10:42 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Analitika
Havola olish
931 0 0

Gazning jahon narxlari tushdi - iliq qishdan keyin omborxonalar toʻla, pandemiya esa talabni yanada susaytirdi. Suyultirilgan tabiiy gazning asosiy taʼminotchisi Qatar juda ogʻir vaziyatda qoldi.

TOSHKENT, 18 may - Sputnik, Natalya Dembinskaya. Gazning jahon narxlari tushdi - iliq qishdan keyin omborxonalar toʻla, pandemiya esa talabni yanada susaytirdi. Suyultirilgan tabiiy gazning asosiy taʼminotchisi Qatar juda ogʻir vaziyatda qoldi. Tahlilchilar ogohlantiradi: inqiroz oqibatlarini yengillashtirish maqsadida, Saudiya Arabistoni neft bozorida uyushtirgani kabi Qirollik ham narhlar urushini uyushtirishi mumkin. Bu Rossiyaga nima bilan tahdid soladi - RIA Novosti materialida.

Qiyin tanlov

Yil boshidan beri narxlar deyarli ikki baravar arzonladi: Yevropa va AQShda zangori olov 1999 yildan beri eng past narxlarda sotilmoqda.

"Gaz bozori bir vaqtning oʻzida ham taklifning haddan oshganini, ham iliq qishni singdira olmayapti", - deb yanvar oyida ogohlantirgan Nyu-Yorkdagi Statar Capital gaz xedj-fondi asoschisi Ron Ozer.

Pandemiya talabga yangi zarba berdi. Bu Qatarni juda qiyin ahvolga solib qoʻydi.

Qirollik katta zararlarni koʻrmoqda va yaqin orada qiyin tanlovga duch keladi: ishlab chiqarishni qisqartirish yoki isteʼmolchilarga katta chegirmalar taklif qilish bilan narx urushini boshlash. Aks holda, oʻz yoqilgʻisining nisbatan balandroq narxlari sababli bozordagi ulushini yoʻqotib, yetakchilikni Avstraliyaga boʻshatib berishiga toʻgʻri keladi.

"Suyultirilgan tabiiy gazning dunyodagi eng yetakchi eksportchisi sust talab va saqlashning katta harajatlari tufayli, yaqin orada bozor uchun kurashga kirishishi mumkin".

Fevral oyining oʻzidayoq Doha STGni koronavirus iskanjasida qolgan Osiyodan Yevropaga yoʻnaltirdi. Yordam bermadi. Pandemiya Eski Dunyoni ham bosdi, u yerda energiya manbalarini sotib olishni favqulodda tez qisqartirib yuborishdi.

Qatar uchun variantlardan biri - ishlab chiqarishni qisqartirish, ammo bu barcha ulkan rejalarning barbod boʻlishini anglatadi. Oʻtgan yilning yanvar oyida qirollik OPEKdan chiqishini eʼlon qildi – eʼtiborni aynan STGga qaratish uchun. Taʼminotni 2024 yilga kelib yiliga 77 milliondan 110 million tonnagacha oshirishni, 2027 yilga kelib esa 126 million tonnagacha rejalashtirishgan.

Oʻshanda energetika vaziri Saʼd bin Shrid al-Kaabiy bu uchun har qanday manbaʼlar shay dedi. Hususan, Ras-Laffan shahri yaqinidagi Shimoyliy konlarning yangi uchastkalari. Bundan tashqari, Qatar 2024 yilga kelib gazni suyultirish uchun toʻrtta ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

"Eksportni qisqarishi davlat byudjetini daromadlardan mahrum qiladi va Avstraliya haqiqatan ham Qatarni siqib chiqarib yuborishga qodir", - deb yozadi Bloomberg.

Ammo, tahlilchilar, qirollik oxir-oqibat ishtahasini pasaytirishiga toʻgʻri kelishini istisno qilmaydilar. "Yuk tashish haqqining oshishiga olib kelgan gaz tashuvchi kemalarning tanqisligi 2018 yildan beri sezilmoqda. Va hozirda ham Qatar ularning yetishmovchiligiga duch kelishi mumkin. Bunday vaziyatda Qatarning STG narxlarini tushirishi narxlar koʻtarilishiga olib keladi, chunki bu narx kemalar ijarsini ham oʻz ichiga oladi", - deydi sanoat mustaqil esperti Aleksey Xazanov.

Agar Qatar narxlar urushini boshlagan taqdirda ham, kotirovkalar, aprelda neft bilan boʻlgani kabi,  salbiy koʻrsatkichlarga oʻtib ketishi mumkin. Ammo asosiy muammo shundaki, ishlab chiqarishning tannarxi arzonligiga qaramay, ishlab chiqarish rentabelligi yoʻqoladi.

Kim yutqazadi

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Qatarning STG narxlarining misli koʻrilmagan darajada pasaytirishga urinishi shundoq ham haddan tashqari toʻyingan jahon bozoriga salbiy taʼsir qoʻrsatadi. Biroq, Rossiya hammadan koʻra kamroq zarar koʻradi.

"Taʼminot tuzilmasida STGning ulushi juda oz. Quvur gaziga kelsak, u uzoq muddatli shartnomalar asosida eksport qilinadi va u rad etilgan taqdirda katta jarimalar koʻzda tutilgan. Shuning uchun, asosan uglevodorodlar savdosidan tushgan daromadlar hisobiga shakllanadigan Rossiya byudjeti uchun yaqinlashib kelayotgan halokat haqida gapirish erta", - dedi Xazanov.

Iqtisodchining fikriga koʻra, Qatar faqatgina qirollikdan Turkiyaga toʻgʻridan-toʻgʻri gaz quvurini qurib, uni XXI asrning birinchi oʻn yilligida rejalashtirilganidek loyihalashtirilayotgan Nabucco'ga ulaganidagina Rossiyaning gaz eksportidan tushadigan daromadlarni qulatgan boʻlar edi. Biroq, ushbu loyihaga Qatarning Saudiya Arabistoni bilan tashqi siyosiy ziddiyatlari va Suriyadagi fuqarolar urushi toʻsqinlik qildi. Nabucco'ning oʻzi ham yoʻq boʻlib oʻrnini Turk Oqimiga boʻshatib berdi.

Qatarning xatti-harakatlaridan birinchi boʻlib soʻnggi yillarda Yevropa mamlakatlarida STGni targʻib qilib kelgan amerikaliklar jabr koʻradi. Ushbu strategiya boshi berk koʻchaga olib keldi: yevropalik isteʼmolchilar okean ortidan keltirilgan gazdan voz kechmoqdalar, chunki ular uchun Rossiyadan tabiiy gaz sotib olish ancha foydaliroq.

Asosiy mavzular