10:41 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (73)
191402

Rossiya oʻz tarixida koʻplab marotaba fidokorlik koʻrsatgan, chet ellik fuqarolarni qoʻllab-quvvatlagan, ayniqsa, qoʻshnilarni va oʻzining bu yaxshiligiga hamisha ham munosib javob olmagan, deb hisoblaydi muallif

Byudjet pullarini mehnat muhojirlariga yordam uchun sarflash taklifi rossiya hamjamiyatida koʻplab noroziliklarni yuzaga keltirdi. Ayrim ekspertlar buni befoyda xarajat, inqiroz sharoitida rossiyaliklar manfaatiga xoinlik, deb hisoblaydilar, lekin ular nohaq. Chunki bu yerda rossiyaliklar farovonligi uchun kiritiladigan investitsiya haqida gap bormoqda.

Oʻzlari pul topishsinmi?

Rossiyada Strategik tashabbuslar agentligining gastarbayterlarga yordam tashabbusini muhokama qilishda davom etishmoqda. Eslatib oʻtamiz, gap ishsiz va bir soʻmsiz qolgan mehnat muhojirlariga xuddi Rossiyaning ishsiz fuqarolariga toʻlanadigan yordam pulini toʻlash haqida bormoqda. Bularning barchasi pul ishlab topish imkonidan mahrum boʻlgan va "qora kunlarga" asrab qoʻygan pullari boʻlmagan insonlarni qoʻllab-quvvatlash (ular chegaralar yopilgani va pullari yoʻqligi tufayli oʻz vatanlariga qaytib keta olmagan) va kriminogen holat keskin avj olishiga yoʻl qoʻymaslikdir.

Bu taklifning tanqidchilari koʻp boʻldi. Xususan, Butunjahon rus xalq sobori "Huquqni himoya qilish markazi" rahbari Roman Silantyev "potentsial jinoyatchilarga, ular jinoiy faoliyatni olib bormaydilar, degan umidda pullarni tarqatish" gʻoyasiga qarshi chiqmoqda. Uning fikricha, bu odamlarga Rossiya davlati emas, balki ularning qarindoshlari yordam berishi kerak.

Davlat dumasi deputati Dmitriy Ionin ham gastarbayterlarga oʻz vatanidan yordam izlashni taklif etmoqda.

"Umuman olganda, hozirgi holatni favqulodda holatga tenglash mumkin, va aynan shunday sharoitda Rossiya fuqarolariga yordam berish lozim. Oʻzbekiston fuqarolariga Oʻzbekistonning oʻzi yordam bersin", - deydi xalq noibi.

Bir qarashda, ularning fikrlarida maʼno bor. Mehnat muhojirlari Rossiya Federatsiyasi fuqarolari emas, demakki Rossiya soliq toʻlovchilari mablagʻlari evaziga kun kechirishlari kerak emas. Rossiya ularni vataniga borishi yoki ularga gʻamxoʻrlikni ularning davlati hukumati zimmasiga qoʻyishi kerak. Olijanoblik belgisi bu yerda jiddiy sarf-xarajatlarga olib kelishdan tashqari, rossiyaliklarning gʻazabini keltirishi tabiiy, ular berilishi lozim boʻlgan: "Modomiki, davlatda ortiqcha pul bor ekan, u holda nega u bu mablagʻlarni Rossiya fuqarolari uchun beriladigan yordam pulini oshirishga emas, balki gastarbayterlarga sarflashi lozim?", degan haqli savolni oʻrtaga tashlashlari ham aniq.

Juda koʻpchilik, bu Moskvaning tashqi pozitsiyasini mustahkamlamaydi, deya ishonadi. Rossiya oʻz tarixida koʻplab marotaba fidokorlik koʻrsatgan, chet ellik fuqarolarni qoʻllab-quvvatlagan, ayniqsa, qoʻshnilarni va oʻzining bu yaxshiligiga hamisha ham munosib javob olmagan.

Mafkuraviy raqobat

Ammo masalaga chuqur yondashiladigan boʻlsa, hammasi aksincha. Moskva mehnat muhojirlariga bu inqirozni yengib oʻtishda albatta, yordam berishi kerak.

