17:18 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Analitika
Havola olish
125521

AQSH kongressi spikeri Nensi Pelosining Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalarni darhol kiritish zarurligi toʻgʻrisidagi bayonoti hamda amerikaliklar orasida koronavirusga chalingan bemorlarning kun sayin rekord darajada koʻpayishi oʻtgan kunning asosiy vokealari boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Pelosi sanktsiya kiritish haqidagi daʼvatini "Rossiyaning amerikaliklarga qarshi toliblar bilan til biriktirishi" singari mutlaqo aql bovar qilmas voqea doirasida bildirgan edi. Umuman olganda, voqea Amerika maxsus xizmatlarining oʻz manbalaridan olgan maʼlumotlari asosida emas, balki allaqanday tahlilchilarning toliblarni soʻroqqa tutganidan keyingi xulosalardan kelib chiqqan - goʻyoki Rossiya qandaydir tushunarsiz sabablarga koʻra shundoq ham bir necha yillardan beri amerikalik harbiylarni oʻldirib kelayotgan toliblarga yana AQSH harbiylarini oʻldirgani uchun pul toʻlagan emish (Rossiya bu ketishda shunday muvaffaqiyat bilan afrikaliklar tugʻilish darajasini koʻtarish uchun pul tikishi mumkin).

Pentagon va milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi O'Brayen bayonotiga koʻra, bu kuchli xulosa oʻz tasdigʻini topmagan - shu sabab ham ular bu haqda AQSH prezidentiga oʻz vaqtida xabar berishmagan. Koʻrinib turibdiki, u qatori, koʻplab tasdiqlanmagan uydirma va taxminlar haqida ham, ularning oʻrganilishi aslida bevosita maxsus xizmatlarning ishiga kiradi.

Ammo eʼtiborli jihati shundaki, bugungi Amerika endi oddiy davlatning odatiy qonunlari boʻyicha yashamaydi (Ushbu vaziyatga izoh bergan Dmitriy Peskov: "Vashingtonda hozirda juda koʻplab tushunarsiz narsalar roʻy bermoqda", degan edi). U xayplarning halokatli ichki janglari qonuni boʻyicha yashamoqda va bu qonunni "Hech qanday qonun yoʻq", qabilida ifodalash mumkin.

Shuning uchun, odil sud va adolatni oʻzining mafkurasi deb eʼlon qilgan yadroviy davlat vakillar palatasining rahbari, davlatda birinchi shaxslardan biri, hech kim tomonidan tasdiqlanmagan allaqanday "operativ maʼlumot"ga tushunarsiz va deyarli siyosiy xulosa bildirmoqda: boshqa yadroviy davlatga qarshi sanktsiyalar qoʻllash darkor va buni hoziroq amalga oshirish lozim.

Ushbu maʼlumotni uning ishonchliligiga amin boʻlmasdan turib jamoatchilikka yetkazgan OAVlar esa allaqachon mamlakatning amaldagi prezidentini "unga Rossiya toʻgʻrisida nomaqbul maʼlumot berilishini yoqtirmaslikda" ayblamoqda. Bu bilan oldin bir necha bor muvaffaqqiyatsiz yakunlangan "Tramp-rus josusi" deb nomlangan eski iddaosini qoʻllashni davom ettirishmoqda.

"Kunning ikkinchi yangiligiga" kelsak, AQShda har kuni yangi aniqlangan COVID-19 holatlari soni rekord darajaga koʻtarilib, 50000 dan oshmoqda, bu yerda Amerika OAVlari bu xabarni qay tarzda berayotgani hayratlanarli.

Masalan, nufuzli Huffington Post nashri shunday yozadi:

"Soʻnggi avj olishning baʼzi sabablarini may oyining oxirida nishonlangan Xotira kunigacha kuzatish mumkin"

CNN: 

"Trampning anti-niqob xoch yurishi, uning oʻzini chaqish uchun qaytib keldi".

