04:35 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
98610

SNV-3 shartnomasi bahonasida Rossiya va Xitoyni bir-biridan uzoqlashtirishga qaratilgan AQSH "oʻyinlari" Moskva va Pekin ittifoqini mustahkamlashga yordam bermoqda xolos.

Amerika “AQSH - Rossiya – Xitoy” konfiguratsiyasida kuchlar muvozanatini oʻzgartirish umidida, asosiy geosiyosiy uchburchakni buzish boʻyicha harakatlarni kuchaytirmoqdalar, deb yozadi RIA Novosti muallifi Pyotr Akopov.  

Gap Amerika-Xitoy munosabatlaridagi koronavirus tufayli qoʻzgʻalgan ehtiroslar haqida emas, balki SNV-3 shartnomasini uzaytirish atrofidagi oʻyinlar haqida. Ushbu oʻyinlar faqatgina yadro qurollariga doir emas balkim AQShning asl maqsadi Rossiya-Xitoy munosabatlaridir.

Rossiya-Amerika strategik hujum qurollari toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati tugashiga sakkiz oydan koʻproq vaqt qoldi. Agar u uzaytirilmasa, jahon yarim asr ichida birinchi marta ikki yadro superderjava oʻrtasida strategik yadroviy kuchlarni cheklash toʻgʻrisida hech qanday kelishuvsiz qoladi. Yaʼni, qurollanish poygasidagi har qanday cheklov olib tashlanadi.

Rossiya anchadan buyon shartnomani uzaytirishni (yoki yangisini tuzishni) taklif qilmoqda - ammo muzokaralar hanuz boshlanmadi, vaqt esa qisqarib bormoqda, koronavirus tufayli karantin uni yanada pasaytirganini gapirmasa ham boʻladi.

Oʻtgan hafta Donald Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda muzokaralarni qayta boshlashga chaqirib, u "kelajakdagi muhokamalarni intizorlik bilan kutmoqda" deb aytdi - chunki "oʻta qimmat qurollar poygasidan" chekinish kerak. Gʻisht qolipdan koʻchdimi? Hech qanaqasiga - chunki "Qoʻshma Shtatlar nafaqat Rossiyani, balki Xitoyni ham oʻz ichiga olgan qurol-yarogʻlarni samarali boshqarish majburiyati tarafdori".

Aynan mana shu iborada, SNV-3ni uzaytirishning asosiy toʻsigʻi - amerikaliklar yangi shartnomani ikki tomonlama emas, balki uch tomonlama asosda tuzmoqchi. Bunga mutlaqo qarshi boʻlgan Xitoyni qoʻshish orqali. Pekin aslida haqdir - Xitoy yadro quroliga AQSH va SSSRdan ancha keyin ega boʻldi, faqat 1964 yilda, Sovet-Amerika qurollar poygasi davom etayotgan va uni kamaytirish va nazorat qilish toʻgʻrisida shartnomalar tuzilayotgan paytda, Xitoy notinch "madaniy inqilob"ga shoʻmgʻigan edi. XHR haqiqatan ham yadro raketalari dasturlari bilan faqat 70-yillarning oxiridan shugʻullana boshlangan va uning AQSH va Rossiya tomonidan qabul qilingan cheklovlarni qabul qilishni istamasligini tushunsa boʻladi. Xitoyning jangovar yadroviy kallachalari soni boʻyicha aniq maʼlumotlar yoʻq, ammo har holda, XHRning yadroviy salohiyati (shuningdek, uni yetkazib berish vositalari) AQSH va Rossiyadan bir necha baravar kichikdir.