Birinchidan, chunki unda tanlov yoʻq. Rossiyadan bu odamlarni deportatsiya qilishning ham, Oʻrta Osiyo hukumatlarini oʻz vatandoshlarini qoʻllab-quvvatlashga koʻndirishning ham imkoni yoʻq (Toshkent, Bishkek va Dushanbening moliyaviy imkoniyati cheklangan, va bu mablagʻlarni ular - milliy byudjet uchun ancha sezilarli boʻlgan - mehnat muhojirlari oʻtkazmalarisiz qolgan milliy iqtisodni qutqarish uchun sarflaydi).

Ikkinchidan, bu yordam Rossiya tashqi siyosati manfaatlari nuqtai nazaridan ham zarur hisoblanadi. Ha, ehtimolki, Moskva hammadan ham "rahmat" eshitmas. Ammo bu yerda milliy respublikalar aholisi munosabatlari hammasidan muhimroq.

Bir necha kun avval Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov, ushbu maqola muallifining mafkuraviy raqobatda AQSH gʻoliblikni tortib olish usullari haqidagi savoliga javob berar ekan, Rossiya sobiq ittifoq maydonida raqobat jihatdan mutlaq ustunligi haqida taʼkidlab oʻtgan edi.

"Qachonlardir bitta davlat tarkibida boʻlgan Rossiya va qoʻshni davlatlarning t arixiy, madaniy, insoniy, iqtisodiy va boshqa turli boshqa istalgan aloqalari hozirda AQShni ayni vaqtdagi va ilgarigi administratsiyalari tomonidan taklif etilayotgan "muqobil", deb nomlanayotgan aloqalardan oʻlchab boʻlmas darajada chuqurroq, puxtaroq va boyroqdir", - deya tushuntiradi diplomat.

Oʻzaro munosabatlardagi bu chuqurlik oʻlaroq koʻplab mamlakatlar aholisi Moskva va rossiyaliklarga "oʻziniki" sifatida qaraydi. Ammo umumiy tarix haqida gapirish yetarli emas, rossiyaliklar ham sobiq ittifoq davlatlaridagi fuqarolarni "oʻziniki", deb hisoblashini, ularni qiyin davrda tashlab qoʻymoqchi emasligini amalda koʻrsatmoq lozim.

Moskva – ikkinchi uyimiz

Rossiyada mehnat qilayotgan sobiq ittifoq vakillari Moskva - oʻgay ona emasligini tushunishlari kerak. Rossiya Federatsiyasi – bu fuqaro millatiga ega koʻpmillatli loyihadir. Yaʼni ulkan Rossiya dunyosining tayanchini. Va ular shu loyihaning bir qismini tashkil etishadi. Rossiya hukumati yordam berishi kerak va hatto majbur, ular bugun shunday fikrda.

Mahalliy millatchilar oldiga tushib olib, bekilib olish, sobiq ittifoq davlatlaridan hatto oʻz chegaralarini yopish - samara bermaydi.

Ammo mehnat muhojirlariga moliyaviy koʻmak masalasi aniqliklarni talab etishi tabiiy. Bu ekspertlar emas, hukumat darajasida hal etilishi kerak boʻlgan masala.

"Hukumat ushbu tashabbusni eʼtibor bilan koʻrib chiqib, bu koʻmak aynan kimlarga berilishi lozimligini aniqlashi kerak. Agar zarurat tugʻilsa, biz tegishli oʻzgarishlarni bandlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka kiritamiz", - dedi Davlat dumasidagi "Yedinaya Rossiya" fraktsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Andrey Isayev.

Ehtimol, toʻlovni qaytarish sharti bilan berish kerakdir: bunda mehnat migranti berilgan pullarni davlatga deylik, patent pulining oshirilishi orqali sekin-asta toʻlab borar.

Albatta, migrant toʻlovlarni toʻlamasdan uyiga qochib ketishi ehtimoli ham yoʻq emas, ammo bu ehtimol darajasi nisbatan past, negaki afsus bilan aytish joizki, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan boʻlgan yuz minglab migrantlarning Rossiyada ishlashdan boshqa choralari yoʻq.

Har qanday holatda ham ushbu yordam - ehson emas, balki kelajakka investitsiya ekanligini tushunish lozim. Bu bizning umumiy kelajagimiz.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (73)

Asosiy mavzular