03:28 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Analitika
Havola olish
862 0 0

AQSH va Yevropa orasida uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski mojaro hozirgi kunga kelib koʻp milliard dollarlik oʻzaro moliyaviy zarbalarga olib keldi.

Donald Tramp maʼmuriyatining Facebook, Google va Amazon kabi Amerikaning IT-gigantlari oʻrtasidagi barcha ziddiyatlarga qaramay, AQSH prezidenti Amerika korporatsiyalarining daromadlarini Yevropa soliqchilaridan himoya qilish maqsadida AQSH va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida saqlanib qolgan transatlantik birdamlik va yaxshi niyat qoldiqlarini qurbon qilishga tayyor boʻldi, deb yozadi RIA Novosti muallifi.

Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski mojaro hozirgi kunga kelib koʻp milliard dollarlik oʻzaro moliyaviy zarbalarga olib keldi - Yevropa Ittifoqi oʻnlab yillar davomida YEIda soliqlarni toʻlamasdan ishlab kelgan Amerika korporatsiyalarini «siquvga olmoqchi”, AQSH esa minimal moliyaviy suverenitetni qoʻlga kiritishga urinishlar uchun Yevropa Ittifoqini jazolamoqchi. Tramp jamoasiga tan berish kerak - ularning qasosi aniq nuqtali boʻlib chiqdi, yaʼni Yevropaning ozodlik sari qadami gʻoyasi aniq muallifi va umuman olganda “AQShning Yevropa koloniyalarida” faoliyat yuritayotgan Amerikaning IT-biznesi  aslida, soliq toʻlashi kerakligi fikrini ilgari surgan “bezbet” aniqlandi va bu aniqlanishdan keyin Amerikaning javob choralari koʻrildi.

“Google, Facebook va Amazon soligʻi” muallifi va ilhomlantiruvchisi sifatida Yevropani dunyo kuchi kutbi sifatida qayta tiklanishi haqida koʻp gapirish ihlosmandi va Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Oq uyning qaynoq qoʻli ostiga tushib qolgan kompaniyalar roʻyxatidagilar boʻlib chiqdi, bu roʻyxat esa Yelisey saroyiga maksimal darajada noqulaylik keltiruvchi zarba berish maqsadida tuzilgan.

Amerika CNBC  moliyaviy telekanalining xabar berishicha:

AQSH lyuks segmentda ishlaydigan ayrim mahsulotlarga yuqori bojlarni kiritishi mumkinligini eʼlon qilgandan Frantsiya kompaniyalarining aktsiyalari narxi tushib ketdi.

Yanvar oyi oxirida joriy etilishi mumkin boʻlgan yangi tariflarga muvofiq, AQSH Savdo vakolatxonasi Frantsiyadan bunday tovarlarni olib kirishda 100% gacha boj undirishi mumkin boʻladi. Taxminiy miqdor (yangi bojlar joriy etilishi mumkin boʻlgan import - tahr.) 2,4 milliard dollarni tashkil etadi. Frantsuz aktsiyalarining pasayishi Louis Vuitton, Hennessy, Hermes, Christian Dior, Gucci, Yves Saint Laurent i Balenciaga brendlariga egalik qiladigan kompaniyalarga taʼsir qiladi”

“Yuz foiz – bu anchagina katta miqdor”, - deydi Amerikaning The Wall Street Journal nashriga Chanel uyi prezidenti Bruno Pavlovskiy. “100 % bu tarif emas, bu - jarima”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Taʼkidlash joizki, Amerika amaldorlari voqealar oʻz versiyasini taqdim etib, aslida bu vaziyatda YEIdagi Amerika kompaniyalarini kamsitmoqchi boʻlgan Makron aybdor deb taʼkidlaydilar. Bu ayblov hatto odatda vatanparvar boʻlgan Amerika OAVlarida ham maʼlum bir shubhalarni kelishiga sabab boʻldi.

“AQShda Frantsiya soliq tuzilmasi Facebook, Google va Amazon kabi AQShning yirik internet-kompaniyalariga nisbatan adolatsiz ish tutmoqda deb hisoblashadi. Shunga qaramay, boshqa davlatlar ham tobora oʻz bozorlarida milliardlab dollarlar topayotgan firmalardan daromad olish yoʻllarini izlamoqda”, - deya xabar beradi Politico nashri.

Tramp tomonidan qasos vositasini tanlashi, ehtimol, “frantsuzcha lyuks” oʻziga xos ishonchlilik oroli va investorlar uchun xavfsiz boshpana hisoblanganligi bilan bogʻliq, chunki investorlar faqat eng badavlat isteʼmolchilar bilan ishlaydigan frantsuz kompaniyalari, koronavirus epidemiyasi taʼsiridan va savdo urushlari havfidan ideal darajada himoyalangan, deb hisoblashgan.

Frantsiya epidemiyaga qarshi kurash choralarini koʻrishi sabali chuqur iqtisodiy inqirozga shoʻngʻishining qora fonida, lyuks kompaniyalari allaqanday nur va umid manbai, shuningdek oʻz anʼanaviy sanoati bilan Germaniya yoki Xitoy bilan raqobatlasha olmaydigan mamlakat boʻlib, ammo xalqaro maydonda qanaqaqadur raqobatdosh ustunlikka ega boʻlishi timsoli boʻlib koʻrinib turgan edi. Agar maqsad Frantsiya prezidenti maʼmuriyatini qoʻrqitish va umuman Yevropa soliq siyosatiga taʼsir oʻtkazish boʻlsa, unda bu timsolni oyoq osti qilib, ushbu kompaniyalarni Amerika bozoriga kirish imkoniyatidan mahrum qilish yaxshi fikrdir.

Frantsuzlar oʻzini printsipial tutib Amerika kompaniyalariga soliq joriy etishlari mumkin (hech boʻlmaganda milliy darajada), ammo, deylik, nemis amaldorlari, masalan, nemis avtomobillarini eksport qilishda “100%lik tarif” ga duch kelgan holda, umumevropa soligʻini joriy etilishini qoʻllab-quvvatlarmikin, -  bu juda katta shubha ostida.

Boshqa tomondan, bu holatda gap faqatgina iqtisodiy mojaro haqida ketmayapti. Bu bahs Yevropalik siyosatchilarning oʻz mavqei ustidan ketayotgan bahs. Muayyan hududning haqiqiy egaligini koʻrsatadigan hal qiluvchi omil, bu - mahalliy ishbilarmonlar soliqni kimga toʻlashi masalasi. Ushbu soliqlarni joriy qilish va undirish huquqiga ega boʻlgan shaxs muayyan hududda hokimiyat egasidir. Tarixda shunday vaziyatlar boʻlganki, baʼzi chet ellik savdogarlar yoki tadbirkorlar biron bir mamlakatda bojsiz va soliqsiz savdo qilish yoki xizmat koʻrsatish huquqini olgan, ammo bu faqat urushda yutqazganida yoki shunchaki harbiy kuch ishlatilishi tahdidi ostida taslim boʻlishning maʼlum shartlariga imzo chekkan taqdirdagina yuz beradi.

Shunga mos ravishda, Amerika kompaniyalari Frantsiyaning onlayn reklama va internet-savdolari bozorida yetakchi ishtirokchisiga aylanganida, ular frantsuz kompaniyalaridan milliardlab yevrolarni olishadi (bir vaqtning oʻzida har qanday frantsuz biznesini oʻz mahsulotlarini internetda samarali reklama qilishdan mahrum qilib, ularni “oʻldirish” imkoniga ega boʻladi), shu bilan birga frantsuz byudjeti bir tiyin ham ololmaydi, yaʼni bu Frantsiya AQShning mustamlakasi yoki hech boʻlmaganda toʻliq iqtisodiy suverenitetga ega emasligini anglatadi. Va uch foizli arzimagan soliqni joriy qilish qarori - shunchaki byudjetni toʻldirish istagi emas, balki oʻz mustaqilligini tiklashga urinish xolos.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, Tramp maʼmuriyatining Frantsiyani jazolash harakatini Respublikachilar qatorida, Demokratik partiyasi ham qoʻllab-quvvatlagandi. Bu Rossiya uchun juda yaxshi yangilik, ayniqsa frantsuz siyosatchilarida toʻsatdan oʻz gʻururi hissi paydo boʻlsa.

Oʻtgan safargi tahdidlarga javoban, Frantsiya va hatto Germaniya hukumati vakillari hech boʻlmaganda olgʻa qadam bosib va mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish huquqini himoya qilishga tayyor ekanliklarini namoyish etdilar.

Agar vaziyat ushbu stsenariy boʻyicha davom etaversa, AQShning kuzgi saylovlarida kim gʻolib boʻlishidan qatʼi nazar, Vashington-Parij va Vashington-Berlin yoʻnalishlarida munosabatlar yanada yomonlashib boradi. Yaqin kelajakda amerikalik isteʼmolchi Chanel atiriga yoki Hermes sumkasiga kontrabanda yordamida erishadigan boʻlsa va yevropaliklar Amerika ijtimoiy tarmoqlariga alternativa izlashga majbur boʻlishsa, bu juda kulgili holat boʻladi. Iqtisodiy deglobalizatsiya nihollari oʻrnatilgan xalqaro aloqalar asfaltini yorib chiqmoqda.

Joriy globallashgan iqtisodiyot tizimi mos kelmayotgan davlatlar uchun bu oʻtmish xatolarini tuzatish va deglobalizatsiyaga duch kelgan kelajakda yanada qulay mavqega ega boʻlish uchun soʻnggi va jiddiy imkoniyatdir.

Asosiy mavzular