14:02 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Analitika
Havola olish
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)
138310

Guvohlar xotirasida Moskvada XXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining ochilishi va yopilishining oʻziga xosligi: ot goʻngi, ilgʻab boʻlmas xavfsizlik xodimlari, AQShlik eng keksa muxlis va Mishkaning tasodifiy koʻz yoshi.

Moskvada XXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining ochilishi va yopilishining ishtirokchilari va guvohlarining koʻplari, hatto qirq yil oʻtgach ham, oʻyinlarning ochilishi va yopilishidagi koʻlam, bajarilishining goʻzalligi va barcha xizmatlarning benuqson muvofiqlashtirilishidan hayratda va faxrlanadilar.

Aleksey Stefanov, Lev Rыjkov

Ikkala marosim ham Lujnikidagi V.I. Lenin nomidagi Markaziy stadionining Katta sport arenasida boʻlib oʻtdi.

Stadiondagi goʻng

Olimpiada-80 ning tantanali ochilish marosimi chiroyli boshlangan edi - arendadan oʻtayotgan qadimiy yunoncha kiyim kiygan yigit-qizlar bilan, jami 12ta ot qoʻshilgan uchta arava birga oʻtgan. Qogʻozda stsenariy mukammal koʻrinsa-da, lekin aslida birinchi mashgʻulotda jiddiy muammo kuzatildi - otlar oʻtganidan keyin, ortidan ularning hayotiy faoliyati izlari qolishi maʼlum boʻldi.

“Muammo juda nozik edi - otlar tabiiy ehtiyojlarini chiqarishi tom maʼnoda harakatning oʻziga nooʻrin tus berishi mumkin edi. Shunda sport arenasi atrofida oʻziga xos “okop” oʻylab topishdi, unda qizlar ot orqasidan darhol tozalash uchun belkurak va supurgi bilan joylashgan. Aks holda Olimpiya oʻyinlarining minglab ishtirokchilar aravalari oʻtib ketgandan keyin, bu “quvonch”ni butun sport arenasi boʻylab tarqatishi mumkin edi”, - deb eslaydi Olimpiada-80 ochilish va yopilish marosimining xavfsizligini taʼminlash shtabi xodimi, FXXning zaxiradagi generali Aleksandr Mixaylov.

© Sputnik / Vladimir Vyatkin
Fragment tantsevalnoy syuitы "Drujba narodov" na torjestvennoy tseremonii otkrыtiya Igr XXII Olimpiadы. Tsentralnыy stadion imeni V.I. Lenina 19 iyulya 1980 goda.

Davlat havfsizligi koʻrinmas xodimlari

Olimpiada-80 oʻyinlarida xavfsizlik haqida juda koʻp oʻylashgan, garchi tashqi koʻrinishidan umuman maxsus xizmatlar yoʻqday tuyulishi mumkin edi. Misol uchun, oʻyinlar ochilishi va yopilishida futbol maydonida tuzatish guruhini joylashtirishga qaror qilindi. Har bir burchakda oq olimpiya kostyumlari va oq krossovka kiygan 18 nafar baquvvat yigit turardi.

"Biz ularni kutilmagan vaziyat roʻy berganda taʼsir eta olishlari uchun deyarli barcha boʻlinmalar boʻyicha tanlab oldik. Masalan, raqs dasturiga bir vaqtning oʻzida maydonda boʻlgan 4,5 ming kishi kiritilgan. Har qanday holat roʻy berishi mumkin edi - jarohatlar va boshqa muammolar roʻy berganida tuzatish guruhining yigitlari oʻz vaqtida choralar koʻrib yoki odamni maydondan evakuatsiya qilishlari kerak edi yoki biron bir tarzda butun tantana uchun minimal yoʻqotishlar bilan unga yordam berishlari kerak edi”, - deb davom etadi Aleksandr Mixaylov.

