11:44 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
1029 0 0

Vashingtondan Annapolisgacha boʻlgan masofada oʻq otish - bu yangi Amerika zambaragining nishonga urish masofasi rekord darajasida.

TOSHKENT, 26 mar - Sputnik, Andrey Kots. Vashingtondan Annapolisgacha boʻlgan masofaga oʻq otish - bu Amerika yangi zambaragining nishonga urish masofasining rekord darajasida. Sinovlarda istiqbolli oʻziyurar gaubitsasi ERCA (Extended Range Cannon Artillery - uzoq masofaga moʻljallangan stvolli artilleriya) 65 kilometr masofadagi nishonga urdi. Quruqlikdagi kuchlari qurolni 2023 yilda olishadi. Bu qanday qurol va AQSH armiyasiga nima uchun kerak - RIA Novosti materialida.

Ikki snaryad

Istiqbolli tizim mart oyi boshida Arizonadagi Yuma poligonida sinovdan oʻtkazildi. Defensenews.com portali xabar berishicha, zarba 155 mmli XM907 58 kalibrli quroldan ikki xil snaryad - boshqariluvchi Excalibur va eksperimental faol-reaktiv uzoq masofaga moʻljallangan XM1113 snaryadlari bilan berildi. Ikkala snaryad ham kichik oʻlchamli nishonlarni muvaffaqiyatli urdi. Lekin bu masofa maksimal boʻlganmi yoki yoʻq, aniqmas.

Yangi artilleriya tizimi tez fursatlarda ishlab chiqildi. BAE Systems bilan shartnoma oʻtgan yilning iyul oyida imzolandi. Gap istiqbolli XM907 qurolini M109A7 Paladin oʻziyurar uskunasi shassisi bilan birlashtirish va 18 ta transport vositasidan iborat eksperimental partiyani yaratish haqida ketgan. Gaubitsa XM1299 belgisini oldi.

Ushbu qurol haqida maʼlumot ochiq manbalarda kam. Qurol elektron bostirish sharoitida ishlashga moʻljallangan yangi oʻt ochishni boshqarish tizimi va navigatsion tizimi bilan jihozlanishi maʼlum. Yuklash avtomati tezligi daqiqasiga oʻn martaga oʻt ochish imkonini beradi. Amerikalik mutaxassislarning fikriga koʻra, XM1299 gaubitsasi, artilleriyasining kuchi raqib bilan artillerik duel olib borish imkonini beradi. Bu, albatta, Rossiya nazarda tutilgan.

Anchagina ortda qolib ketgan

2017 yil oxirida Amerikaning RAND tadqiqot markazi Rossiya Qurolli kuchlarining jangovar qobiliyatlari toʻgʻrisida hisobot eʼlon qildi. Mutaxassislarning xulosalari aniq: ular dunyodagi eng katta mamlakatni zabt etishda muvaffaqiyat qozona olmaydilar. Gipotetik qurolli toʻqnashuvda Amerika quruqlikdagi kuchlari uchun asosiy xavflardan biri, mutaxassislarning fikricha - artilleriya.

Hisobotda taʼkidlanishicha, urush boʻlgan taqdirda Rossiya dushmanning quruqlikdagi kuchlariga bilan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuv oʻrnatmasa-da, maksimal darajada zarar yetkazishga harakat qiladi. Flanglarga zarbalar, manevrlar hamda xujum qilayotgan qismlarini artilleriya tomonidan keyinchalik yoʻq qilish uchun toʻsib qoʻyishlar keng qoʻllaniladi.

"Bu sohada ruslar gʻarb armiyalarga nisbatan ustunlikka ega", - deya taʼkidlagan RAND. "Masalan, Amerika Quruqlikdagi Qurolli kuchlari brigadasida faqat bitta artilleriya bataloni mavjud. Rossiya qismlari va tarkibiy boʻlinmalarida oʻt ochishga koʻmaklashish boʻlinmalar ancha koʻproq".

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, uchta motor-oʻq va bitta tank batalonlaridan iborat motor-oʻq brigadasiga kuchaytirish uchun koʻpincha ikkita oʻziyurar uskunalar bataloni va bitta artilleriya bataloni qoʻshib qoʻyiladi - va bu hali eng yuqori nuqtasi emas.

"Yuzma-yuz jang qilinadigan boʻlsa, Amerika brigadasi dushmanning juda koʻp sonli zambaraklari va RSZO (birdaniga koʻp oʻt ochuvchi reaktiv tizimlari – tahr.)lariga duch keladi, ular oʻq-dorilarning keng turlaridan foydalanishga va yanada uzoqroqka zarba berishga qodir. Ruslar bunda aniq ustunlikka ega", - deya tan oldi tahlilchilar.

Darhaqiqat, stvolli va reaktiv artilleriya sohasida ham AQSH doimo Rossiyaga yetib olishgan. Amerikaliklarda hali ham 1963 yilda oʻz qoʻshinlari tarkibiga kirgan M109 oʻziyurar artilleriya uskunalarining turli xil modifikatsiyalari qoʻllanilmoqda. Uning hatto eng soʻnggi versiyalari ham Rossiyaning "Msta-S" va "Koalitsiya" gaubitsalari, shuningdek baʼzi Yevropa va Xitoy sinfdoshlari oldida oʻt ochish masofasi va tezligi jihatidan ancha past.