The New York Times:

"Soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, koʻplab amerikalik erkaklar niqob taqishni zaiflik belgisi deb bilishadi va prezident Trampning niqob taqishdan bosh tortishi, bu masalani qoʻrqoqlar ishi deb bilishidan dalolat beradi".

Agar sizga tahlilning ushbu kuchli misollarda biron narsa yetishmayotganday tuyulsa, demak, yoʻq, sizga toʻgʻri tuyuldi. Bu misollarda may oyining oxiridan to shu kungacha butun Amerika boʻylab, ijtimoiy masofaga, uyda qolish chaqirigʻiga va boshqa barchasiga tupurib inkor qilib minglab progressiv va toʻgʻri Black Lives Matter harakati tarafdorlari juda koʻp ijtimoiylashtirilgan harakatlarni amalga oshirib yuriptilar: doʻkonlarni vayron qilishmoqda, binolarni yoqib yubormoqdalar, mashinalarni urishmoqda, odamlarni oʻldirmoqda (hozirgi paytda, eng konservativ va kamtar hisob-kitoblarga koʻra, BLM hisobida 25 dan ortiq jasadlar mavjud), ozchiliklarga tiz choʻkib oyoqlarini yuvishmoqda.

Yuz minglar, hatto millionlab amerikaliklar ehtiyotkorlik choralariga mutlaqo befarq boʻlib, oʻzlarini hech qanday koronavirus yoʻqdek tuta boshladilar. Barcha tashqi kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, bu faqatgina misli koʻrilmagan avj olish bilan tugashi mumkin, ammo bu avjlanish yuz berganida, bu haqda haqiqatni gapirish mumkin emasligi ayon boʻldi.

Shu sababli, progressiv tahlilchilar odamlarning toksik botirligini, Trampning masʼuliyatsizligi va maydagi Hotira kunini tanqid qilmoqdalar, ammo oʻjarlik bilan tutab yonayotgan katta gulxan kabi yaqqol sababni koʻrishni istamayaptilar.

Bu yerda nimani taʼkidlashni istardim.

Ushbu ikkita misol bitta - yanada miqyosli va qoʻrqinchli hodisaning alomatlari ekanligiga ishonishga sabablar bor.

Uni qisqacha qilib "hissiy xavfsizlik mafkurasi" deb atash mumkin. Ushbu mafkuraga koʻra, maqsadli auditoriyaning hissiy qulaylikka putur yetkazmaydigan, uning qarashlariga zid boʻlmagan mantiq va dalillargina mavjud boʻlishga haqlidir.

Maqsadli auditoriya uchun axir "Amerikaliklarning shilingan terisi uchun rus toʻlovi” haqidagi axmoqona uydirmasining ahamiyati yoʻq. Va Amerikada aslida koronavirusning yangi avjlanishi roʻy berganligi haqidagi savol ham muhim emas.

Biz Okkam ustarasining qandaydir dahshatli emo-talqiniga duch keldik, va unga koʻra har qanday hodisaning asli sababini izlagandan koʻra maʼqul va toʻgʻri deb topilganini qabul qilish yaxshiroq.

Shuning uchun – "har qanday qiyin vaziyatda Rossiya va Trampni aybla".

Albatta, bu Amerika aslida duch kelayotgan muammolarni - dunyoning taniqli yetakchiligini yoʻqotilishi va pandemiyaga qarshi kurashishda qobiliyatsizligini hal qilmaydi.

Ammo bu Amerika jamiyati ichidagi progressiv kuchlarning jangovar aktivlarini qondiradi va hozirgi Amerika prezidentining muholiflariga uni kovlashga imkon beradi.

Darvoqe, bularning barchasi baʼzilar hali ham bizga oʻrnak qilib qoʻrsatayotgan mamlakatda sodir boʻlmoqda. Biroq, umumhalq ovoz berish natijalariga koʻra, "Amerikada boʻlgani singari" iborasining sehrli kuchi allaqachon Rossiyaga nisbatan kuchini yoʻqotdi.

Asosiy mavzular