Moskva Olimpiadasida ishtirok etgan jurnalist Stanislav Taratinovning taʼkidlashicha, Olimpiada oʻyinlarida maxsus xizmatlarning mavjudligi hech qanaqasiga sezilmagan: “Hammasi shunchalar pardaga oʻralganday ediki, ular umuman yoʻqday tuyulgan. Darvoqe, tomoshabinlar tribunalarga hech qanday tekshiruvsiz chiqishgan, ammo maxsus xizmatlar borligi sezilsa ham, lekin oʻzlarini bildirishmagan”.

Stsenariy oʻta maxfiy saqlangan

“Olimpiya oʻyinlarining ochilishi va yopilishini tayyorlagan rejissyorlar jamoasi oʻzlarining barcha gʻoyalarini sir saqlashgan, bu biz uchun juda koʻp yoqimsiz daqiqalarni keltirib chiqargan, chunki bizning vazifamiz shouning har bir elementiga oʻz tuzilmalarimizni moslashtirish edi. Nufuzimiz va ahamiyatimizga qaramay, ancha uzoq vaqt stsenariyni olishning imkoni boʻlmadi”, - deydi Aleksandr Mixaylov.

Oʻsha paytda “Komsomolskaya pravda” gazetasi sport boʻlimida ishlagan dokumentalist-yozuvchi Nikolay Dolgopolov ham, ohirgi vaqtgacha hech kim Olimpiada oʻyinlarini boykot qilgan mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar qaysi bayroqlar ostida oʻtishi va oʻyinlarni ochilishi va yopilishi dasturlari qanday boʻlishini bilmagani haqida gapirib berdi.

“Odatda markaziy nashrlarda bu haqda oldindan va batafsil maʼlumot berilardi, ammo bunda hammasi soʻnggi daqiqagacha sir tutildi. Olimpiada ochilishidan bir necha kun oldin “Pravda”, “Izvestiya”, “Komsomolskaya pravda”, APN, TASS va boshqalarning oʻnlab jurnalistlari Oʻyinlarning bosh repetitsiyasiga taklif qilindi, ammo ularga oʻz nashrlarida bu haqda hatto eslatib oʻtish ham qatʼiyan man etildi”, - deb eslaydi bir necha yillardan keyin Rossiya Sport jurnalistlari federatsiyasi rahbari Dolgopolov.

U dasturning koʻlami, sportchilarning hayratlanarli sinxronligi, ming kishilik ansambllarning chiqishlaridan hayratda qoldi. Shuningdek, jurnalistlar xonasi va VIP-tribunasi roʻparasidagi Sharqiy tribunadagi minglab odamlar signal orqali karton qogʻozlarni oʻgirib, kepkalar va sharflarni almashtirib, natijada rang-barang jonli rasmlar paydo boʻlgan jonli paneldan ham hayratda qoldi.

© Sputnik / A. Knyazev
Torjestvennoye otkrыtiye XXII Olimpiyskix igr v Moskve 19 iyulya 1980 goda. Na tribune - simvol Olimpiadы-80 - Medvejonok.

Buni qancha odam amalga oshirgani nomaʼlum - baʼzi manbalarda 4,5 ming odam, boshqalari esa besh ming odam ekanligi aytiladi. Aleksandr Mixaylovning taʼkidlashicha, “jonli suratlar”ni sakkiz ming askar yaratgan.

“Bosh repetitsiya paytida, biz - jurnalistlar va suratlarini oʻzgartirayotganlardan tashqari, stadionda hech kim boʻlmagan - tribunalar boʻsh edi. Ammo hammasi shu qadar uygʻun va aniq ediki, Olimpiada ochilishi oʻsha paytdayoq oʻtkazilishi mumkin edi. Men olovni doʻstim - Sovet Ittifoqining eng yaxshi basketbolchisi Seryoja Belov yoqadi deb umid qilgan edim. Ushbu umid bilan men undan intervyuni oldindan oldim, ammo hammasi oʻzgarib ketishi mumkin edi. Biroq repetitsiya paytida mening “Komsomolskaya pravda”dagi maqolam nashr etilishi va ish bajarilishi maʼlum boʻldi”, - deb magʻrurlanadi Nikolay Dolgopolov...

