18:23 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
627 0 0

Sputnik Oʻzbekiston tahririyati fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan "Front yoʻqlamasi" loyihasini davom ettirmoqda. Urush qahramonlari avlodlari ajdodlarining jasoratini esga olishadi.

Oʻzbekiston SSR Andijon viloyatilik Shamsidin Tojiyev 1941 yilda 46 yoshida frontga keldi. U oʻz "Maksim" pulemyoti bilan Stalingraddan Vena shahrigacha, 66-gvardiya Qizil bayroq Poltava oʻqchi diviziyasi tarkibida pulemyot guruhi komandiri sifatida bosib oʻtdi. U bir necha marta yaralangan, ammo urush oxirigacha xizmatda boʻlgan.

Oʻzining jasoratlari uchun u "Jasorat uchun" medalini oldi - bu frontda urush maydoning oʻzidayoq taqdirlanadigan haqiqiy askarcha mukofot, shuningdek "Vena qoʻlga olingani uchun" va "Germaniya ustidan gʻalaba uchun" medallari bilan ham taqdirlandi.

Uning nabirasi - Baxtiyor Ergashevning bobosining jasoratlari haqidagi xotiralarini "Front yoʻqlamasi" turkumidagi bizning videoimizda tomosha qiling.

"Front yoʻqlamasi" loyihasi

"Front yoʻqlamasi" – Sputnik matbuot-xizmatlarining Hamdoʻstlik davlatlari uchun anʼanaviy loyihasi.

Uning maqsadi - oilaviy voqealarni buyuk harbiy tarixning bisotiga aylantirish, hamma uchun bir boʻlgan Gʻalabaning bebaho mashaqqati va dunyoni fashizmdan ozod qilib bizga yashash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etgan xalqlarning jasoratini eslatish.

Bu yil ushbu tadbir uchinchi marotaba oʻtkaziladi, ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli oʻzgartirishlar kiritildi.

Turli matbuot markazlarini bogʻlaydigan video koʻpriklar boʻlmaydi. Ushbu mamlakatlarning taniqli fuqarolari va davlat arboblari ishtirokida Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari haqida oilaviy voqealarni hikoya qiluvchi videolar namoyish etiladi.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular