Elektromobillarini qayerda quvvatlash o‘zbekistonliklarga qulay bo‘ladi - ekspert fikri

© Foto : Iz lichnogo arxiva Pavla ZuzinaEkspert Instituta transporta VShE Pavel Zuzin
Ekspert Instituta transporta VShE Pavel Zuzin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodiyot oliy maktabi Transport instituti mutaxassisi Pavel Zuzin respublikada elektromobillarni qayta quvvatlovchi stansiyalarni qanday qilib to‘g‘ri joylashtirilishi kerakligi borasida fikr bildirdi.

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev O‘zbekistonda uyg‘unlashtirilgan yoqilg‘i quyish shoxobchalarini barpo etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda sinchkov hisob-kitoblar olib borilmoqda.

Xususan, "O‘zbekneftegaz" AYoQShlarida elektrmobillarni quvvatlash uskunalari o‘rnatilishi kutilmoqda.

Elektromobil Baic Senova - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 500ta elektromobil taksi paydo bo‘ladi

Ushbu yangilikni izohlar ekan, Iqtisodiyot oliy maktabi Transport instituti mutaxassisi Pavel Zuzin respublikaga avvalo, uning ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda hozircha ishlab chiqarilmayotgan maxsus uskunalar kerak bo‘lishini ta’kidladi. Keyingi muhim jihat - quvvatlash stansiyalari aynan qayerlarda joylashadi. Ularni AYoQShdan boshqa hech narsa bo‘lmagan joyga joylashtirish maqsadga muvofiq emas, dedi u.

"Benzin yoki tabiiy gaz bilan to‘ldirish - bu tez jarayon. Elektromobil esa uzoq vaqt - taxminan 40-50 daqiqada quvvatlanadi. Shuning uchun bunday xizmatlarni, birinchi navbatda, yirik savdo markazlari egalari bilan hamkorlikda rivojlantirish mumkin. Savdo markaziga kelib, odamlar haridlaridan oldin mashinalarini to‘xtab turish joylarida qoldiradilar va ularni shu yerda quvvatlash mumkin bo‘ladi. To‘xtab turish joylarini ijaraga olib, savdo markazi ma’muriyati bilan kelishgan holda ularni zarur jihozlar bilan jihozlasa bo‘ladi", - dedi Zuzin.

To‘liq sharhni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglang.

Gde uzbekistansam budet udobno zarajat elektromobili — mnenie eksperta
Yangiliklar lentasi
0