Brejnevning kuyovidan tanbeh

Bosh repetitsiya tugagach, jurnalistlarni chiqish yoʻliga kuzatishdi, lekin Nikolay Dolgopolov va uning hamkasbi biroz ushlanib qoldi, yoʻqolib qolishiga oz qoldi, ularga xizmat darvozasi orqali yoʻl koʻrsatildi. Va shunda ular umr boʻyi xotiralarida oʻyib yozilgan “ibratli tasvir”ga shohid boʻldilar.

“Podpolkovnik unvonidan past boʻlmagan yuzlab zobitlar safga rostlangan, ularning roʻparasida esa ularni qattiq haqoratli soʻzlar bilan soʻkib, xavfsizlik yomonligi uchun tanbeh berayotgan general turar edi. Va bu mening nazdimda hammasi juda yaxshi tashkillashtirilgan boʻlganida ham. Podpolkovnik va polkovniklarga baqirgan bu kim boʻldi?! Va hamkasbim: “Haqiqatan ham kimligini bilmaysanmi? Bu Yuriy Churbanov - Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, Galina Brejnevaning eri. U xavfsizlikni taʼminlagan. Va men: agar Churbanov hozir repetitsiyada biron bir xatoni topgan boʻlsa, tantanali ochilishida hech qanday xato boʻlmaydi, deb oʻyladim”, - deb eslaydi Dolgopolov.

© Sputnik / Vladimir Akimov
Jurnalistы vo dvore zdaniya Glavnogo press-tsentra XXII letnix Olimpiyskix igr (19 iyulya - 3 avgusta) na tseremonii otkrыtiya press-tsentra. Zubovskiy bulvar, dom 4.

Uning soʻzlariga koʻra, bosh repetitsiya paytida stadionni harbiylar qurshashi rejalashtirilgan, ammo marosim ochilishiga bu gʻoyadan voz kechishga qaror qilingan.

Darvoqe, Sovet Ittifoqi milliy jamoasi ichida ham xavfsizlik pinhona taʼminlangan. Olimpiya mashʼalini tashuvchilaridan biri yengil vazn toifasidagi bokschi, Xelsinki Olimpiadasining kumush sovrindori Leonid Karatayev boʻlgan. Shu bilan birga, u nafaqat sportchi, balki KGB podpolkovnigi ham boʻlgan.

Toʻhtatilgan odat - amerikaliklar bayroqni olishmadi

Olimpiya protokoliga muvofiq Lujnikida bayroq ustunida toʻrtta bayroq koʻtarilishi kerak edi:  hammasidan balandroq va kattaroq Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi va uchta standart bayroq - Oʻyinlar vatani Gretsiya, mezbon mamlakat - SSSR va keyingi Olimpiada mezboni - AQSH bayroqlari. Biroq, Amerikaning Moskvadagi oʻyinlarini boykot qilgani sabab, anʼana buzildi.

“Moskvadagi Olimpiadada koʻzimga tushgan narsa AQSH davlat bayrogʻi oʻrniga koʻtarilgan, oʻrtasiga gerb muhri urilgan noodatiy va quvnoq bayroq boʻldi. Bu keyingi Olimpiya oʻyinlari oʻtkaziladigan Los-Anjeles shahrining bayrogʻi boʻlib chiqdi. AQSH madhiyasi ham yangramadi - uning oʻrniga Olimpiya madhiyasi yangradi. Hatto Amerika shaharining meri ham kelmadi”, - deydi Stanislav Taratinov.

Olimpiya oʻyinlari yakunida, Olimpiya bayrogʻi estafetasi boʻlib oʻtishi kerak edi. Protokolga koʻra, bayroq Oʻyinlar tugagan shahar meridan Xalqaro olimpiya qoʻmitasi raisiga, uning qoʻlidan esa keyingi Olimpiya oʻyinlari oʻtkaziladigan shahar vakiliga beriladi. Ammo Los-Anjeles meri Moskvaga kelmaganligi sababli, bu anʼana ham toʻxtatildi.

