18:29 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Analitika
Havola olish
408 0 0

Koronavirus boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolanishi Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlardagi salbiy tusga qaramay, amerikalik olimlar hamkorlik qilishga tayyorligini anglatadi, deb hisoblaydi YE.M.Primakov nomidagi RFA IMEMO direktori Fyodor Voytolovskiy.

Rossiya va AQSH olimlari COVID-19 ga birgalikda qarshi kurashishga kelishib oldilar. Oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi tegishli bitimda ikki davlat fan akademiyalari koronavirus bilan bogʻliq barcha sohalarda hamkorlik qilishlari nazarda tutilgan.

Fyodor Voytolovskiyning soʻzlariga koʻra, bu ikki akademiya - AQSH Fanlar milliy akademiyasi va Rossiya Fanlar akademiyasi oʻrtasidagi uzoq yilgi hamkorlik amaliyotini davom ettiradigan muhim hujjat.

"Koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish, olimlarning koronavirus infektsiyasini oʻrganish va uning oqibatlariga qarshi kurashishi, shu bilan birga  nafaqat tibbiy, klinik jihatlar va muammolarga bogʻliq oqibatlari bilan kurashish, balki ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik jihatlari bilan, va bu boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, hamkorlikning muhim yangi yoʻnalishidir”, - dedi Voytolovskiy.

Uning soʻzlariga koʻra, hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimga qiyin sharoitlarda erishildi. Endilikda ikkala akademiya nafaqat tibbiyot yoʻnalishda, balki qurol nazorati va strategik barqarorlik borasida ham muloqot olib bormoqda.

Amerikalik hamkasblar katta jasorat bilan ajralib turadi, deydi mutaxassis, AQShda Moskva bilan muloqot borasida yuzaga kelgan siyosiy muhitni hisobga olib, ular rossiyalik hamkasblari bilan muomalada boʻlish va muloqotni davom ettirish maʼsuliyatini oʻz zimmalariga oldilar.

Voytolovskiy: sotrudnichat s Rossiyey — smeloye resheniye dlya uchenыx iz SSHA

Asosiy mavzular