Yuklash avtomati faqatgina 2012 yilda xizmatga kabul qilingan M109A7 soʻnggi modifikatsiyasida paydo boʻldi. Oʻt ochish tezligi daqiqada uchdan oltitaga oshdi, ammo "Msta-S" shu vaqtning oʻzida nishonga oʻnta snaryad uzadi.

"Koalitsiya"ga qarshi

Aslida bu eski hikoya. 1980-yillarning oxirida General Dynamics sanoat giganti mutaxassislari istiqbolli XM2001 Crusader istiqbolli mashinasini ishlab chiqishni boshladilar.

Sinovlari 1999 yilda boshlangan oʻziyurar qurolda eng yangi texnologiyalar qoʻllanilgan. Mashina elektronika bilan toʻldirilib tashlangan. Yuklash avtomati, oʻt ochish tezligi - daqiqasiga oʻnta snaryad, "Excalibur" snaryadlari rekordli 57 kilometrgacha zarba berdi. Biroq, 2002 yilda loyiha ortiqcha qimmatligi tufayli yopildi. XM2001 ning bitta birligi gʻaznaga 25 million dollarga tushgan boʻlar edi.

Yana bir istiqbolli loyiha - bu kelajakdagi harbiy texnikalarni yaratish uchun Future Combat Systems dasturining elementi boʻlgan XM1203 NLOS Cannon oʻziyurar uskunalari. M109 (32 tonna) dan asosiy farqi - kamroq vazn, 18 tonna. Oʻt ochish tezligi - daqiqasiga olti snaryad. Ammo 2009 yilda Pentagonning mudofaa strategiyasida oʻzgartirilganligi sababli Future Combat Systems dasturidan voz kechildi.

Albatta, XM2001 va XM1203-larni ishlab chiqishdagi tajriba XM1299 loyihasiga yordam berdi. Ushbu oʻziyurar uskunani Rossiyaning eng yangi "Koalitsiya-SV" rusumli oʻziyurar avtomatik uskunasi bilan taqqoslashning hozircha imkoni yoʻq, chunki har ikkala tizim boʻyicha maʼlumot yetarli emas. Ammo koʻrinishidan Amerika mashinasi hali ham raqobatchidan ortda qoladi.

Shunday qilib, "Koalitsiya-SV" eʼlon qilingan oʻt ochish masofasi 80 kilometr, XM1299niki esa 70 kilometrni tashkil qiladi. Rossiyaning oʻziyurar uskunasining oʻq otish tezligi maʼlum emas, ammo ishlab chiquvchilarning aytishiga koʻra, daqiqasiga oʻndan ortiq snaryad. Vanihoyat, "Koalitsiya-SV" yanada kuchli dvigatel bilan jihozlangan - 600 ot kuchiga oʻrniga endi 1000 ot kuchiga ega. Bu oʻt ochish pozitsiyasini ancha tez oʻzgartirishi mumkinligini anglatadi.

Strategik toʻp

Ammo amerikaliklar bu bilan kifoyalanmoqchi emas. XM1299 dasturi bilan bir qatorda ular 1000 dengiz miliga (1885 kilometr) oʻt ochishga qodir oʻta uzoq masofali strategik pushkani ishlab chiqmoqdalar.

Bu maxluqning prototipi 2023 yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan. Oʻtgan yilning oktyabr oyida AQSH generali Jon Rafferti jurnalistlarga bunday hayratda qoldiradigan masofaga "jadal texnologiyalar" yordamida erishish mumkinligini tushuntirdi. U qaysi texnologiyalarni nazarda tutganini aytmadi, ammo yangi qurol kimga qaratilganligini aniq koʻrsatdi.

"Oʻt ochish masofasi Rossiya va Xitoy bilan raqobatdagi asosiy koʻrsatkichdir, - dedi general. - Ularning uzoq masofali havo mudofaasi tizimlari, artilleriya va qirgʻoq mudofaa tizimlarining gorizont orti radarlari bilan birgalikda ishlashiga qarshi biror tizimni qarshi keltirolmaymiz. Quruqlikdagi kuchlarga koʻp qatlamli mudofaa chizigʻini bosib oʻtish, uning asosiy elementlarini yoʻq qilish va boshqa kuchlarning harakatiga imkon beruvchi "quruqlik-quruqlik" sinfidagi qurollar kerak. Strategik toʻp dushman mudofaasi ichkarisidagi nishonlarni urish imkonini beradi. "Istiqboldagi gipertovush raketalari"dan farqli oʻlaroq uning oʻq-dorilari ancha arzon boʻladi.

Dunyo hali bunday uzoq masofali snaryadlarni koʻrmagan. Ammo bu qurol hech qachon qabul qilinishi va umuman yaratilishi haqiqatdan yiroq. Bir ming dengiz mili masofasini artilleriya tomonidan zabt etilishi mumkin emas - bu fizika qonunlariga zid. Bu shunchaki armiya generallari byudjetdan koʻproq pul olish kerak boʻlganda hukumatni Rossiya yoki Xitoy tahdidi bilan qoʻrqitishni yaxshi koʻrishadi.

Asosiy mavzular