Olimpiya oʻyinlarini qoldirmagan boʻysunmas amerikalik

Stanislav Taratinov Olimpiada paytida koʻplab sovet va gʻarb nashrlari amerikalik Nik Pol haqida yozganini eslaydi. Va u, bu afsonaviy shorti kiygan keksani koʻrishga muvaffaq boʻldi - oʻsha payt amerikalikning yoshi 88 da edi.

© Sputnik / A. Knyazev
Torjestvennoye otkrыtiye Olimpiadы-80: vnos olimpiyskogo flaga.

Nik Pol, zamonaviy tarixdagi birinchi - 1896 yildagiga ota-onasi uni bolaligida olib borganidan boshlab deyarli hamma Olimpiadada qatnashganligi bilan tanilgan. U faqat Berlin-36 va Tokio-64dan voz kechdi, chunki bu oʻyinlarni u siyosiy vosita deb hisoblagan. Ammo shu bilan birga u SSSR poytaxtiga uchib kelib, Moskvaga boykot qilishdan bosh tortdi va hatto 21-yoshli Den Patterson bilan birga oʻz prezidentiga boʻysunmadi.

“Prezident Karter Moskva Olimpiadasida AQSH bayrogʻini namoyish qilishni taqiqladi, - deb yozgan The New York Times jurnalistlari. - Ammo Brejnev kelishidan qirq besh daqiqa oldin Ogayo shtati Xovard shahri fuqarosi Den Patterson va Nyu-Yorklik Nik Pol olti futli AQSH bayrogʻini ochib uzatilgan qoʻllarida namoyish qilishdi. 103 ming kishini sigʻdira oladigan stadion tomoshabinlari ularni qarsaklar bilan olqishlashdi”.

Nega Mishka yigʻladi?

Olimpiada-80 yopilish marosimi shuncha koʻlamli boʻldi. Biz bilan suhbatlashgan SSSR barcha Olimpiada chempionlari, oʻyinlarning ishtirokchilari va mehmonlari ochilish naqadar katta boʻlganidan, Sovet Ittifoqining Oʻyinlarni qanday oʻtkazganidan gʻururlagangan boʻlsa, bunga qoʻshimcha ravishda yopilish marosimi shunchalar taʼsirli boʻlganini taʼkidlashdi. Koʻpchilikni Oʻyinlar rejissyori tomonidan boshqarilgan, yuqorida aytilgan tirik tasvirda Olimpiada Mishkasi koʻzidan koʻz yoshi oqishi hayratda qoldi.

Ammo afsonaviy koʻz yoshlari rejada boʻlmagan va tasodifan paydo boʻldi. Postanovka guruhi aʼzosi Oleg Orlovning soʻzlariga koʻra, Mishka koʻzi joylashgan joyda oʻtirgan yigit repetitsiya paytida bayroqchani ochishni unutgan. Badiiy fonni boshqargan Lev Nemchik esa buyruq berishni boshladi – “falon qator va oʻrin, bayroqni oching”, bu yerda tushunmovchilik roʻy berdi va bayroqlarni bir necha kishi oʻgirishdi. Nemchik “stop” deb buyurdi va takrorlashni soʻradi – shunda u bayroqlar asta-sekin yuqoridan pastga oʻgirilganda, huddi ayiqchaning koʻzidan koʻz yoshlari oqayotganiday jarayonni koʻrdi.

© Sputnik / Sergey Guneyev
Znamenostsы stran-uchastnits, s flagami Mejdunarodnыx i natsionalnыx olimpiyskix komitetov. Torjestvennoye zakrыtiye XXII letnix Olimpiyskix igr. Tsentralnыy stadion imeni Lenina (Lujniki).

Topilma noyob ekanligi ayon boʻldi - sinxronlikni ishlab chiqish qolgan edi, xolos. Olimpiada ayiqchasining koʻz yoshlari Oʻyinlar yopilishining birinchi taʼsirli jihati boʻldi.

Ayiqning parvozi sir saqlangan

“Ishonch bilan ayta olaman – boshqa hech qayerda bizning yopilish marosimidagidaqa boʻlmagan, men rasman 13 ta Olimpiya oʻyinlarida qatnashganman. Bu men koʻrsa boʻladigan emas, balki tasavvur qilib boʻladiganning eng yaxshisi boʻlgan. Biz boshlanishini uxlab qolib oʻtkazib yuborishimzga oz qolgan – men doʻstim va “Komsomolka”dagi hamkasbim, jurnalist, Olimpiadadan qaydlarini sheʼr tariqasida yozgan Aleksandr Shumskiy bilan oʻsha kunlarda juda koʻp ishladik, nihoyatda charchaganimizdan, hali boʻsh turgan stadionga oldindan kelib, matbuot tribunasida sukutda uxlab qolipmiz. Oʻygʻonganimizda atrofimizdagi hamma narsa toʻlgan va marosim allaqachon boshlangan edi”, - deb eslaydi Dolgopolov.

Uning iqror boʻlishicha, stadionga oʻsha taniqli sakkiz metrli Mishka, tom maʼnoda stadionga suzib kirib, Lev Leщenko va Tatyana Antsiferova “Do svidanya, Moskva” (Koʻrishguncha, Moskva-tahr.)  qoʻshigʻini kuylashni boshlaganida va ayiqcha osmonga koʻtarila boshlaganida, koʻz yoshlarini ushlab turolmay qoldi.

“Biz jurnalistlar surbetmiz, Sasha Shumskiy esa har doim bizning Sovet voqeligimiz ustidan kulardi. Va birdan Mishka uchdi, va hisoblashimcha, barcha zamon va xalqlarning eng yaxshi sport qoʻshigʻi yangray boshlaganida menda ham koʻz yoshlar oqa boshladi. Qarasam - Alik ham yigʻlab yubordi. “Dolgopolov - sen ham yigʻlayapsanmi? Senku mayli, ammo men nimaga yigʻlayapman?”- deb shunchaki savol berdi u. Atrofga boqdik - koʻplab jurnalistlar, chet elliklar ham koʻz yoshlarini artib turishipti”, - deydi Dolgopolov.

“Oʻyinlarning yopilish vaqti qiziqarli tanlangan. Marosim boshlanganida hali beri kun yorqin edi, Mishka paydo boʻlganida esa, qorongʻi tushgan edi va, ehtimol, rejalashtirilganidek, uning parvozi yorqinroq koʻrinishi uchun projektorlar yordamida chiroyli yoritildi”, - deya qoʻshimcha qildi uning soʻzlariga Stanislav Taratinov.

Havo shari sirlari

Olimpiada yopilishi marosimida garoyib voqea roʻy berdi, va u oʻsha paytda hazillar nishoniga aylandi. Parvozdan biroz oldin, bitta havo shari Olimpiada ayiqchasidan uzilib, yuqoriga koʻtarilib ketdi.

“Mishka uchib ketishi haqidagi maʼlumot maxfiy edi, - deydi SSSR Olimpiya qoʻmitasi Prezidiumi aʼzosi Andrey Kislov. - Bu syurpriz boʻldi. Ammo bu parvoz anchadan beri tayyorlanayotgan edi. Shuningdek, yuqori idoralarda kelishilgan edi. Bunga qarshi fikrlar ham boʻlgan. Kimgadur bu parvoz Iso Masihning koʻtarilishini eslatgan. Bu esa ayiqcha!”

© Sputnik / Sergey Guneyev
Torjestvennoye zakrыtiye XXII letnix Olimpiyskix igr. Tsentralnыy stadion imeni Lenina (Lujniki).

Aksariyat tomoshabinlar ayiqchadan uzilib chiqqan sharga eʼtibor bermadi.

