashga harakat qildi: rasmiy maʼlumotlarni shubha ostiga oldi, Rossiyada oʻtkazilgan testlarning notoʻgʻriligini ehtimol qildi va shu oʻrinda hukumatga nisbatan bir chimdim tanqid qoʻshishni unutmadi, lekin shu bilan birga Amerika standartlari boʻyicha jurnalistik qahramonlik deb atash mumkin boʻlgan ishga ham qoʻl urdi.

CNN matnida Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (epidemiyalar masalasida xalqaro miqyosdagi undan nufuzliroq tuzilma mavjud emas) ekspertidan iqtibos keltirilgan boʻlib, mutaxassis unda rasmiy maʼlumotlar tanqidiga ishonmasligini aytgan edi. Bundan tashqari, ayol Rossiya testlari sinov xususiyatlari va laboratoriyaning oʻzi ham JSST tomonidan maʼqullangan roʻyxatga kiritilganini qoʻshimcha qilgandi. Rossiyaning "Rospotrebnadzor" - Rossiya isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish davlat agentligi shanba kuni koronavirus boʻyicha 156 mingdan ortiq test oʻtkazganini eʼlon qildi. Rossiya fevral oyi boshidan boshlab, shu jumladan, aeroportlarda, Eron, Xitoy va Janubiy Koreyadan keladigan sayohatchilarga urgʻu bergan holda, ommaviy tekshiruvlarni oʻtkazishni boshlaganini eʼlon qildi", - deb xabar qiladi amerika telekanali.

Ushbu syujet AQShdagi baʼzi  Rossiyaga qarshi faollarning allergik reaktsiyasini qoʻzgʻadi va nafratga limmo-lim izohlar yogʻilishiga sabab boʻldi, ammo yuqumli epidemiyaga qarshi dunyoda Amerikaga qaraganda yaxshiroq kurash olib borilayotganini anglash jarayonini endi toʻxtatish qiyin boʻladi. Xuddi shunga oʻxshash materiallar Xitoy, Singapur, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar haqida ham chop etilgan.

AQSH 2 oyni bekor oʻtkazdi 

Vashingtonning oʻz-oʻziga baho berishidagi muammo kim bu ishni yaxshiroq uddalayotganida emas, balki Amerika hukumati bu ishni boshqa barcha tsivilizatsiyalashgan mamlakatlarga qaraganda deyarli yomon bajarmayotganida. Ayniqsa, AQShda tayyorgarlik ishlari uchun ikki oy muddat zaxirada boʻlganligini hisobga oladigan boʻlsak.

Agar shunday davom etadigan boʻlsa, inqirozdan keyin, hatto Gʻarb axborot maydonida ham bir nechta yorqin obrazlar va Vashington oʻzi uchun yoqimsiz boʻlgan gʻoyalar muhrlanib qoladi. Masalan, Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi baʼzi mamlakatlar oʻta keskin choralar yordamida epidemiyalar ustidan mahalliy oʻlchamda gʻalaba qozonib, boz ustiga boshqalarga ham yordam qoʻlini choʻzgan davlatlar sifatida yodda qoladi. Rossiyani - koronavirusni jilovlab turish boʻyicha nisbatan samara koʻrsatgan davlat sifatida eslab qolish mumkin. Shuningdek, Amerika sanktsiyalari tufayli oʻz-oʻzini, shu jumladan, moliyaviy va oziq-ovqat masalalarida ham taʼminlashga oʻrgangan bu davlat unga erisha oldiki, bugungi kunda Rossiya, hatto barqaror gʻarb iqtisodiyotlarini ham larzaga solgan dunyodagi moliyaviy inqirozdan eng kam aziyat chekayotgan davlat sanaladi.

Tayyorga-ayyormi? 

AQSH-chi, u nimasi bilan yodda qoladi? Katta ehtimol bilan, The New York Times jurnalistlari yozgan ushbu epizod bilan: "Germaniya rasmiylari taʼkidiga va (manbalardan olingan) xabarlarga koʻra, Tramp maʼmuriyati va hatto, Trampning shaxsan oʻzi Germaniyaning Cure-Vac farmatsevtika kompaniyasiga COVID-19ga qarshi ishlab chiqilayotgan vaktsinaga eksklyuziv huquqlarni qoʻlga kiritish uchun bir milliard dollar taklif qilgan".

Ilgari dunyo bunday hatti-harakatlarga koʻz yumishga tayyor edi ham, ammo hozir zamon asta-sekin oʻzgarib bormoqda va endilikda bu oʻzgarishlarni koʻrib koʻrmaslikka olishning iloji yoʻq.

Maʼlumot uchun, ayni damda AQSH koronavirusga chalingan fuqarolar soni boʻyicha dunyoda Xitoy va Italiyadan soʻng 3-oʻringa chiqqan. Qoʻshma Shtatlarda kasallikka chalinganlar soni 35 mingdan oshib ketdi. Rossiyada bugungi kunda koronavirusdan bemorlanganlar soni 438 kishini tashkil qilmoqda.  

Asosiy mavzular