Shu bilan birga, Xitoy ochiqchasiga Amerika tomonidan dushmanlarcha oʻrab olingan sharoitda - AQShning harbiy bazalari, shu jumladan yadroviy qurolga ega bazalar, sharq va janubdan Xitoy chegaralari boʻylab joylashtirilgan, AQSH Xitoydan ajralib chiqqan Tayvanni harbiy jihatdan qoʻllab-quvvatlamoqda, Amerika floti esa Xitoy qirgʻoqlari boʻylab yurmoqda. Bunday sharoitda faqatgina Xitoy ustidan ustunligini saqlab qolish va qay sohada boʻlmasin Xitoyni bosib turish siyosatini olib borishdan manfaatdor boʻlganlar Xitoyni oʻz qurollarini kuchaytirish dasturini (raketa qurollaridan to harbiy-dengiz qurollarigacha) tajovuzkor deb hisoblashlari mumkin. Amerika Xitoyga nisbatan harbiy ustunlikni saqlab qolish istagini yashirmaydi ham, shu jumladan yadroviy raketa sohasida ham.

Hammasi oddiymi? Ha, lekin aynan shu yerda Amerikaning Rossiya bilan oʻyinlari boshlanadi. Rossiya va Xitoyning strategik yaqinlashuvi, oʻtgan yili Vladimir Putin biz Pekinga SPRN (raketa hujumlari haqida ogohlantirish tizimi)ni yaratishda yordam berayotganimizni eʼlon qilganiga olib keldi, yaʼni biz faqatgina amerikaliklar bilan oramizdagi mavjud boʻlgan narsalar bilan baham koʻrmoqdamiz. Bu harbiy ittifoq emas, lekin unga juda yaqin munosabatlar. Rossiya va Xitoy bir-birini, hatto oʻrta muddatli istiqbolda ham raqib sifatida koʻrmasliklari aniq, ammo ikkalasining Amerikaga boʻlgan munosabati mutlaqo teskari. Birinchidan, chunki Shtatlarning oʻzlari rasman Rossiya va Xitoyni oʻz milliy xavfsizligiga tahdid deb atashadi, garchi intiqomi yaqinlashayotgan amerikacha dunyosi tuzumiga tahdid deyish toʻgʻriroq boʻladi.

Ammo Rossiya ham, Xitoy ham "Amerika uslubidagi dunyo"ni harbiy usullar bilan yoʻq qilishni tezlashtirish haqida oʻylamaydilar, bu AQShning oʻzining harakatlari va raqiblarining, birinchi navbatda, Rossiya-Xitoy bogʻlamidagi tobora muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlari tufayli koʻz oʻngimizda yoʻq boʻlmoqda. Albatta, bir tomondan AQSH va ikkinchi tomondan Xitoy bilan Rossiya oʻrtasida qurollar poygasi, har qanday shartnomalarga qaramay, davom etmoqda, ammo ularning mavjudligi bu poygani hech boʻlmaganda qandaydir maʼnoda chegaralashga imkon beradi.

Rossiya uchun ham, Shtatlar uchun ham foydali boʻlgan narsa - ikkala mamlakat ham ancha koʻlamli yadro triadasidan iborat, va asosiy masala - bu yangi, xususan, yuqori tovush tezligida yetkazib beradigan vositalarni ixtiro qilish. Xitoyni ikki tomonlama shartnomalarga qoʻshishdan maʼno yoʻq - birinchidan, u miqdoriy va sifat jihatidan orqada qolishi, ikkinchidan, uning oʻzi buni mutlaqo istamasligi. Ammo amerikaliklar bu narsani tobora qoʻpolroq talab qilishmoqda. Nima uchun?

Shu kunlarda The Washington Times gazetasida prezidentning maxsus vakili va davlat kotibining qurol nazorati va xalqaro xavfsizlik masalalari boʻyicha boʻlajak oʻrinbosari (u hali Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak) Marshall Billingsli bilan "Xitoyning ishtiroki – Rossiya bilan yangi SNV shartnomasi imzolanishining asosiy omili" sarlavhali intervyusi chop etildi.

"Yangi SNV shartnomasining asosiy kamchiliklaridan biri, boshqa muammolar bilan bir qatorda, Xitoy unga qoʻshilmagani. <...> Yangi SNV shartnomasi ruslar tomonidan maxkam ushlab olingan masala. Bu Qoʻshma Shtatlarga Xitoy borasida bizning tashvishlarimiz boʻyicha hech narsa bermaydi, Qoʻshma Shtatlarga Rossiyaning ushbu shartnoma doirasidan tashqarida amalga oshirayotgan bir qator beqarorlashtiruvchi harakatlaridan tashvishlanishimizga hech qanday taʼsir oʻtkazmaydi".