“Men bu haqda juda koʻp gaplarni eshitganman: “Sharmanda! Marosim paytida shar uzilib ketmasligi uchun mahkamroq bogʻlay olishmabdi! Shunaqayam tartibsiz xalq boʻladimi!” - deb eslaydi Andrey Kislov. - Eng tili zaharlar bu shar oʻzi uzilib, hammaning kulgisiga sabab boʻldi deb hisoblagan. Ammo u uzilib ketmagan! Sharni ilmiy hodimning oʻzi uchirib yubordi. Bori shu! Soʻnggi lahzada, shu sharik orqali stadionda shamol bor-yoʻqligini, qanchalik kuchli va qaysi tomonga esayotganini aniqlashgan”.

Gap shundaki, sharlar gaz bilan toʻldirilgan. Ular Mishkani toʻgʻri yuqoriga uchirishi kerak edi. Ammo toʻsatdan shamol esishi har qanday falokatga olib kelishi mumkin edi.

“Shamol Mishkani Olimpiya olovi kosasi tomon uchirishi mumkin edi, va shunda portlash roʻy berishi mumkin edi, - deydi Andrey Kislov. - Uchish tezligi olimlar tomonidan hisoblab chiqilgan. Shu bilan birga, tezlik past boʻlishi kerak edi, axir bu miltiqdan oʻq uzish emaski. Mishka asta sekin koʻtarilishi kerak edi. U Olimpiya alangasidan yuqoriga koʻtarilib yonib ketmasligi kerak edi – axir u yerda dahshatli harorat boʻlgan. Va koʻtarilgandan soʻnggina, ayiqcha erkin parvozga qoʻyib yuborildi”.

Mishka qayerdan topildi

Mishka aynan qayerga tushganligi haqida afsonalar hamon mavjud. Baʼzilar, ayiq Moskvaning turar-joy tumanidagi pivo doʻkoniga qulab tushgan, uni deyarli buzib bu doʻkon choʻpqatlarini qoʻrqitib yuborgan deb taʼkidlashgan. Kimdir u Lenin xiyoboni atrofida qoʻngan deyishadi. Boshqalar esa Mishka Mojaysk suv ombori atrofida qoʻnayotganini va undan oldin Olimpiada timsolidan havoni chiqarib yuborib, irgʻib chiqqan uchuvchini koʻrganlari haqida mish-mishlar tarqatishgan.

Ammo bir necha yil oʻtgach, Mishkaning ishlab chiqarilishini nazorat qilgan, Rezina sanoat ilmiy-tadqiqot instituti Zagorsk filialining pnevmatik inshootlar boʻlimi boshligʻi Vladimir Shpakov ayiqni boshqarish mumkin emasligini va uning ichida hech kim joylasha olmasligini maʼlum qildi - geliy tufayli unda nafas olish uchun hech qanday sharoit boʻlmagan. Hatto Mishkani stadionga kirgizish uchun undan havoni chiqarib yuborish kerak edi - u kirish yoʻlagiga sigʻmagan, keyinchalik unga darhol havo toʻldirilgan.

© Sputnik / Dmitriy Donskoy
Olimpiyskiy ogon na Tsentralnom stadione im. V.I.Lenina vo vremya torjestvennoy tseremonii zakrыtiya Igr XXII Olimpiadы.

“Oʻyinlarning yopilishining ertasiga ertalab biz Mishkani tasodifan topdik. Menga bir oʻquvchimiz qoʻngʻiroq qildi: “Siz Olimpiada haqida juda koʻp yozgandiz, men familiyangizni yaxshi bilaman. Shuning uchun birinchi boʻlib sizga qoʻngʻiroq qildim - Mishka VDNXda yotibdi”. Men darhol u yerga yosh muxbirlarimizdan birini yubordim. Va “Komsomolskaya pravda” birinchi boʻlib Mishkamiz qayerga tushgani haqida xabar berdi. Har holda menga shunday tuyuldi va bundan keyin bizdan koʻchirishlar boshlandi”, - deydi Nikolay Dolgopolov.

“Bu yaxshi xotima boʻldi”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Mavzu:
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)

Asosiy mavzular