03:27 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
297 0 0

Oʻzbekistonda voyaga yetmaganlarning manfaatlari bilan shugʻullanuvchi huquq himoyachisi lavozimi joriy qilindi. Uning maqomini toʻlaqonli mustahkamlash uchun qonun ustida ish olib borilmoqda, ammo hozirda huquqshunoslarda muammo va tashvishlari talaygina.

TOSHKENT, 21 may – Sputnik. Bola huquqlari boʻyicha vakil Aliya Yunusova lavozimga tayinlanganidan soʻng qisqa vaqt ichida qanday ishlarni amalga oshirgani va oʻzi uchun qanday ustuvor yoʻnalishlarni belgilagani xususida soʻzlab berdi.

Aliya Yunusova 26 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari - Bola huquqlari boʻyicha vakil etib saylandi.

“Bolalar ombudsmani instituti juda muhim mexanizmdir. Bu kabi huquq himoyachilari bugungi kunda Rossiya, Norvegiya, Avstriya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida ishlab kelmoqdalar. Biz “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” qonunni qabul qilayotganimizda, kelajakda ushbu masalalar bilan shugʻullanadigan alohida davlat organini tashkil etish koʻzda tutilgan edi. Xususan, 1992 yilda mustaqillik eʼlon qilingandan soʻng bola huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiya Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan birinchi xalqaro hujjatlardan biri boʻldi. Hozirda respublika bolalar huquqlarini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi boʻyicha oʻzining beshinchi hisobotini taqdim etdi”, - deydi Yunusova.

Uning soʻzlariga koʻra, 2008 yilda respublikaning voyaga yetmagan fuqarolarining manfaatlarini himoya qiluvchi qonun qabul qilindi. Xalqaro konventsiya tamoyillarini ilgari surib, Oʻzbekiston jahon standartlarini milliy qonunchilikda joriy etmoqda. Xususan, gap bolaning mavqei, yoshini belgilash, uning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek qonuniy manfaatlar kabi koidalar haqida yuritiladi.

Ombudsmanning qoʻshimcha qilishicha, respublika, shuningdek, ikkita fakultativ protokolni ratifikatsiya qildi – birinchisi, bolalar savdosiga qarshi kurashga taalluqli, ikkinchisi esa bolalarni qurolli mojarolarga jalb qilishdan himoya qilish. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining bolalar mehnatining eng hunuk shakllarini taqiqlash va tezkor choralar koʻrish toʻgʻrisidagi 182-sonli va ishga qabul qilishda minimal yosh toʻgʻrisidagi 138-sonli konventsiyalari ham ratifikatsiya qilindi.

Garchi 2019 yil 22 aprelda prezidentning bolalar ombudsmeni lavozimini taʼsis etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan boʻlsa-da, bolalar huquqlari boʻyicha vakili toʻgʻrisidagi qonun hali qabul qilinmadi.

"Bu masala hozir koʻrib chiqilmoqda", - dedi Yunusova va birinchi navbatda bunday huquq himoyachilarining vakolatlarini qonuniy jihatdan mustahkamlashni izlash kerakligini taʼkidladi.

Ombudsmen faoliyatining boshlanishi koronavirus epidemiyasi bilan bogʻliq boʻlgan juda jiddiy karantin davriga toʻgʻri keldi.

“COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatga qaramay biz qoʻlni qovushtirib oʻtirmadik. Uch oy davomida biz ishlashimiz kerak boʻlgan ustuvor yoʻnalishlarni ishlab chiqdik - bu ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar, nogironlar, biror sabablarga koʻra hayotning qiyin holatlarida yoki qonun bilan bogʻliq muammolarda qolgan yetim bolalar”, - deya tushuntirdi Yunusova.

Xususan, huquq himoyachilari bolalar koloniyasiga, ayollar penitentsiar muassasasiga, shuningdek, jazo muddatini oʻtayotgan ayollarning bolalari saqlanadigan maxsus markazlarga borishga muvaffaq boʻlishdi.

  • Detskiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova posetila jenskuyu koloniyu
    Detskiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova posetila jenskuyu koloniyu
    Iz lichnogo arxiva Alii Yunusovoy
  • Destkiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova posetila detskoye uchrejdeniye, gde naxodyatsya deti materi kotorыx otbыvayut nakazaniye
    Destkiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova posetila detskoye uchrejdeniye, gde naxodyatsya deti materi kotorыx otbыvayut nakazaniye
    Iz lichnogo arxiva Alii Yunusovoy
  • Destkiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova posetila detskoye uchrejdeniye, gde naxodyatsya deti materi kotorыx otbыvayut nakazaniye
    Destkiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova posetila detskoye uchrejdeniye, gde naxodyatsya deti materi kotorыx otbыvayut nakazaniye
    Iz lichnogo arxiva Alii Yunusovoy
  • Destkiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova posetila detskoye uchrejdeniye, gde naxodyatsya deti materi kotorыx otbыvayut nakazaniye
    Destkiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova posetila detskoye uchrejdeniye, gde naxodyatsya deti materi kotorыx otbыvayut nakazaniye
    Iz lichnogo arxiva Alii Yunusovoy
1 / 4
Iz lichnogo arxiva Alii Yunusovoy
Detskiy ombudsmen Uzbekistana Aliya Yunusova posetila jenskuyu koloniyu

Bundan tashqari, mutaxassislar Sardoba suv omborida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatdan keyin bir necha oʻn minglab aholi toshqin tufayli uylarini zudlik bilan tark etishga majbur boʻlgan Yangiyer va Guliston shaharlariga tashrif buyurishdi.

Destkiy ombudsmen Uzbekistana posetila Sыrdarinskuyu oblast posle prorыva Sardobinskogo vodoxraniliщa
Iz lichnogo arxiva Alii Yunusovoy
Destkiy ombudsmen Uzbekistana posetila Sыrdarinskuyu oblast posle prorыva Sardobinskogo vodoxraniliщa

Ombudsman bolalar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi, ularni joylashtirish, ovqatlanish va zarur dori-darmonlar bilan taʼminlash sharoitlarini oʻrganib chiqdi.

“Men shaxsan evakuatsiya qilingan bolali oilalarning ahvoli yaxshi ekanligiga va bu vaziyatda ular zarur boʻlgan hamma narsa bilan taʼminlanganligiga ishonch hosil qilishim kerak edi”, - deydi u.

Yunusovaning tavsiyalariga koʻra, evakuatsiya qilinganidan 2-3 kun oʻtgach, uch yoshdan oshgan bolalar uchun maktabgacha taʼlim guruhlari tashkil etilgan.

Vakilning eng muhim tashabbuslaridan biri - 14 yoshdan oshgan oʻspirinlar inqirozli vaziyatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri Ombudsman idorasiga murojaat qilishlari uchun ishonch telefonini tashkil qilishdir.

Asosiy mavzular