Billingsli ochiqchasiga gapirib oʻtdi - Moskva shartnomani uzaytirish haqida oʻylashni boshlashdan oldin, u "Xitoyni muzokaralar stoliga taklif qilishi" kerak. Yaʼni, Xitoysiz Rossiya bilan hech qanday kelishuv boʻlmaydi - bu shartnomani rad etish bilan tengdir. Ammo AQSH nima uchun mutlaqo imkonsiz stsenariy boʻyicha turib oldi? Shunchakimi? Rossiyaga bosim oʻtkazish uchunmi? Xitoyga yana tanbeh berish uchunmi? Yoki Rossiyani Xitoydan ajratishga urinish uchunmi?

Trampning maxsus vakili soʻzlariga koʻra, Xitoyning yangi yadro tizimlari, shu jumladan qisqa masofali raketalari Rossiyani bezovta qilishi kerak:

"Shubhasiz, Xitoy amalga oshirayotgan ishlar, ehtimol, biz tomonga yoʻnaltirilgani kabi ularga ham yoʻnaltirilgani ehtimoldan holi emas va ruslar buni tan olishga majbur".

Shunaqa - hammasi oddiygina. Moskvaga oʻz tashqi siyosat strategiyasini oʻzgartirish - Xitoyni Rossiyaga tahdid sifatida tan olish va uni amerikaliklar bilan uch tomonlama muzokaralarga tortish taklif etilmoqda. Va bu jiddiy ravishda AQSH prezidentining maxsus vakili tomonidan aytilmoqda. Lekin bunda ajablanarli joyi yoʻq - axir AQShda Amerika geosiyosati uchun oʻz joniga qasd qilishga teng nazariya hanuz mashhurdir, bu nazariyaga asosan uzoq muddatli Rossiya-Xitoy yaqinlashishi mumkin emas, chunki ikki mamlakat oʻrtasida juda katta va tuzatib boʻlmaydigan qarama-qarshiliklar mavjud. Buning ustiga, axir Billingsli butun dunyodan ajratilgan "iqtisodiyot chil-parchin etilgan" "mintaqaviy qudratga ega derjava" bilan gaplashmoqda. Rossiyaning bu iborada nomlanishi nafaqat Barak Obamaga taadduqli va nafaqat besh yil oldin aytildi - bu Amerika elitasi aksariyat qsimining bunga koʻr-koʻrona ishonishidir.

Amerikaning Xitoy va Rossiyadan ustunligiga ishonch shunchalik katta-ki, u har qanday oʻyinni, shu jumladan "Kissindjer uchburchagi"da shafqatsiz bosim orqali kuchlar muvozanatini taqsimlashga imkon beradi (muallifning koʻrsatmalariga koʻra AQShning har ikki mamlakat bilan munosabatlari ikkalisining orasidagi munosabatdan koʻra yahshiroq boʻlishi kerak). Shu bilan birga, sobiq davlat kotibining oʻzi ham 2014 yildan keyin Rossiyaga haddan tashqari bosimga qarshi boʻlgan, bu faqatgina Moskva va Pekinning yaqinlashishiga hissa qoʻshishiga ishora qilgan. Kissindjer faqat qisman haq boʻlib chiqdi – chunki Rossiya-Xitoy yaqinlashuvi Qrimgacha va Rossiya va Gʻarb oʻrtasida ochiqcha qarama-qarshilik boshlanishidan ham oldin boshlandi. Demak, Amerikaning Rossiyaga bosimi shunchaki Kremlning strategik yoʻnalishi toʻgʻriligini tasdiqladi. Joriy Amerika oʻyinlari va SNV-3 atrofidagi hiylalari Amerikaning yana bir xizmati boʻlib qoladi - ular Vladimir Putin va Si Tszinpin oʻrtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmoqchi boʻlishadi, pirovardida esa Rossiya-Xitoy ittifoqini mustahkamlashga yordam beradilar.

Asosiy mavzular