18:53 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Analitika
Havola olish
27521

Nurek suv omborida suv hajmi pasayishi munosabati bilan Tojikiston hukumati Oʻzbekiston va Afgʻonistonga elektr energiyasini uzatishni toʻxtatdi.

Sputnik Tojikiston bilan muloqotda MDH mamlakatlari Oʻrta Osiyo instituti boʻlimi rahbari Andrey Grozin ushbu holatni kutilgan deya atadi.

"Iqlimshunoslar va gidrograflar oʻtgan yildan buyon Markaziy Osiyo suv taqchilligi davriga oʻtayotganini aytishadi", - deya eslatdi ekspert.

Suv pasayishi davri sababli yirik gidroenergetika loyihalari bugunga kelib toʻxtab qolgan, deya taʼkidladi Grozin.

Ekspertning taxmin qilishicha, Markaziy Osiyo mintaqasi yaqin vaqt ichida suv tanqisligi muammosiga roʻbaro boʻlishi mumkin.

"Koʻrinib turibdiki, qandaydir jiddiy qarorlar qabul qilish lozim. Mintaqa mamlakatlari faqat birgalikda energetik inqirozni yenga olishlari, iqtisodiyotlar uchun uning oqibatlarini yumshatishlari mumkin", dedi Grozin.

Muvaffaqiyatli kooperatsiyaning yorqin misoli sifatida ekspert Tojikistonning YEOIIga qoʻshilishini aytib oʻtdi. U shuningdek, Markaziy Osiyoning yagona energetik konturini tiklash zarurligini qoʻshimcha qildi.

Grozin inqiroz katastrofik oʻlchamlarga yetib bormasidan muammoga yechim topish uchun umummintaqaviy yoki hatto kontinental qarorlar qabul qilish kerakligini qayd etdi.

Asosiy mavzular